10.3. Guruhda yuzaga keladigan umumiy muammolar va ularni hal etish Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilinsa, mikroguruhlar bilan ishlash jarayoni sdliq kechadi, deb
o‘ylash noto‘g‘ri albatta. Chunki ish bor joyda muammo mavjud boigani kabi mikroguruhlar bilan
ishlash jarayonida ham o‘ziga xos muammoli vaziyatlar yuzaga kelib turadi. Bunday vaziyatlardan
eng ko‘p kuzatiladiganlarini sanab o'tamiz.
Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlami hamma ishtirokchilar ham bir xilda
bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga
keltirilishi mumkin boigan quyidagi ko'rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi boshqalaming so'ziga aralashaverib, qolganlaming jiglga tegishi mumkin;
- ishtirokchi о zini ko‘rsatish uchun boshqalami tanqid qilishi, noo‘rin kamsitishi, ustidan
kulishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga mma qilishi kerakligini aytib, aql o‘rgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini boiishga harakat qilishi
mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqqa tegishli bo‘lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o‘tkazishga harakat
qilishi mumkin.
Mikroguruxdagi bunday muammolami hal etish uchun quyidagicha yo 7 tutish mumkin: • Agar guruh ishida og‘ishlar ro‘y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda
ketayotganligini va berilgan topshiriqm bajarish yoki muammom muhokama qilish lozimligini
eslatish lozim;
• Muammo tug‘diray otgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan
qoidalarga to‘xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini
tushuntirish lozim va undan keyingi mashg‘ulotlarda guruh, bilan hamkorlikda ishlashini so'rash
kerak;
• Boshqalaming so'zini boiayotgan ishtirokchiga shunday ogohlantmsh berish mumkin: "Meni
kechirasiz, lekin sizga shuni eslatib qo‘ymoqchxman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga
ega va uning so‘zini bo lishga hech kimning haqqi yo‘q";
• Agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo‘lsa,
uni guruhning o'zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni
tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko‘rsatib beriladi, lekin
hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o'zini tanqid qilinmaydi.