56
• O'zgaruvchanlik, moslashuvchanlik borasida aql sohibi bo lish, kutilmagan holatlarga o‘zini
oldindan tayyorlash, murakkab vaziyatlarda o'zini yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
• Ishtirokchilarning nutqini tinglash, noverbal harakat va mimikalarini anic
tushunish, reaksiyalarining mohiyatini to‘g‘ri talqin eta olishi kerak.
• Ishtirokchilarning ehtiyoj va qiziqishlariga qarshi bonnasligi kerak.
• Rejalashtirish
qobiliyatining boTishi, bunda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va
nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi kerak.
• O‘ziga nisbatan
ishonchning mavjudligi, real tafakkurga va kuchli irodaga ega bo‘lishi
kerak.
• O‘z xatti-harakatlarini doimo m a’lum maromda ushlash, kerak b o ‘lsa o‘zidagi motorikani
rivojlantirgan boTishi kerak.
Trenerlik qobiliyatiga oid talablar
Mashg’ulotlami oiib boruvchi trenerdan quyidagi qobiliyatlar talab etiladi:
1. Maqsadga yo‘nalganlik - treningni oxirigacha yetkazish, reglament qoidasiga rioya qilish.
2. Chidamlilik - treneming ushbu sifati guruhda intizomni saqlashga yordam beradi.
3. Reaksiya tezligi - trening jarayonida yoT qo'yilgan xatolarga operativ holda diqqatni qarata
olish.
4. Xanzma - treneming ishtirokchilar uchun qiziqarli boTa olishi, auditoriyani “yondira”
olishi.
5. Yumor - trening jarayonida ajablanish, noqulaylik kabi holatlaming namoyon boTmasligiga
yordam beradi.
6. Kommunikativ qobiliyat - shaxslararo va guruhlararo
nizolarga yoT qo ymaslikni, guruh
ishtirokchilariga ta’sir etishning samarali yoTlarini ta’minlab beradi.
7. Moslashuvchanlik - treneming har qanday holatga moslasha olishini ta’minlaydi.
8. Xatolami tuzatish - xatolami ko’ra olish, uni qanday tuzatishni bilish, xato qilib qo‘yishdan
qo‘rqmaslik kerak.
9. Shuhrat qozonish - 2-3ta muvaffaqiyat treneming mashhurligini ta’minlaydi.
10. Refleksivlik - bu kasbiy sifatlaming eng ahamiyatlisi bo‘!ib, anglash qobiliyati va qanday
vaziyatda nimani qoMlay olish kerakligidir.
Yuqorida sanab o'tilganlar bilan bir qatorda trener dasturga
mos ssenariylar tanlay bilishi,
lozim bo‘lganda ularni har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg'ulotlami
tashkil
qilishda qatnashchilaming yoshi, jinsi, kasbiy malakalan, madaniyati va ehtiyojlariga mos ravishda
dasturlarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo lishi, mashg'ulotlar shakli, vaqti,
joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi treningni samaradorligiga bevosita ta’sir
ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: