59
turli vaziyatlarda ham etiketga rioya qila bilishi; shaxsiy tajribaga ega boTishi;
shaxslararo
munosabatlarga kirisha olishi kabilar.
L.Krol va Ye.Mixaylovalar esa treneming kasbiy kompetentligini quyidagilarga ajratib
ko'rsatishadi:
Shaxslararo kommunikativ kompetentlik: verbal va noverbal korrmmnikativ malakalarining
rivojlangan boTishi, ishtirokchilaming faoliyat motivlarini tushuna olishi,
ulaming shaxsiy
ustanovkalarini yuqori darajada anglay olishi kabilar;
Texnik kompetentlik: ishtirokchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan maqsadni transformasiya
qila olish;
Moslashuvchanlik kompetentligi: o'zgarishlami oldindan ko'ra bilish hamda o'zgaruvchan
sharoitlarga moslasha olish;
Konseptual kompetentlik: amaliyotga asos boTuvchi bilimlami egallagan boTishi;
Integrativ kompetentlik: ma’lum bir asosga ega boTgan qarorlar qabul qilish, yuzaga kelgan
muammolami yechish hamda ularga mutaxassis sifatida baho bera olish.
Trening jarayonida trener bir qancha rollami bajarishiga to'g'ri keladi, bular quyidagilardir:
Metodistlik - lug'aviy ma’nosi o‘qitish bo'yicha mutaxassis boTib, mashg'ulot
materiallarini
ishlab chiqish va ulami ishtirokchilarga yetkazib berish;
Instruktorlik - lug'aviy ma’nosi biriktiruvchi shaxs bo'lib, trening davomida yo'riqnomani
tushuntirish, guruhchalar tashkil qilish, ularga ko'rsatma berish, to'g'ri yo'l ko'rsatish, sharhlash,
ulami boshqarish;
Demonstratotorlik - lug'aviy ma’nosi namoyish etuvchi bo'lib, trening davomida mashqlami
ko'rsatib, namoyish etib berish;
Falisitatorlik - lug'aviy ma’nosi yordam beruvchi bo'lib, treningda
ishtirok etuvchilami
faollashtirish, guruhda iliq atmosferani yaratish, ishtirokchilarga qo'yilgan maqsadga erishishlariga
yordam berish;
Konsultantlik - lug'aviy ma’nosi maslahat beruvchi bo'lib, guruhda muammo va vaziyatlami
muhokama qilishni taminlab berish;
Liderlik - lug'aviy ma’nosi yetakchi, raxbar bo'lib, o'quv natijalariga ko'ra
trening dasturini
belgilash va olib borish;
Inspektorlik - lug'aviy ma’nosi kuzatuvchi bo'lib, trening ishtirokchilarini kuzatish, natijalarini
qayd etib borish, trening natijalarini baholash; Marketologlik - lug‘aviy ma’nosi bozomi o'rganish
bo‘yicha mutaxassis bo lib, trening
xizmatlarini rivojlantirish; Analitik lug'aviy ma’nosi
tadqiqotlarida tahlil qlishi usulidan foydalanuvchi mutaxassis bo‘Hb, trening jarayonini tahlil qilish.
Ekspertlik - malumotlar berish, faktlami tasdiqlash, qarorlami yo'naltirish, qat’iy va aniq fikr
bildirish.
Dostları ilə paylaş: