Psixologik trening asoslari fanidan yakuniy


Nizolar va ularni “silliqlash” bosqichi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə24/26
tarix16.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131120
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
PSTR JAVOBLAR

Nizolar va ularni “silliqlash” bosqichi. Trening jarayonida ishtirokcilar o'z istaklari bilan rollarni taqsimlashadi va guhdagi ijtimoiy rollar asosida o'z orinlariga joylashadilar. Lekin rollarni taqsimlash jarayonida ishtirokchilar o'rtasida agressivlik, rahbar bilan ochiq qarama -qarshilik, guruhlar o'rtasida dushmanlik, keskinlik kuchayishi mumkin. Ishtirokchilarning bir-birlariga konstruktiv yordami hali ham mavjud emas yoki yomon ifodalanganligi ham kuzatilinishi mumkin. Shunday ekan, ushbu bosqich trenerdan alohida nazorat va mahoratni talab etib, diqqatini guruhda nima sodir bo'layotganiga qaratishi kerak bo'ladi. Bu erda trener oldindan vaziyatni to'liq idrok etishi, kora olish qobiliyati asosida maslahatlar berishi, yuzaga kelgan ziddiyatlni yumshatush va silliqlash orqali keyingi bosqichlarni barqarorligini ta'minlash imkoniyatini beradi.

  • Hamkorlik va yo'naltirilgan faoliyat bosqichi. Agar ishtirokchilar ortasida hissiy, umumiy qadriyatlar rivojlangan bo'lsa, umumiy ‘Biz' ni his qilish, tushunish, samimiylik paydo bo'lsa, guruhning rivojlanishi ushbu bosqichda yuqori ko'rsatgichga ega bo'ladi. Bu esa ishtirokchilar o'rtasida o'z muammolari haqida ochiq suhbatlashishlarni namoyon qiladi. Aynan shu bosqich guruh ichida terapevtik (davolovchi) va shaxsning rivojlanishini ta'minlash qobiliyatiga ega bo'ladi.

  • Guruh faoliyatini yakunlash bosqichi. Guruhda vazifalar to'liq bajarilgandan so'ng, trening davomida guruhni qiziqtirgan barcha masalalar hal qilingan taqdirda, u ijtimoiy tuzilma sifatida tugatilinadi. Treningdan keyin ishtirokchilarda zo'riqish hislar paydo bo'lmasligini ta'minlash uchun trener mashg'ulotni yakunlash bosqichiga katta e'tiborini qaratilishi talab etiladi.Ishtirokchilar guruhdan tashqarida yashashga hissiy jihatdan tayyor bo'lishlari kerak. Ko'pincha, mustaqil amaliy faoliyatini boshlagan trener ishning ushbu bosqichiga, ya'ni ishtirokchilarning ‘guruhni tark etish' iga ahamiyatsiz qaraydi, bu oxir-oqibat umuman ta'lim samaradorligiga salbiy ta'sir qiladi. Jumladan, ishtirokchilar o'rtasida huddi o'zlarini yolg'iz his qilish, umidsizlikka tushishi holati vujudga keladiki, natijada treningdan olgan taassurotlar, natijalar tajribasini yo'qotishi yoki treningda qo'lga kiritilgan barcha yutuqlardan voz kechib ketishi kuzatilinadi.

    146. Guruhiy dinamika jarayonlari haqida ayting





    1. Guruhiy dinamika tushunchasi: treningda guruh rivojlanishining asosiy bosqichlari. Trening guruhi huddi miniatyura sahnasiga o'xshaydi. Shunga ko'ra, u barcha ijtimoiy guruhlarga xos bo'lgan guruhiy jarayonlarini rivojlantiradi.

    Guruhiy holatda tashkil etilgan treninglar jarayonida albatta, ruhiy zo'riqishlar vududga keladi. Bunga sabab trening guruh a'zolari bir birlariga notanish bo'lishi yoki o'z muammolariga boshqalarning qarashlari, muammolarini boshqalarga aytish jarayonidagi, tortinchoqlik, uyalish kabi holatlarning yuzaga kelishi sabab bo'ladi. Shu payitda trenerning vazifasi shu zo'riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. Buning uchun trener yuqoridagi kabi guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo'ljallangan, guruh bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o'ylab chiqishi kerak, ayniqsa guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart.

    147. Treningning guruh shakllarining paydo bo'lishi


    1945 yillarga to'g'ri kelib, bu izlanishlar K. Levin, K. Rodjers, L. Bradfort, R. Lippit kabi olimlar bilan bog'liq. Ushbu davrda AQShda guruh dinamikasini o'rganish markazi tashkil etildi. Maxsus tashkil etilgan laboratoriyalarda K. Levin tomonidan guruhlararo munosabatlar tashkil etilib, shaxsiy parametrlaridagi samarali o'zgarishlarning aksariyati individual konteksda emas, balki guruhda sodir bo'ladi degan qat'iy fikrga keldi. Olib borilgan izlanishlar natijasida uning ta'kidlashicha, odamlar o'zlarining moslashuvchan bo'lmagan munosabatlarini aniqlash va o'zgartirish va xatti-harakatlarning yangi shakllarini yaratish uchun odamlar o'zlarini boshqalar kabi ko'rishi kerakligini keltirib o'tadi. Bu boradagi mulohazalar K. Levin va K. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan guruh dinamikasi va mijozga yo'naltirilgan terapiya nazariyalarida o'z aksini topgan. Xususan, 1951 yilda


    K.Rodjers o‘zining shaxs va xulq-atvor nazariyasini “Mijozga yo‘naltirilgan terapiya” kitobida keltirib o‘tadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra xavotirlanish bu organizmning idrok oldi vaziyatga noqulaylik va qo‘zg‘alish ko‘rinishidagi reaksiyasidir. Xavotirlanish holatida idrok va tushunishda “Men” - kontsepsiyasi yoki malaka o‘rtasida nomuvoflqlik yoki nokongruentlikning vujudga kelishi kuzatiladi. Natijada “Men”- konsepsiyasining hozirgi holatida yetakchi bo‘lgan o‘zgarishlar vujudga keladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson o‘zini tushunish va o‘zgartirish uchun cheksiz katta imkoniyatlarga ega. Biroq bu imkoniyatlarni kashf etish va ro‘yobga chiqarish uchun odamga maxsus sharoit kerak. Bu sharoit uch shartga asoslanadi.
    Ushbu terapevtik yo‘nalishda asosiy e'tibor terapevtik metodga emas, balki psixolog va mijoz o‘rtasidagi munosabatga qaratiladi. Bunda psixolog mijozni boshqarmaydi, unga ko‘rsatma bermaydi, faqat o‘zaro munosabatda ochiqlik, samimiylik, hamdardlik muhitini yaratadi. Mijoz o‘z muammosining yechimini o‘zi topadi.

    149. Noverbal aloqa yo'llarining turlari




    Noverbal aloqa yo'llarining turlari:
    - ko'z bilan aloqa qilish;
    - yuz ifodalari, yuz ifodasi;
    - tana pozitsiyalari va imo -ishoralari;
    - ovoz;
    - makon va vaqt;
    - pauza.
    Maslahatchi va mijoz o'rtasidagi ko'z aloqasi doimiy va zo'ravon bo'lmasligi kerak.
    151. Art terapevtik mashg'ulotlarni asosiy to'rt bosqichini ayting
    Dastlabki bosqichda ishtirokchilar tasodifiy ijodiy faoliyatga tayyorlanadi. Buning uchun turli o'yinlar va maxsus mashqlardan foydalaniladi: “Erkin bo'ling va nimani kerak deb hisoblasangiz, shuni amalga oshiring”,- degan fikr aytiladi.
    Ikkinchi bosqich asarni yaratish jarayonidir.
    Uchinchi bosqich - o'z ishini muhokama qilish jarayoni.
    To'rtinchi bosqichda har bir guruh aъzosining muvaffaqqiyatini taъkidlash va mashg'ulot haqida iliq taassurotlar almashinadi.

    153. Kollaj texnikasini qo’llash bosqichlari


    154. Kollaj texnikasining tayyorlov bosqichi haqida ayting

    Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin