Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


  III-BOB. NEVROZLAR. REAKTIV PSIXOZLAR



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
psihiatriya-qollanma

 


83 
III-BOB. NEVROZLAR. REAKTIV PSIXOZLAR 
«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776 yilda shotland vrachi V.Kollen 
tomonidan kiritilgan. U bu xastalikni funksional xususiyatga ega ekanligini 
ta‘kidlab, bosh miya tuzilishida organik o‗zgarishlar bo‗lmasligini bayon qildi. 
Nevrozlar funksional-qaytish xususiyatiga ega bo‗lgan xastalik bo‗lib, 
ruhiyatga shikastlovchi omillar (ko‗pincha turmushning bo‗lmasligi va kamroq 
hollarda og‗ir ruhiy ta‘sirotlar)ga shaxsning reaksiyasidir.
Nevrozlar kelib 
chiqishiga turli omillar sabab bo‗ladi. Bu omillar qatoriga irsiy omillar, stress, 
ruhiy jarohatlar, tarbiyadagi kamchiliklar, mehnat faoliyatining o‗zgarishi 
natijasida bemorning yangi sharoitga ko‗nikishi qiyin bo‗lishi kabilar kiritiladi. 
Ko‗pincha nevroz belgilari asta-sekin, kamroq hollarda to‗satdan paydo bo‗ladi. 
Bemorlar o‗z kasalliklariga to‗g‗ri va tanqidiy qaray oladilar, ongi saqlanib qoladi 
va o‗z-o‗zini boshqara oladilar. Nevrozlarning quyidagi turlari farqlanadi: 
nevrasteniya, isterik nevrozlar va miyadan ketmaydigan holatlar (obsessiv) 
nevrozlar. 
Nevrasteniya (astenik nevroz) – asabiy va ruhiy zaiflik holati bo‗lib, hayot 
yoki ish faoliyati sharoitlariga moslasha olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bu 
kasallik mutlaqo sog‗lom kishilarda qattiq charchash, zo‗riqish oqibatida kelib 
chiqishi mumkin. Nevrasteniyaning klinik ko‗rinishida quyidagi belgilar 
kuzatiladi: qo‗zg‗aluvchanlik, bezovtalik, ortiqcha ta‘sirchanlik, kayfiyatni 
o‗zgaruvchanligi, uyqu va ishtahaning yo‗qolishi, bosh og‗rishi, bosh aylanishi
yurak sohasida nohush og‗riqlar va sezgilar, oshqozon sohasidagi og‗riqlar, ko‗ngil 
aynashi, qusish kabi belgilari kuzatiladi. Bemor mehnat qobiliyatining 
pasayishiga, xotiraning susayishiga, tez-tez toliqib, ishga yaroqsiz bo‗lib qolishiga 
olib keladi. Bemor o‗z diqqat-e‘tiborini jamlay olmaydi, uyqusi buziladi, tez qizib 
ketadi, asabiylashadi yoki umuman hamma narsaga befarq bo‗lib qoladi. Tashqi 
ta‘sirlarga – ovoz, yorug‗lik, shovqindan qattiq ta‘sirlanib, ichki a‘zolarida nohush 
og‗riq his qiladi. Doimo kayfiyati tushkun bo‗ladi. Kunduzi bemorlarni mudroq 
bosadi, kechalari esa chuqur toliqib uxlay olmaydi va tez-tez uyg‗onib turadi. 
Nevrasteniyaning davomiyligi turlichadir, u bir necha oydan bir necha yilgacha 


84 
davom etadi. Nevrasteniya giperstenik va gipostenik turlariga bo‗linadi. 
Giperstenik turi uchun betoqat bo‗lish, asabiylashish, arzimagan narsadan qattiq 
ta‘sirlanish, diqqatni buzilishi kabi belgilariga xosdir. Gipostenik turi uchun 
mehnat qobiliyatining pasayishi, jismoniy va ruhiy faollikning susayishi, toliqish, 
apatiya, uyquchanlik belgilari xos bo‗ladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin