Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə44/46
tarix13.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#113110
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Психолингвистика Мажмуа2021

2-amaliy mashg‘ulot.
Psixolingvistika masalalari va metodlari

Hozirgi kunda ko‘p tilshunoslar til faktlarini to‘liq tushunish uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari doirasiga kirish lozimligini tan olishadi. Binobarin, til materiali kishi miyasida tashkil topadi va kerak paytda chiqariladi. Bunday psixik jarayonlar psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi. Psixolingvistika tilni psixikaning fenomeni sifatida o‘rganadi. Psixolingvistika qarashicha, so‘zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‘quvchining ichki dunyosi qanday bo‘lsa, til ham shu darajada mavjud. Shu bois, psixolingvistika faqat matnlargina saqlanib qolgan, bu matn yaratuvchilarining psixik olamlari bo‘lmagan o‘lik tillar (masalan, eski slavyan yoki yunon tillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. Psixolingvistika tilni o‘rgangani uchun tilshunoslik fanlariga, tilni alohida aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida o‘rgangani uchun esa psixologiya fanlariga aloqador bo‘lgan kompleks fan hisoblanadi.


Tarqatma materiallar
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Nutq psixologiyasi nimani o‘rganadi?

  1. nutq ko‘rinishlarini

  2. nutqiy faoliyatni

  3. nutq apparati tuzilishi, nutqni talaffuz qilish mexanizmlarini

  4. nutq tovushlarini

2. «Psixolingvistika o‘z taraqqiyotining zamonaviy bosqichida organik jihatdan psixologik fanlar tizimiga kiradi» degan fikr kimga tegishli?

  1. A. Leontev

  2. V.Belyanin

  3. A.Luriya

  4. T.Ryabova

3. Fanlarning kesishuvi va integratsiyasiga qaysi fan misol bo‘la oladi?

  1. psixologiya

  2. lingvistika

  3. psixolingvistika

  4. antropologiya

4. “Til – madaniyatning qismi” degan fikr kimga tegishli?

  1. F.de Sossur

  2. V.fon Gumboldt

  3. A.Shaxmatov

  4. L.V. Saxarniy

5. Fransuz psixologi Jan Piaje psixolingvistikaning qanday masalasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan?

  1. avtokommunikatsiya

  2. nutq patologiyasi

  3. sun’iy tizimlarda kommunikatsiya

  4. bolalar nutqi

6. “Egosentrik ”nutq g‘oyasi kimga tegishli?

  1. K.Chukovskiyga

  2. L.Vigotskiyga

  3. J. Piajega

  4. I.Pavlovga

7. Vigotskiy fikricha nutqiy faoliyat jarayonida belgilar nechta?

  1. 5 ta

  2. 3 ta

  3. 2 ta

  4. 4 ta

8. Mulohaza asosida xatti-harakatni boshqarishga nima deyiladi?

  1. onglilik

  2. ixtiyorsizlik

  3. ixtiyoriylik

  4. mo‘ljallik

9. Qulay biror xatti-harakatni tanlashga nima deyiladi?

  1. ongsizlik

  2. mo‘ljallik

  3. ixtiyoriylik

  4. onglilik

10. Vaziyat mo‘ljali asosida subyektning u yoki bu nutqiy xatti-harakatni bajarish-bajarmaslikdagi erkinligi nima deyiladi?

  1. ongsizlik

  2. mo‘ljallik

  3. onglilik

  4. ixtiyoriylik

11. Psixolingvistikada onglilik sathini kim farqlaydi?

  1. A.Reformatskiy

  2. O.Vinogradov

  3. I.Pavlov

  4. A.Leontev

12. Psixolingvistikada Leontev bo‘yicha onglilik necha sathdan iborat?



  1. 5 ta

  2. 3 ta

  3. 4 ta

  4. 2 ta

13. Salbiy lisoniy materialni o‘rganish haqidagi teziz kimga tegishli?

  1. L.Shcherba

  2. Y.Polivanov

  3. R.Rask

  4. F.Sossur

14. “Ikkidan beshgacha” formulasining muallifi kim?

  1. K.Chukovskiy

  2. L.Vigotskiy

  3. Jan Piaje

  4. I.Pavlov

15. Fiziologik faollik nazariyasi qaysi olimga tegishli?

  1. N.Bernshteyn

  2. P.Zinchinko

  3. A.Leontev

  4. A.Luriya

16. “Tafakkur va nutq” kimning asari?

  1. F.de Sossur

  2. Ch.Osgud

  3. A. Leontev

  4. L. Vigotskiy

17. Psixolingvistikada "mexanizm" termini qaysi ma’noda ishlatiladi?

  1. struktura va jarayonning o‘zaro munosabati

  2. biron narsani nimadir vositasida harakatga keltirish

  3. struktur xarakteristika

  4. faoliyatni amalga oshirishning ijtimoiy sharoitlari

18. «Nutq mexanizmlari» asarining muallifi kim?

  1. I.A. Zimnaya

  2. S.L. Rubinshteyn

  3. N.I.Jinkin

  4. B.F. Lomov

19. N.I. Jinkin qaysi mexanizm turiga e’tibor qaratgan?

  1. fiziologik mexanizm

  2. nutq mexanizmi

  3. funksional mexanizmlar

  4. miya mexanizmi

20. UPK nima?

  1. universal pryedmyet kommunikatsiya

  2. universal psixologik kod

  3. universal psixologik kommunikatsiya

  4. universal predmet kod




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin