Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trenerga qo‘yiIadigan umumiy talablar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
9.2.Trenerga qo‘yiIadigan umumiy talablar 
Trener har doim trening mashg‘u!otni o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga: 
• Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
• Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
• Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? degan savollarini berishi lozim. Buning 
uchun u albatta reja va dastur tuzib olishi kerak. Trening uchun reja va dastuming qay darajada 
ahamiyatliligi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida yuqorida so‘z yuritganmiz. 
Trening mashg‘ulotlari samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har 
tomonlama rivojlangan, rejaiashtirish va tashkillashtirish tajribasiga hamda qobiliyatiga, eng 
muhimi muloqot madaniyatiga ega boTishi talab etiladi. Trener hech qachon trening 
qatnashchilaridan kam bilimga ega bo'lmasligi kerak. Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilish 
va qatnashchilaming savollariga javob berish mahoratiga ega bo'lishi kerak. 
Bundan tashqari malakali trener uchun quyidagilar xos boiishi, ya’ni u quyidagi talablarga 
javob berishi lozim:
Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
- Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan; 
- Guruhda terapevtik iqlimni yarata oladigan;
- Muammoli vaziyatlarga aralasha oladigan va undan chiqa oladigan; 
- Muammoning yechimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lgan shaxs bo'lishi lozim. 


55
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish kerakki, guruhni 
boshqarayotgan trener shaxslar bilan ishlaydi, har bir shaxs esa o'ziga xos individuallikka egadir. 
Shu bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. Tabiiyki ular shu jihatlari 
bilan bir-biridan hamda trenerdan farq qiladi. Shulami hisobga olgan holda trener quyidagilarga 
amal qilishi lozim:
- Guruhning har bir a’zosiga individual yondashishi; 
- Ishtirokchilarga “bosim” o'tkazmasligi; 
- Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni 
topishga ko‘maklashishi zarur. 
Trenerlik ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan, maxsus ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lishdir. Trening jarayonini tashkil qilish va uni ohkazishda trenerdan juda ko‘p narsa talab 
etiladiki, trener boTish istagida bo‘lgan yoki trenerlik qilayotgan har bir mutaxassis bulami bilishi 
va amal qilishi zarur. Bu borada trenerlar va bo‘lajak mutaxassislar quyidagi tavsiyalami bilishi 
lozim: ishcht guruh uchun qoidalar ishlab chiq.sh; har btr mashg'ulot uchun o‘ziga xos ko‘rsatma 
bera olish; guruh muhokamasini tashkil qilish; qatnashchilaming savollariga javob bensh va 
ulaming bajarayotgan ishlarini nazorat qilish; ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil 
qilish; qatnashuvchilaming emotsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik yordam berish
har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish; mashg‘ulot oxirida ishtirokchilarga trener 
haqida o‘z fikrini bayon etishga imkon berish. 
Bundan tashqari ishtirokchilami qiziqtmsh, ulaming mustaqil ishlashiga imkon yaratish kerak. 
Hech bir qatnashchini muhokama qilish kerak emas, ishtirokchilarga o‘zini bir-birlaridan yuqori 
tutmasligini tushuntirish, o‘zi esa mutaxassis ekanligini ta’kidlayvermasligi kerak. 
Eng muhimi, trenerlik qilayotganda shuni unutmaslik kerakki, Uener o‘qituvchi emas. lining 
vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat. 
Har qanday trener trening mashg'ulotlarini olib borish uchun katta trenerlik tajribasi va 
mahoratini egallashi kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilaming ijodkorligi talab etilgan 
holatlarda trener quyidagilami yodda tutishi lozim: u gumhga rahbarlik qilmasligi; gumhga tayyor 
axborotlami bermasligi; gumh nima ish qilishi kerakligi to ‘g ‘risida maslahat yoki takliflar 
kiritmasligi kerak. 
Mohir trener gumh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli, kayfiyati, muammosiga, 
balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati, muammosiga ham katta e’tibor bilan qaraydi. 
Treneming asosiy vazifasi — guruhning qiziqishini oshirib, ulami yo‘naltirib va 
rag'batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o‘zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit 
yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolami tahlil qilish va ma’lum bir 
xulosalarga kelish jarayonida o‘zaro ishonch va hurmat ko’nikmalarini egallab boradi. 
Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to‘g‘ri qaror sifatida qabul qilishi 
kerak. Trener har bir ishtirokchining ; muvoffaqiyatini rag'batlantirib, ularning yashirin iste 
dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli 
qo‘shiq yoki she’r aytishi; rolli o'yinda yaxshi rol bajarishi jarayonida).

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin