Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Abu nasr Farobiy (873-950)



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Abu nasr Farobiy (873-950) o‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotiga katta hissa 
qo'shgan mutafakkir boiib, Farobiy o'z asarlarida inson kamoloti uning xulq- atvori va axloqiga 
alohida e’tibor bergan, shu bilan bir qatorda hech bir inson kamolotga, muvaffaqiyatga yolg'iz o'zi 
erisha olmasligini ta’kidlagan. Shuning uchun u boshqalar bilan hamkorlikda bo'lishga, o'zgalaming 
ko'magi va ishonchiga har doim ehtiy.oj sezishini ta’kidlaydi. Kishilaming o'zaro hamkorlik 
qilishlari uchun esa ularga ishonchli yo'lboshchi kerak. Farobiyning qarashlarida urg'u berilgan 
yo'lboshchi va uning jamoani boshqarishini hozirgi kundagi trening jarayonidagi trener va 
ishtirokchilar o'rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) buxorolik qomusiy olim o'z asarlarida kamolotga erishishning 
birinchi me’zoni ma’rifat egallashdan iboratligini, shuningdek bu maqsadga erishish uchun inson 


10
qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zamrligini aytib o'tadi. Abu Ali ibn Sino bolani maktabda o'qitish va 
tarbiyalash zarurligini qayd etish bilan birga bola jamoada o'qitilishi lozimligini ham alohida 
ta’kidlaydi. Uning fikricha, agar o'quvchi jamoada o'qisa zerikmaydi, bir-biridan ortda qolmaslik 
uchun ilgariga harakat qiladi, buning asosida esa insondagi musobaqalashish istagi rivojlanishi 
yotadi, bundan tashqari bolalar birgalikda bo‘lganlarida ular o‘zaro bir-birini hurmat qilishga 
o'rganadilar, do'stlashadilar, o‘quv materiallarini o'zlashtirishda bir-birlariga ko'mak-lashadilar. 
Bulaming barchasi trening jarayonida ishtirokchilarda yuzaga keltirilishi lozim bo‘lgan ko‘nikma 
va malakalarga aynan mos keladi.
Ibn Sino bolani jamoada o'qitish haqida fikr yuritar ekan bolada o'z shaxsiy fikrini bayon etib 
bcra olish ko‘nikmasini shakllanlirish lozimligini ham ta’kidlab o'tadi. Bola jamoada o'qir ekan 
moslashuvchan, o'z fikriga ega shaxs bo'lib kamolga yetadi. Allomaning fikriga ko'ra, bolalar 
jamoasini o'qitishni jismoniy mashqlar bilan uyg'unlikda, birgalikda olib borish zarurdir. Chunki 
bular bolaning barkamol - ham jismonan, ham aqlan yetuk bo'lishi uchun zarur bo'lgan omillardir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin