19
mashg’ulotlari hissiyotlarga boy jarayon hisoblanib, aynan bunday bolatda kimningdir oddiygina
eshikni ochib qarashi ham trener yoki ishtirokchilami bu
hissiyotdan chiqarib yuborishi, ular
diqqatining boiinishiga sabab bo’ishi mumkin.
Bundan tashqari guruhdagi doimiy bahs-munozaralar, o‘yin va mashqlar natijasi bo‘lgan
shovqin atrofdagilarga xalaqit bermasligi kerak.
Bunday sharoitlami yaratish albatta, har bir treneming imkon darajasidan kelib chiqadi.
Shuning uehun bunday xonaga ega boTmagan holatlarda trening o’tkazish mumkin emas, degan
xulosaga kelish noto’g’ri. Oddiy jihozlanmagan xonada ham guruh a’zolarini doira shaklida
joylashtirilgan stullar qo‘yib yoki yerga gilam solingan holda o’tirib ham trening mashg’ulotlarini
olib borilishi mumkin bo’ladi. Trening jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilaming doira shaklida
o‘tirishiga qaratilishi kerak. Doira shaklida o’tirishning
afzalligi sbundaki, hamma ishtirokchilar
bir-birining borligini his qiladi va bir-birini ko‘rib turishiga imkon yaratiladi. Bu esa
ishtirokchilarda bir-biriga boTgan e’tiboming ortishi bilan birga mashg’ulotlarga diqqat bilan
munosabatda boiish hissini, shuningdek o'zaro ishonch, o’zaro qiziqish kabi muhim holatlami
vujudga keltiradi. Bundan tashqari, doira shaklida o‘tirish boshlovchi va ishtirokchilar orasida ham
tenglik boTishiga olib keladi va ulaming o‘zaro erkin muloqotda bo’lishlariga imkon beradi.
Ayniqsa, o'smirlar guruhi bilan ishlaganda, ular qarshisida o ’qituvchi emas, o ‘zlari
b ilan b ir
qatorda o ‘tirg an treneming bo‘lishi o’smirlarda haqiqiy tenglikni His etishga yordam beradi. Bu
orqali guruh a’zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini ta’minlovchi psixologik muhit (iqlim)
yaratiladi.
Xorijda ba’zi trening xonalari oddiy gilamlar to‘shalgan va ishtirokchilar gilamlaming ustida
o‘tirgan holda mashg’ulotlar tashkil etiladigan holatlar ham bo‘ladi. Lekin bizning mintalitetimizda
bunday holda trening mashg’ulotlarini o’tkazish ayrim noqulayliklami (ayniqsa qarama-qarshi jins
vakillaridan tashkil topgan guruhlarda) keltirib chiqarishi mumkin.
Trening jarayonida guruh a ’zolari soni 8-10 kishidan 19-20 nafargacha bo’ishi ma’qul variant
hisoblanadi. Mutaxassislaming ta’kidlashlaricha, eng ideal, ya’ni trener uehun ishlash yengil va
yuqori samaraga erishish mumkin bo’gan guruh 13-15 kishidan iborat boTgan guruhdir. Buni
shunday izohlash mumkinki, ishtirokchilar ko‘p boTgan guruhlarda quyidagi istalmagan holatlar
sodir bolishi mumkin: vaqt ko’p ketishi, zerikishning paydo bo’ishi, o’zaro ishonch muhitining
tarkib topishi qiyinlashuvi, samimiylikning susayishi kabilar. Aksincha guruh a’zolarining soni (12
kishidan) kam bo’gan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari ehtimoli
mavjud. 13-15 kishilik guruhda esa guruh a’zolari va trener bir- birlarini
tezroq toshunishi va
ulaming ahillashishlari oson kechganligi kuzatilgan.
Ayrim hollarda, ayniqsa o’quv-treninglarda tavsiya etilgan songa nisbatan ko’proq
ishtirokchilar bilan mashg’ulot o’tishga ham to’g’ri kelib qoladi. Agar guruhda ishtirokchilar soni
25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilami bir nechta guruhlarga bo’gan holda o
’tkaziladi, ammo bunda k o ’p vaqt talab etiladi va ishtirokchilaming diqqati boTinadi. Shuning
uehun aynan psixologik treninglar uehun bunday holatda mashg’ulot o’tkazish tavsiya etilmaydi,
chunki bu nafaqat kutilgan natijaga erishishga halaqit beradi, balki ishtirokchilaming noroziligiga
ham olib kelishi mumkin. Bu esa treneming statusiga putur yetkazadi.
Treningda ishtirokchilaming jinsi masalasi ham mashg’ulot o’tish va uning samarasiga ta’sir
nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Trening guruhi tuzilish jihatdan geterogen (ikki xil jins)
boTishi kerakmi yoki gomogen (bir jinsli) boTishi kerakmi
degan savol mutaxassislami
qiziqtiradigan savollar sirasiga kiradi.
Mutaxassislaming fikriga ko’ra, vazifasi emotsional qo'llab-quwatlashdan iborat boTgan va
bir xil jins vakillaridan iborat qisqa muddatli guruh ishtirokchilari bir-biriga o’xshashga
intilishadilar hamda bu yaxshi natija beradi. Aksincha, maqsadi ishtirokchilarda shaxslararo o’zaro
tushunishni shakllantiruvchi uzoq muddatli trening gumhlarida turli jins vakillarining bo'lgani
yaxshi.
Ishtirokchilar o'rtasida jins borasida o'xshashlik va farqlami ajratishga nisbatan bildirilgan
fikrlarda haligacha qarama-qarshiliklar mavjud va yagona xulosaga kelinmagan. Aksariyat
mutaxassislar geterogen guruhlaming tarafdoridir. Ulaming fikriga ko‘ra, geterogen guruhlaming
20
samarasi shundaki, bunday guruhlarda ishtirokchilar shaxsiy muammolarini hal etishi va ulami
yengishga erishlari mumkin.
J.Kellermenning fikriga ko‘ra guruhlarda emotsional holatni yaratish va ishtirokchilaming
muommolarim hal qilishda ijobiylikka erishish uchun geterogenlikka intilish kerak.
Ayrim
mutaxassislaming fikriga ko‘ra “...guruh qanchalik geterogen bo‘lsa, guruhdagi shaxslararo
munosabatlar ham shunchalik yuqori darajada bo‘ladi”.
Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng (masalan, 7 ta ayol 6 ta erkak
yoki 6 ta ayol 8 ta erkak) boiishi trening guruhlarida ijobiy muhit yaratilishiga olib kelishi
tajribalarda isbotlangan. Chunki qaysidir jins vakili ko‘proq va qaysisidir kam boTishi guruhning
o‘zaro erkin munosabatda boTishiga va ular orasida ishonch muhitining vujudga kelishiga xalaqit
berishi mumkin. Bundan tashqari guruhda erkaklar sonining ko‘p (masalan, lOta erkak 5ta ayol)
bo‘lishi olib borilayotgan bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo'lishiga,
aksincha holat (masalan, 12 ta ayol 4-5 ta erkak) esa ayollarga xos fikrlaming ustunlik qilishiga olib
kelish ehtimolini oshiradi. Natijada treneming kutilgan natijaga erishishi qiyinlashadi va trening
samarasi pasayish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Trening ishtirokchilarining yoshi borasida ham mutaxassislar orasida tortishuvlar mavjud.
Aksariyat holatlarda trening ishtirokchilarining yoshi iloji boricha taxminan teng boiishi, ya’ni ular
orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Lekin
o'tkaziladigan trening mashg‘ulotining maqsadiga va hal etiladigan muammolariga
qarab turli xil
yoshdagi ishtitokchilami taklif etish ham foydadan holi boimaydi (masalan, qaynona-kelin, ota-ona
va farzand, pedagog va o‘quvchi nizolari).
Amerikalik mutaxassis Lekinning fikricha, guruhdagi yosh va boshqa jihatdan farqlar o‘zaro
munosabatlarda namoyon boiishi mumkin, masalan, “keksa bir ishtirokchi qolganlar uchun “qariya”
degan unvon bilan “taqdirlanishi”, qora tanli ishtirokchi esa oq tanlilar uchun kuzatish ob’ektiga
aylanishi mumkin (Lakin 1972).
Bu misol bizning mentalitetimizga xos boimasada, lekin bizda ham guruh ishtirokchilaridan
maium bir farqi bilan keskin ajralib turadigan kishilami guruhga taklif etmaslik maqsadga
muvofiqdir. Qolaversa, alohida qayd etish lozim, 50-55 yoshdan kattalar uchun trening
mashg'ulotlari juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega boimasligi
va ular kutganchalik natija
bermasligi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: