I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
10.2.Guruh bilan ishlash borasida tavsiyalar Ijtimoiy psixologiyada berilgan ma’lumotga ko‘ra trening guruhlari kichik guruh sanaladi.
Biroq trening mashg'ulotlari uchun bu qoida o'zgaradi, ya’m 20-25 kishidan iborat bo'lgan trening
guruhlari aynan trening mashg'ulotlari jarayonida katta guruh hisoblanadi. Bunday katta guruhlar
bilan o'yin va mashqlar o'tkazish о z ishining ustasi bo'lgan trener uchun ham qiyinchiliklami
keltirib chiqarishi mumkin. Shulami hisobga olgan holda trener katta guruh bilan ishlash jarayonida
nimalami hisobga olishi lozimligini bilishi kerak.
Trening jarayonida guruhni tez-tez kichik guruhlarga bo'lib ishlash maqsadga muvofiqdir.
Bundan maqsad guruhdagi har bir ishtirokchining mashg'ulotlarda faol qatnashishini ta’minlashdir.
Biror bir mavzu trening guruhida muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini la’mmlab
bo'lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilami umuman chetda qolishiga sabab bo'ladi.
Agar guruh kichik guruhlarga bo'lib ishlansa, bunda ulaming faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir
ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi.
Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va -shonchli muhitni
yaratadi, ulaming bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kinshishiga imkon yaratadi.
Ayniqsa, oilaviy mavzularga doir nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda
noqulaylik, uyalish holatlari vujudga kcladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish,
noqulaylikni yo'qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo'lsa, undagi ishtirokchilarda qo'rquv,
noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo'ladi. Shuning uchun treningdagi katta guruhni
doimiy ravishda kichik guruhchalarga bo'lib ishlash tavsiya etiladi va bunda o'ziga xos qoidalar
mavjud.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari: 1. Kichik guruhlarga bo‘lishda o‘yin orqali bo‘lish usulidan foydalanish lozim.
2. Ishni 2 yoki 3 kishidan iborat boigan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga
muvofiq. Shu usul bilan ishtirokchilardagi qo'rquvni yo‘qotish osonroq kechadi.
3. Guruhlarga bajarilishi lozim boigan topshiriqlami aniq va tushunarli qilib berish kerak.
4. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganda instruksiyani ulaming hammasiga birvarakayiga
tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga koisatma berib, qolganlariga ham birma-bir
tushuntirmoqchi boisa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi
va xonada shovqm-suron koiariladi, trener esa qolgan guruhlarga koisatma berishga qiynalab
qoladi.
5. Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta katta guruhda umumiy holda muhokama qilish
kerak, bunda har bir mikroguruhdan bittadan vakil chiqib, qolganlami o‘z gumhining fikri bilan
tanishtiradi.
6. Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini
treneming o‘zi taqsimlab berishi kefak.
7. Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni
samaradorligi va rivojlanishiga xalaqit berishi ham mumkin. Shunmg uchun 2 soatlik treningda 3
kishilik guruhga boiinadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga boiinadigan
topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmashkka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ulaming faolligini oshirish uchun quyidagi
holatlarga alohida e’tibor berishi va qat’iy rioya qilishi kerak:
- ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermasligi kerak;
- guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so'zini boimasdan eshitishi va qolganlami
ham shunga o'rgatishi kerak; ishtirokchilardan mavzu doirasidan chetga chiqmasligini so‘rashi va
buni nazorat qilishi kerak;
62
- hammaning so zga chiqishini ta’minlashi va ularga minnatdorchilik bildirishi kerak;
- munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar “shu yerda” qolishiga guruhni
odatlantirishi kerak.