II. Bolalar guruhi: 1 .Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari (guruhlarga moslasha olmaslik,
tarbiyachilar va guruhdoshlari bilan kelishmovchiliklar, nazorat ostida bo'lishni istamaslik kabilar);
2.Kichik maktab o’quvchilari (maktabga moslasha olmaslik, o’qituvchilari va tengdoshlari
bilan munosabatlarda qiynalish, uy vazifalarini bajarishni istamaslik kabilar);
3. O smirlar (yosh fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog’liq barcha muammolar).
III.Kattalar guruhi: 1. Ish joylarida (rahbar va xodimlar orasidagi) muammolar;
2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasidagi) muammolar;
3. Keksalar orasida (psixologik o’zgarishlar natijasida kuzatiladigan) muammolar.
Yuqorida sanab o’tilgan guruhlaming o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda kelib chiqadigan
turli xil muammolar mavjud bo‘lib, bu muammolami hal etish imkonini topa olmaslik natijasida
psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga inuhtoj bo lib qoladigan bir necha xil guruhlaming
vujudga kelayotganligi keyingi yillarda mutaxassislar tomonidan tez-tez kuzatilmoqda. Bulami
quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
l. Muloqotchanlik ko nikma va malakalari yetarli bo‘lmagan kishilar gumhi.
“■ Iqtisodiy yetishmovchilik bilan bog‘liq muammolardan siqilgan kishilar gumhi.
’ ■ O‘z yaqinlarini yo‘qotish azobini yenga olmayotgan kishilar gumhi.
1.
Turli baxtsiz hodisalardan keyin ruhiy zo’riqishlami boshidan kechirayotgan kishilar gumhi.
3. Begona joyga ko‘chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar gumhi.
6.
Rahbarlar tomonidan yoki o‘zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan hollarda siqilishga
duch kelgan kishilar gumhi.
7.
Yangi o qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar gumhi.
8.
Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutila olmaslikdan siqilayotgan kishilar
gumhi.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolami hal etishning asosiy yoilaridan biri sifatida bugungi kunda
mutaxassislar psixologik trening deb ataluvchi o‘yin v mashqlar to‘plamidan iborat
mashg'ulotlardan foydalanishni tavsiya etishmoqda.
I BOB BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR