Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari Reja Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 67,58 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü67,58 Kb.
#203554
1   2   3   4   5   6
Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari

Konstruktiv validlik – testlashtirish obyektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi, ya’ni test natijalari ajratilgan xususiyatning tekshirish yo’nalishini o’rganadi. Masalan, o’zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo’lmagan indikatorlar, haqiqatdan ham o’quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo’qmi?

  • Kriterial validlik – tadqiqotchi uchun test natijalari yordamida individ xatti-harakati aspektining hozirgi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarishi masalasini aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun qo’lga kiritilgan natijalar tashqi kriteriylar (mezon) orqali solishtiriladi yoki turli testlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.

  • Prognostik validlik – tashqi kriteriylar (mezon) va sinaluvchining xulq-atvori interpretasiyasi aniqlanadi.

    Metodning validligi – psixodiagnostik metodning natijalari ayni o’rganilayotgan obyekt xususiyatlariga mos kelishini ifodalanishidir. Validlikni ishonchlilik tushunchasidan tafovuti o’rganilayotgan holatni tadqiqotning “obyekti” va “predmeti” farqini ajratish orqali tushuntirish qulaydir.
    Shuningdek, test validligi, uning ishonchlilik darajasidan oshib ketmasligi zarur.

    Metod, metodika, validlik, baholash, tajriba, ishonchlilik, standartlashtirish, mezonlar, tekshirish, tahlil qilish, natija, taqqoslash.


    Eksperimental psixologik tadqiqot naijalari ishonchli bo‘lishi uchun tadqiqotni o‘tkazishda muayyan reja tartibga amal qilishi kerak. Dastlab tekshiriluvchi Haqida umumiy ma’lumotlar tuplashga Harakat qilinadi, suxbat o‘tkaziladi. Bunda tadqiqotchi tekshirilovchi bilan iJobiy xissiy aloqa urnatib, bajariladigan topshirikning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi, sungra tadqiqotning eksperimental kismiga utish mumkin.


    Eksperiment jarayonida olingan natijaarni puxta yezib berishi keyingi sifatli taxlilni yeritib beradi. Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o‘tkazilishi zarur.
    Olingan ma’lumotlar asosida tadqiqotchi tekshiriluvchi shaxsning Harakteri,aqli,xotirasi,xissiyeti psixik buzilishlar mavjudligi yoki yukligi Haqida xulosa chiqaradi.
    Psixologiyada matematik statistikaga nisbatan zarurat nega paydo bo‘lganligini tahlil qilganimizda psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so‘z orqali ifodalaganda subyektivlik xolatlari bo‘lishi muqarrar, bunday subyektivlik xolatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo‘lishini tasavvur etishimiz lozim. Testologiyada yetarlicha izlanishlar va metodikalar yaratilayotgan bo‘lsa-da, ammo tatbiq etishdagi sifati masalasi doimo mutaxassislar diqqat marakazi bo‘lishi lozim bo‘ladi. Testologiya tarixidan ham ma’lumki, dastlabki diagnsotik metodikalar, xususan, ispan olimi Xuan Xart(1530-1589), J.Eskirol(1772-1840), E.Segen(1812-1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson psixologiyasining ma’lum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo‘lsa-da, tashxis natijalari sifatini baholash borasida ma’lum talablar masalalari xususida to‘xtalishga erta edi. Shunday bo‘lsa-da, fransuz olimlar J.Eskirol va E.Segenlar psixik kasallik bilan aqliy taraqqiyotdan ortda qolish o‘rtasida farqlashni mezonlar orqali o‘rganishga kirishgan edilar.
    Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarniXIX asrning30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasidagi uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu esa nemis olimini psixometriya tushunchasini fanga olib kirgan degan xulosani beradi. E.Veber va G.Fexnerning(XIX asrdagi o‘rtalari) psixofizik tadqiqotlari ham eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o‘rganishda yangi yo‘nalish ochgan deyishimiz mumkin. Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko‘lamini yana bir qator olimlar misolida sharhlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy manbalar psixodiagnosika sohasidagi ilmiy qadamlar hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ham psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etishda sifat masalasiga e’tibor qaratish tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Chunki, ko‘p holatlarda tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotgan muammoning baholash apparati, ularning mezonlari va yondashuvlari mavhum holda bo‘ladi. Natijada tadqiqotdan olinayotgan ma’lumotlarda ilmiy yanglishishlar yo‘l qo‘yiladi yoki tadqiqot yangiligini izohlashga asos bo‘lmay qoladi. Shuning uchun psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etish yoki diagnostika sifatini aniqlashda uning darajalari va jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda golland olimi Yan ter Laakning yondashuvini e’tiborga olish lozim. Uning fikricha Testologiyada sifatni muhokama qilishdan oldin, testlar nazariyasi(klassik va zamonaviy), muhit bilan taraqqiyot borasidagi nazariyalarni, metodika bilan tadqiqot muammosning mosligini, diagnostik jarayoning borishidagi talablarni yaxshi bilish muhim degan xulosani beradi. Ammo Testologiyada sifatni aniqlash masalasi keng ko‘lamdagi ishlarni bajarishni talab etadi. Buning uchin psixodiagonostik metodikalar sifatini belgilovchi asosiy jihatlarga murojaat etish o‘rinli. CHECK THIS OUT
    3.Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish.
    Psixodiagnostik adabiyotlarda qayd etilgan ma’lumotlarga tayanganimizda, test nazariyalari borasida o‘ziga xos tajribalar va talablar aniq belgilab qo‘yilganligini guvohi bo‘lamiz[1, 2, 3, 4, 5 ]. Testlar va so‘rovnomalarni yaratish, ularni bir muhitdan ikkinchisiga moslashtirish yoki yangi modifikatsiyalarni yaratishni o‘zi ulardan muttasil foydalanish lozim degan xulosani bermaydi. Testlar va so‘rovnomalarni ishonchli va validligini belgilovchi standartlar mavjud. AQShda har yili obyektiv ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan testlar va so‘rovnomalar haqida“Aqliy qobiliyatlarni o‘lchash yilnomasida” ma’lumotlar berib boriladi. Bundan ko‘rinadiki, qator mamlakatlarda testlar va so‘rovnomalar rasmiylashtiriladi va baholanib borilar ekan. Bugungi kunda bizning sharoitimizda ham psixodiagnostik tadbirlarda sifat bosqichiga erish uchun mavjud tajribalarga tayanib, mahalliy mutaxassislar tomonidan bir qator masalarlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim:
    Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar Respublikamizda psixologik tadqiqotlarda sifatga erishishda ijobiy natijalar beradi.
    Psixologik testlardan foydalanishning tarixiy taraqqiyotining bir davri20-asrning boshlarida Fransuz olimlari A.Bine va T.Simonlarning xizmatlari kattadir. Chunki ular tomonidan bodaning maktabga tayyorligini psixologik aniqlashga qaratilgan dastlabki urinishlari zamirida J.Kettellning intellekt to‘g‘risida izlanishlarining uzviy davomi sifatida qarashga to‘g‘ri keladi. Ularning izlanishlarida Fransiya maorif vazirligi tomonidan berilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun olib borgan ishlari natijasida psixologiyada aqliy yoshni aniqlashga erishdilar. A.Bine va T.Simonning izlanishlariga qadar nemis olimi G.Ebbingaus tomonidan olib borilgan izlanishlar aynan ularning intellektula testlarni ishlab chiqishi uchun nazariy asos bo‘ldi deyish mumkin. Chunki, G.Ebbingaus tomonidan taqdim etilgan xotirani o‘rganish testlari inson psixologiyasi borasidagi Yangi metodik izlanishlar natijasi edi.
    Ularning yosh xususiyatlariga ko‘ra farqlanishi foiz hisobida ajratilar edi. Bunda yosh bosqichlarini ajratuvchi foizli mezon67 % dan75 % diapazon olingan. Berilgan topshiriqlarni ko‘p miqdorda bolalar yecha olmasalar bu test topshiriqlari murakkab, aksincha ko‘pchilik qismi yecha olgan hollarda yengil test topshiriqlari hisoblangan. Test tarixidagi A.Bine va T.Simonning test topshiriqlarida misol sifatida keltiriladi(1911). Ularning ilmiy izlanish natijalari bir muncha bo‘lsa-da testlarninng ishlab chiqishda o‘ziga xos ilmiy– nazariy asos bo‘la olgan.
    Ishonchlilik – bu jarayonning obyektga nisbatan barqarorligidir. Diagnostik ma’lumotlarning ishonchliligi va sifati ma’lum darajada tekshiruv metodiga bog’liq bo’ladi. Bu jarayon mos keluvchi texnik tekshiruv, ya’ni korreksion statistik metod yordamida aniqlanadi.
    Psixodiagnostik metodning ishonchlilik darajasi uchta shartga bog’liq bo’lib, ular quyidagilar:
    Metodning obyektivliligi – bu olingan ma’lumotlar va ularning psixodiagnostik interpretasiyasini tadqiqotchiga bog’liq emasligi
    G.Vislak o’z qarashlarida metodning obyektivligini uch turga bo’lib o’rganadi.
    Ma’lumki, turli tadqiqotchilar izlanishlari uchun bir-biridan mustaqil ravishda ayni psixologik metoddan bilan, bir xil eksperimental sharoitlarda foydalanadilar. Ular olgan natijalar solishtirilib, metodning obyektivlik koeffesenti chiqariladi. Ammo metod obyektivligini amaliy jihatdan tekshirishda bir muncha qiyinchiliklar vujudga keladi. Chunki aynan bir xil ekperimental sharoitlarni vujudga keltirish juda qiyindir. Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko‘rsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o‘zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: «psixodiagnostika» atamasi nimani anglatadi va u nimalarni o‘rganadi hamda uning nazariy, amaliy vazifalari nimalardan iborat?
    «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.
    Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
    Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:
    psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
    hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish;
    psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;
    psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
    test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.
    Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
    psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
    psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
    psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
    psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.


    XULOSA
    Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo‘lib etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini Yuqori darajada o‘zlashtirib olgan bo‘lishi shart.
    Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o‘rganiladi hamda quyidagi vazifalardan biri amalga oshiriladi:
    biror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash;
    taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash;
    ta'lim-tarbiya natijasida, o‘tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ guruh xulqi va ruhiyatidagi real o‘zgarishlarni kuzatib borish;
    shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish;
    sinaluvchi kishilar guruhlarini taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish;
    u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan o‘z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish;
    psixokorrektsion ishlar olib borish maqsadida individ guruhning ijtimoiy me'yorga mos yoki mos emasligini aniqlash;
    individ yoki guruhning kelajak hayot yo‘liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.
    Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu vazifalardan aksariyati maktabgacha tarbiya muassasalarida va

    Yüklə 67,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin