1-AMALIY MASHG‘ULOT.
PSIXOLINGVISTIKA KONSEPSIYALARI, TA’LIMOTLARI, MASALALARI VA METODLARI.
Psixolingvistikaga qiziqish bildirgan tilshunoslarning maxsus adabiyotlar bilan tanishish jarayonida o‘ziga xos psixik to‘siqlarga duch kelishi tabiiy holdir. Chunki, muayyan “ilmiy paradigma” doirasida “tarbiyalangan” tilshunosning boshqa “ilmiy paradigma”ga kirishi, yangi terminologiya, tushunchalar, materiallar va noan’anaviy vazifalarni qabul qilishi qiyin kechadi.
Tarqatma materiallar
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Psixolingvistika qachon rasman fan sifatida e’lon qilingan?
1954-y.
1955-y.
1949-y.
1953-y.
2. Psixolingvistika qaysi ilmiy paradigma doirasiga kiradi?
sistem-struktur
antroposentrik
qiyosiy-tarixiy
an’anaviy
3. Psixolingvistika qaysi fanlarning sintezi hisoblanadi?
psixologiya va lingvistika
psixologiya va sosiolingvistika
psixologiya va tilshunoslik
psixologiya va nutq madaniyati
4. «Psixolingvistika» termini ilk bor kim tomonidan qo‘llangan?
Ch. Osgud
N. Pronko
A.Leontev
A.Luriya
5. “Psixolingvistika” termining sinonimi sifatida qaysi termin qo‘llaniladi?
“psixologiya”
“nutq madaniyati”
“nutq faoliyati nazariyasi”
“sosiolingvistika”
6. Psixolingvistikaning mustaqil fan sifatida shakllangani qaysi jurnalda e’lon qilingan?
“Linguistics Studies”
"Verbal Learning and Verbal Behavior"
"Verbatim Language Quarterly"
"Journal of Memory and Language"
7. Psixolingvistika qanday fan?
eksperimental
ilmiy-nazariy
ruhiy
siyosiy
8. Psixolingvistikaning rivojlanishiga qaysi “inqiloblar” katta ta’sir ko‘rsatdi?
psixik fenomenlar va lingvokuturologiya
kognitiv fenomenlar va diskursiv yondashuvlar
mental fenomenlar va bixevioristik yondashuv
sotsiologik fenomyenlar va sotsiolingvistika
9. J. Kess psixolingvistikaning taraqqiyotini qaysi bosqichlarga ajratadi?
lingvistika; mentalizm;psixologiya;lingvokulturologiya
shakllanish; lingvistika;kognitivizm; hozirgi kognitiv fanlar
psixologiya; lingvistika; strukturalizm; sotsiolingvisika
sotsiologiya, lingvistika; komparativistika; psixologiya
10. Psixolinvistikaning obyekti nima?
individlar psixologiyasi
lingvistik bilimlar
individual obyektlar majmui
til va nutq
11. Psixolingvistikaning diqqat markazida nima turadi?
individ va kommunikasiya
til va nutq
til va jamiyat
til va madaniyat
12. Psixolingvistik tadqiqotlarda qaysi masala katta o‘rinni egallaydi?
nutq
so‘zlarning tuzilishi
konseptlar
so‘z semantikasi
13. Psixolingvistikaning asosiy masalalarini belgilang.
bilingvizm, til siyosati, bolalar nutqi
nutqning yaratilishi, nutqning qabul qilinishi, bolalar nutqi
nutqiy mexanizmlar, afaziya, til strukturasi
oliy nerv sistemasi, nutq mexanizmlari
14. Psixolingvistika qaysi jarayonlarni o‘rganadi?
matn yaratish va uni tushunish, kodlash va dekodlash, til va tafakkur
jamiyat va til muammolari
nutqiy kamchiliklar
til va nutq munosabati
15. Psixolingvistika qaysi usulga tayanadi?
“kabinet”
intervyu
ekperiment
statistik
16. Qaysi omil psixolingvistikaning asosiy xususiyati hisoblanadi?
til omili
inson, vaziyat va eksperiment omili
jamiyat omili
inson omili
17. Psixolingvistika qaysi tushunchani afzal ko‘rdi?
fonema
morfema
leksema
so‘z
18. Psixolingvistikada eng kichik birlik nima?
so‘z
fonema
bo‘g‘in
morfema
19. Jumlani hosil qilish yoki kodlash qaysi atama bilan yuritiladi?
encode
code
decode
system
20. Matn psixolingvistikasi nimani o‘rganadi?
matnning tuzilishini
matnni
matnning yaratilishini
matnni tushunuvchilarning ongida qanday matn mavjud bo‘lishini
Dostları ilə paylaş: |