Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 K.Levinning guruhiy terapiyaga qo'shgan hissasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

2.6. K.Levinning guruhiy terapiyaga qo'shgan hissasi 
Guruhiy terapeya ishlarini tashkil qilish borasida Kurt Levin ham ish olib borgan bo'lib, u o'z 
tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi: “Kishilarning individual xususiyatlarini aniqlashda 
ulami alohida-alohida tekshirgandan ko'ra, hammasini bitta guruhga jamlab tekshirish osonroq 
kechadi”. K.Levin kishilarning xulq-atvori va ustanovkalarida yuzaga keladigan o'zgarishlar ular 
bilan alohida ishlaganda emas, balki ulami ma’lum bir guruhlarga birlashtirib ishlaganda 
samaraliroq bo'lganligini alohida ta’kidlaydi. Shunga ko'ra u quyidagi xulosani beradi: “Shuning 
uchun odamlar o'zlaridagi ustanovakalami o'zgartirishlari yoki xulq-atvoming yangi shakllarini 
vujudga keltirishlari uchun atrofdagi odamlar ularga nisbatan qanday munosabatda bo'lishiga qarab 
harakat qilishlari lozim” 
Guruhiy terapeyaning muvoffaqiyatini ta’minlovchi sabablardan yana biri shuki - o'yin va 
mashqlar jarayonidagi hissiy munosabatlar natijasida ishtirokchilaming bir- biriga bo'lgan 
munosabati nihoyatda iliq bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, trening guruhlarida inson o‘ziga nisbatan 


13
boshqalar tomonidan iliq munosabatni, ishonchni, mehmi va o‘zaro yordam hamda hamkorlikka 
bo‘lgan moyillikni his qiladi. 
K.Levin guruh psixologiyasi ustida ish olib borish jarayonida, samarali o'zgarisblami arnalga 
oshirish uchun individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o'tkazishni ma’qul deb topadi 
va inson “o‘zini o‘z ko‘zi bilan emas, balki atrofdagilaming ko‘zi bilan ko'rishga harakat qilishi 
kerak”, - degan fikmi ilgari suradi. Shunga ko‘ra, uning shogirdlari tomonidan muloqot jarayonida 
kompitentlikni oshirish yuzasidan dastlabki treninglar olib borilgan. Bunday trening guruhlari 
AQShning Bettel shahrida tashkil etilgan va ular keyinchalik T - guruh nomini olgan. Ular olib 
borgan faoliyatning asosida quyidagi g‘oya yotadi: “Ko'pchilik odamlar guruhlarda yashaydi va 
ishlaydilar, lekin ular ko‘pincha bu guruhda qanday ishtirok etayotganligi, atrofidagi odamlar ularga 
qanday ko'z bilan qarayotganligi, ulaming xulq-atvori va xatti-harakatlariga nisbatan qanday 
munosabat bildirayotganligi haqida o'ylab ham ko'rmaydilar”. 
K.Levin va uning shogirdlari tomonidan guruhlararo munosabatlar sohasida olib borilgan 
ishlar AQShda trening bo‘yicha milliy laboratoriyaning tuzilishiga asos bo‘ldi. Bu laboratoriyada 
bazaviy ko'nikmalami hosil qilish bo'yicha olib borilgan ishlar natijasida T-guruh amaliyoti 
rivojlandi. Bu guruhda rahbarlar, menedjerlar, siyosiy liderlar ishtirok etib, ularda shaxslararo 
o‘zaro munosabatda samarali muloqot o'matish, boshqarish, nizolami hal qilish va guruhlami 
jipslashtirisb ko'nikmalari shakllantirildi. Ba’zi T-guruhlar esa insonning hayotiy qadriyatlarini 
o'zgartirishga, o'/.iga to‘g‘ri baho berish va o‘ziga nisbatan ijobiy hislarini kuchaytirishga 
yo‘naltirilgan edi. Bunday T-guruhladan biri 1954 yilda tashkil etilgan bo'lib ular senzitiv guruhlar 
deb nomlangan. 1970 yillarda Leypsig va Yen universitetlarida Monfret Forverg rahbarligi ostida 
ijtimoiy-psixologik trening usuli ishlab chiqildi. Bu trcningda sahna ko'rinishi elementlarini o‘z 
ichiga olgan rolli o'yinlardan foydalanildi, ulaming maqsadi samarali muloqot ko‘nikmalarini 
shakllantirishga qaratilgan edi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin