Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi



Yüklə 420,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix18.02.2023
ölçüsü420,26 Kb.
#84837
  1   2   3   4
psixodiagnostik-metodikani-va-tekshiruv-natijalarini-standartlashtirish-muammosi



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 402
PSIXODIAGNOSTIK METODIKANI VA TEKSHIRUV NATIJALARINI 
STANDARTLASHTIRISH MUAMMOSI 
 
Zarnigor Alisherova 
Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili 3-kurs talabasi 
 
ANNOTATSIYA 
Bu maqola orqali psixodiagnostika va uning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida 
shakllanguncha bo’lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyoti yoritilgan. 
Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko’rinishini 
o’rganish maqsadida tadqiqot olib borildi. Tadqiqotda olingan ma`lumotlar yordamchi 
xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning 
psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalanildi. 
Kalit so’zlar: Pedagogik-psixologik eksperiment, psixodiagnostik metodika
validlik tavsifi, empirik, standartlashtirish.
 
I. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya predmeti va vazifalari. 
 Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir 
qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik 
yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko‘rsatish uchun, avvalo, 
ulardagi psixik o‘zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash 
zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda 
metodikalariga murojaat qilamiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: «psixodiagnostika» 
atamasi nimani anglatadi va u nimalarni o‘rganadi hamda uning nazariy, amaliy 
vazifalari nimalardan iborat? 
«Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, 
shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, 
bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil 
qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. 
«Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop 
etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida 
ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs 
rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret 
taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.
Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning 
psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun 
metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan 
har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. 
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat: 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 420,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin