Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

3. Ish faoliyati bosqichi — bu bosqich ishtirokchilaming o'z maqsadlariga erishishida asosiy 
qism hisoblanadi. Ishtirokchilar gumhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O'zaro yordam so'rash 
imkoniyatdan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo'ladi. Natijada treneming ayrim fikrlariga 
qo'shilmasalar, ular orasida Irenerga nisbatan norozilik, ayrim hollarda asabiylashish, tushkunlik 
holatlari ham kuzatiladi. 
Treneming vazifasi. guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi 
voqealarni e tiborsiz qoldirmaslik, gumh dinamikasini kuzatish, gumhdagi norozilik va 
asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o'yinlar o'tkazish, guruhda ishonch munosabatining 
shakllanishiga yordam berishdan iborat.
4. Yakunlash bosqichi — bu bosqich mashg‘ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar 
mashg'ulot muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa, barcha ishtirokchilarnmg kayfiyati a’lo darajada bo'ladi. 
Bu bosqichda ish davornida yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklami silliqlab ketish imkoniyati tug‘iladi. 
Bosqich puxta o'ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o'z holicha o'tkazish yararnaydi, 
chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko'paytirib yuborishi 
mumkin. 
Treneming vazifasi: mashg‘ulotni yuqori hissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va 
o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sh»roit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur 
bildirishlari uchun imkon yaratish, "qayta aloqa ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o'ziga 
yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat.
 
10.6. Trenerning pozitsiyasi 
Treninglaming satnarasi odatda treneming qaysi pozitsiyada turganligiga yoki uning qanaqa 
pozitsiyani egallaganligiga bog‘liq. Trening mashg'ulotlarining o'ziga xosligi shundaki, trener 
odatda guruhning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'ladi, u o'zining usunligini namoyish etmagan 
holda treningdagi barcha ishtirokchilar bilan teng bo‘lgan pozitsiyani egallaydi. Treneming asosiy 
vazifalaridan biri guruh uchun “o‘zimizning odam”ga aylana olishidir, buning uchun u ulaming 
biror jihatiga aynan o‘xshashga harakat qilishi lozim. Trener ishtirokchilarga shuni eslatib tunshi 
lozimki, har bir odam o‘z fikri yoki o‘zining nuqtai nazariga ega boTishga haqli va bu fikr yoki 
nuqtai nazar atrofdagilar tomonidan hurmat qilimshi shart. Ular bilan albatta hamfikr bo'lish, ya’ni 
ulaming fikri noto‘g‘ri bo'lganda ham ulami qoTlab- quvvatlashi shart emas, balki ular bilan 
bahslashish, muhokama qihsh kerak, lekm ochiqlik, samimiylik va xushfe’Uikni saqlab qolishi 
kerak. Bu xildagi munosabat o‘zaro hurmat va o'zaro ishonch muhitini yaratadi va muammoning 
konstmktiv muhokamasini tashkil etishga yordam beradi. Agar trener mashg'ulot jarayomdagi 
barcha rnashq va diskussiyalarda ishtirok etsa, o'z fikr-mulohazalarini, g‘oyalarini o'rtoqlashsa, 
ayrim hollarda o‘z xatolarim bekitmasa, mashqlarda adashsa bu unga ishtirokchilar bilan teng 
munosabat o'mata olishiga yordam beradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin