Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Treningni tashkil etishda muhim jihatlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

3.2. Treningni tashkil etishda muhim jihatlar. 
Trening mashg‘ulotlarining samarali o’tishini ta’minlash uchun uni tashkil etishda bir qancha 
muhim jihatlarga e’tibor berish lozim boiadi. Quyida mana shu rnuhim jihatlar nimalardan 
iboratligini ko‘rib o’tamiz. 
Trening mashg'ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o’tkazish jarayonida trener quyidagi muhim 
jihatlami hisobga olishi maqsadga muvofiq:
Trening mashg'ulotlarining davomiyligi quyidagicha boiishi maqsadga muvofiq: 1. Haftasiga 
4-5 kun, bir kunda 8 soatdan mashg’ulot o’tiladi (orada 30 yoki 60 minut tanaftus beriladi). Bu eng 
samarali natija beradigan trening mashg’uloti hisoblanadi.
2. Haftasiga 2-3 kun, bir kunda 4-5 soat mashghiiot oiiladi. O’rtacha samarali natija beradi.
3. Haftasiga l kun, 3-4 soatdan mashgiilot oikaziladi. Bunday davomiylikda tashkil etilgan 
trening mashg’ulotlari kamroq samara berishi kutiladi. 
Trening o'tkaziladigan xona. Har bir ishtirokchi xonada o‘zini erkin his etishi uchun lozim 
boigan barcha sharoitlaming boiishi treningni samarastni ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. 
Shuni hisobga olgan holda trening mashg'ulotlan o’tkaziladigan joy shinam, keng, erkin 
harakatlanishga moijallangan, kerakli anjomlar bilan jihozlangan boiishi tavsiya etiladi. Xonaning 
bir qismida dumaloq shaklda qo’yilgan stullar, bir qismida yumshoq mebel o’nndiqlari, 2-3 dona 
stol, akvarium, devorda 1-2 dona manzarali tasvir aks ettiriigan rasmlar, imkon darajasida gullar 
boiishi tavsiya etiladi. Bulardan tashqari mashg’ulot jarayonida foydalanish uchun magnitofon, 
televizor, videopleer, proektor, kompyuter jihozlari bo’lishi ha’m lozim. Xonada ishtirokchilaming 
orasiga to‘siq boTadigan ortiqcha jihozlar (stol, stullar) bo’Imasligi maqsadga muvofiqdir. 
Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan (ajratilgan) bo‘lishi shart, ya’ni begona 
shaxslar ularni bezovta qilmasligi va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak. Chunki trening 


19
mashg’ulotlari hissiyotlarga boy jarayon hisoblanib, aynan bunday bolatda kimningdir oddiygina 
eshikni ochib qarashi ham trener yoki ishtirokchilami bu hissiyotdan chiqarib yuborishi, ular 
diqqatining boiinishiga sabab bo’ishi mumkin. 
Bundan tashqari guruhdagi doimiy bahs-munozaralar, o‘yin va mashqlar natijasi bo‘lgan 
shovqin atrofdagilarga xalaqit bermasligi kerak. 
Bunday sharoitlami yaratish albatta, har bir treneming imkon darajasidan kelib chiqadi. 
Shuning uehun bunday xonaga ega boTmagan holatlarda trening o’tkazish mumkin emas, degan 
xulosaga kelish noto’g’ri. Oddiy jihozlanmagan xonada ham guruh a’zolarini doira shaklida 
joylashtirilgan stullar qo‘yib yoki yerga gilam solingan holda o’tirib ham trening mashg’ulotlarini 
olib borilishi mumkin bo’ladi. Trening jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilaming doira shaklida 
o‘tirishiga qaratilishi kerak. Doira shaklida o’tirishning afzalligi sbundaki, hamma ishtirokchilar 
bir-birining borligini his qiladi va bir-birini ko‘rib turishiga imkon yaratiladi. Bu esa 
ishtirokchilarda bir-biriga boTgan e’tiboming ortishi bilan birga mashg’ulotlarga diqqat bilan 
munosabatda boiish hissini, shuningdek o'zaro ishonch, o’zaro qiziqish kabi muhim holatlami 
vujudga keltiradi. Bundan tashqari, doira shaklida o‘tirish boshlovchi va ishtirokchilar orasida ham 
tenglik boTishiga olib keladi va ulaming o‘zaro erkin muloqotda bo’lishlariga imkon beradi. 
Ayniqsa, o'smirlar guruhi bilan ishlaganda, ular qarshisida o ’qituvchi emas, o ‘zlari b ilan b ir 
qatorda o ‘tirg an treneming bo‘lishi o’smirlarda haqiqiy tenglikni His etishga yordam beradi. Bu 
orqali guruh a’zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini ta’minlovchi psixologik muhit (iqlim) 
yaratiladi. 
Xorijda ba’zi trening xonalari oddiy gilamlar to‘shalgan va ishtirokchilar gilamlaming ustida 
o‘tirgan holda mashg’ulotlar tashkil etiladigan holatlar ham bo‘ladi. Lekin bizning mintalitetimizda 
bunday holda trening mashg’ulotlarini o’tkazish ayrim noqulayliklami (ayniqsa qarama-qarshi jins 
vakillaridan tashkil topgan guruhlarda) keltirib chiqarishi mumkin. 
Trening jarayonida guruh a ’zolari soni 8-10 kishidan 19-20 nafargacha bo’ishi ma’qul variant 
hisoblanadi. Mutaxassislaming ta’kidlashlaricha, eng ideal, ya’ni trener uehun ishlash yengil va 
yuqori samaraga erishish mumkin bo’gan guruh 13-15 kishidan iborat boTgan guruhdir. Buni 
shunday izohlash mumkinki, ishtirokchilar ko‘p boTgan guruhlarda quyidagi istalmagan holatlar 
sodir bolishi mumkin: vaqt ko’p ketishi, zerikishning paydo bo’ishi, o’zaro ishonch muhitining 
tarkib topishi qiyinlashuvi, samimiylikning susayishi kabilar. Aksincha guruh a’zolarining soni (12 
kishidan) kam bo’gan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari ehtimoli 
mavjud. 13-15 kishilik guruhda esa guruh a’zolari va trener bir- birlarini tezroq toshunishi va 
ulaming ahillashishlari oson kechganligi kuzatilgan. 
Ayrim hollarda, ayniqsa o’quv-treninglarda tavsiya etilgan songa nisbatan ko’proq 
ishtirokchilar bilan mashg’ulot o’tishga ham to’g’ri kelib qoladi. Agar guruhda ishtirokchilar soni 
25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilami bir nechta guruhlarga bo’gan holda o 
’tkaziladi, ammo bunda k o ’p vaqt talab etiladi va ishtirokchilaming diqqati boTinadi. Shuning 
uehun aynan psixologik treninglar uehun bunday holatda mashg’ulot o’tkazish tavsiya etilmaydi, 
chunki bu nafaqat kutilgan natijaga erishishga halaqit beradi, balki ishtirokchilaming noroziligiga 
ham olib kelishi mumkin. Bu esa treneming statusiga putur yetkazadi. 
Treningda ishtirokchilaming jinsi masalasi ham mashg’ulot o’tish va uning samarasiga ta’sir 
nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Trening guruhi tuzilish jihatdan geterogen (ikki xil jins) 
boTishi kerakmi yoki gomogen (bir jinsli) boTishi kerakmi degan savol mutaxassislami 
qiziqtiradigan savollar sirasiga kiradi. 
Mutaxassislaming fikriga ko’ra, vazifasi emotsional qo'llab-quwatlashdan iborat boTgan va 
bir xil jins vakillaridan iborat qisqa muddatli guruh ishtirokchilari bir-biriga o’xshashga 
intilishadilar hamda bu yaxshi natija beradi. Aksincha, maqsadi ishtirokchilarda shaxslararo o’zaro 
tushunishni shakllantiruvchi uzoq muddatli trening gumhlarida turli jins vakillarining bo'lgani 
yaxshi. 
Ishtirokchilar o'rtasida jins borasida o'xshashlik va farqlami ajratishga nisbatan bildirilgan 
fikrlarda haligacha qarama-qarshiliklar mavjud va yagona xulosaga kelinmagan. Aksariyat 
mutaxassislar geterogen guruhlaming tarafdoridir. Ulaming fikriga ko‘ra, geterogen guruhlaming 


20
samarasi shundaki, bunday guruhlarda ishtirokchilar shaxsiy muammolarini hal etishi va ulami 
yengishga erishlari mumkin. 
J.Kellermenning fikriga ko‘ra guruhlarda emotsional holatni yaratish va ishtirokchilaming 
muommolarim hal qilishda ijobiylikka erishish uchun geterogenlikka intilish kerak. Ayrim 
mutaxassislaming fikriga ko‘ra “...guruh qanchalik geterogen bo‘lsa, guruhdagi shaxslararo 
munosabatlar ham shunchalik yuqori darajada bo‘ladi”. 
Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng (masalan, 7 ta ayol 6 ta erkak 
yoki 6 ta ayol 8 ta erkak) boiishi trening guruhlarida ijobiy muhit yaratilishiga olib kelishi 
tajribalarda isbotlangan. Chunki qaysidir jins vakili ko‘proq va qaysisidir kam boTishi guruhning 
o‘zaro erkin munosabatda boTishiga va ular orasida ishonch muhitining vujudga kelishiga xalaqit 
berishi mumkin. Bundan tashqari guruhda erkaklar sonining ko‘p (masalan, lOta erkak 5ta ayol) 
bo‘lishi olib borilayotgan bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo'lishiga, 
aksincha holat (masalan, 12 ta ayol 4-5 ta erkak) esa ayollarga xos fikrlaming ustunlik qilishiga olib 
kelish ehtimolini oshiradi. Natijada treneming kutilgan natijaga erishishi qiyinlashadi va trening 
samarasi pasayish ehtimoli yuqori bo‘ladi. 
Trening ishtirokchilarining yoshi borasida ham mutaxassislar orasida tortishuvlar mavjud. 
Aksariyat holatlarda trening ishtirokchilarining yoshi iloji boricha taxminan teng boiishi, ya’ni ular 
orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Lekin 
o'tkaziladigan trening mashg‘ulotining maqsadiga va hal etiladigan muammolariga qarab turli xil 
yoshdagi ishtitokchilami taklif etish ham foydadan holi boimaydi (masalan, qaynona-kelin, ota-ona 
va farzand, pedagog va o‘quvchi nizolari). 
Amerikalik mutaxassis Lekinning fikricha, guruhdagi yosh va boshqa jihatdan farqlar o‘zaro 
munosabatlarda namoyon boiishi mumkin, masalan, “keksa bir ishtirokchi qolganlar uchun “qariya” 
degan unvon bilan “taqdirlanishi”, qora tanli ishtirokchi esa oq tanlilar uchun kuzatish ob’ektiga 
aylanishi mumkin (Lakin 1972). 
Bu misol bizning mentalitetimizga xos boimasada, lekin bizda ham guruh ishtirokchilaridan 
maium bir farqi bilan keskin ajralib turadigan kishilami guruhga taklif etmaslik maqsadga 
muvofiqdir. Qolaversa, alohida qayd etish lozim, 50-55 yoshdan kattalar uchun trening 
mashg'ulotlari juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega boimasligi va ular kutganchalik natija 
bermasligi ham mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin