Mavzu: «Talabalarda muloqotchanlik sifatlarini oshirishga qaratilgan trening» mashg‘ulotining dasturi Maqsad: Ishtirokchilarda shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish va o‘zaro
ahillikni oshirish.
Vazifalar:
1. Guruh a’zolarini o'zaro tanishtirish, ya’ni ularga bir-birlari haqidagi ma’lumotlar bilan
almashinish imkonini yaratish;
2. Guruhda o'zaro ahillik muhitini yaratish;
3. Ishtirokchilar holati va kayfiyatlarini barqarorlashtirish;
4. Guruh ishtirokchilarini bir-birlarini yaxshiroq tushunishga hamda hamkorlikda ishlashga
o'rgatish;
5. Guruh a’zolari o'rtasida o'zaro samimiylik muhitini yaratish.
Qoidalar:
- Yagona mikrofon qoidasi (kimni qo'lida mikrofon bo‘lsa o‘sha odam gapiradi);
- Faollik qoidasi (rolli vaziyatlarda har bir kishi o'ziga mavjud bilim, ko'nikma va malakasidan
foydalanish);
-“Shu yerda va hozir” qoidasi (trening qatnashchilarining his-tuyg‘ulari, kechinmalari va
munosabatlarmi trening doirasida ko‘rib chiqish va ulami kelajak yoki o'tmish bilan bogiamaslik
kerak);
-Reglament qoidasi (Trening qatnashchilar o‘z ftkrlarini aniq, lo‘nda, qisqa bayon etishlari
kerak);
-Sirlilik qoidasi (mashg'ulot jarayonidagi barcha kechinmalar guruhdan tashqaridagi chiqishi
mumkin emas).
MASHG'ULOTNING BOR1SHI: I. KIRISH.
1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish.
Maqsad: mashg'ulotning samaradorligini ta’minlash.
2. «Koptokni uzatib yubor» o‘yini
Maqsad: ishtirokchilarga bir-birlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo'lishlan uchun imkon
yaratish va ulaming o‘rtasidagi baremi olib tashlash.
O‘yinning borishi. Ko‘rsatma: Qatnashuvchilar davra b o ‘lib o'tiradilar. Trener «Mening
ismim . . . Men . . . xislatga egaman. Men . . . yaxshi ko’raman (xohlagan narsa yoki kishini aytish
mumkin)» - deydi va koptokni istalgan biror kishiga qarab otadi. Koptokni ilib olgan ishtirokchi
ham o‘z navbatida o‘zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O'yin
barcha ishtirokchilar o'zlarini tanishtirib bo'lgunlariga qadar davom etadi.
3. “Kutuvlar daraxti” mashqi
Maqsad: Ishtirokchilaming treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash
Ko‘rsatma: Hozir hamma tarqatilgan meva-qog‘ozlarga o‘zining mashg‘ulotdan nima
kutayotganligini yozadi va doskadagi daraxtga shu «meva»larini yopishtiradi.