Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Madaniy konsepsiya tarafdorlaridan biri Yoxann Xayzing quyidagi fikrlami luldiradi: O'yin - 
hech qanday madaniyat bilan bog'liq bo'lmagan dastlabki hayotiy kaiegoriyadir. Bunda hech qanday 
tashqi tomondan majburlash mavjud bo'lmasdan, и'yin msoniyatda asta-sekin et.ik va estetik 
tuyg'ulaming rivojlanishiga imkon bergan. Y.Xayzingning fikriga ko'ra, o'yin - hayotimizni 
bezaydi, uni to'ldiradi, u insonning yoshidan va ijtiraoiy mavqeidan qat’iy nazar har bir kishi uchun 
hayotiy madaniy ehtiyoj hisoblanadi. 
Tarixiy ildizlariga nazar solinsa, afsonalarda ham, marosimlarda ham, bayramlarda ham o‘yin 
elementlarini topish mumkin. Afsona va marosimlarda о yin vositasida madaniy hayotning 
harakatlantiruvchi kuchlari yuzaga keladi, jumladan, huquq va tartib, muloqot va xususiy mulkka 
egalik, hunarmandchilik va san’at, she riyat, hatto fan ham insoniyatning o‘yin faoliyati mahsuli 
asosida shakllangan. О yin jiddiylikning chegarasida turadi, ya’ni o‘zi ma’lum bir vaqtda 
jiddiylikka aylanadi, ma’lum bir vaqtda esa jiddiylikni o'yinga aylantirish mumkin.
 
7.2. Trening jarayonida o‘yin usulining ahamiyati
Trening mashg‘ulotlari jarayonida eng ko‘p qo'llaniladigan usullardan biri o 'y in usulidir. O 
‘yin usuli — zarur malaka va k o ‘nikmalami hosil qilish hamda ulami mustahkamlash uchun 
nazariy, amaliy bilimlami ongli ravishda, ko'p martalab takrorlashdan iborat bo‘lgan usuldir. Bu 
usulning vazifasi olingan bilimlardan ko'nikma va malakalarga o‘tishdir. 
О ‘yinning mazmuni. O ‘yinlar bizning hayotimizda ju d a muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kundalik hayotda "O'yin" atamasi ko'pchilik tillarda hazil, kulgu, yengillik, huzur-halovat kabi 
tushunchalarga mos keladi va ijobiy hissiyotlar bilan bog'liq munosabatlami anglatadi. 
Trening jarayonida o'tkazilgan har qanday o'yin o'zida ikki xil mazmunni aks ettiradi: 
birinchisi, ishtirokchilar uchun ma’lum bo'lgan - dam olish, ko'ngil ochish, hordiq chiqarish, 
kayfiyatni ko'tarish bo'lsa, ikkinchi ma’nosi, treningni olib boruvchi (trener) uchungina ma’lum 
bo'lib, bunda guruh bilan ishlash jarayonida trener o'z oldiga qo'ygan muayyan vazifalarni amalga 


44
oshirishi ko'zda tutiladi. Shu tariqa trening mashg'ulotida o'yin - faqat ko'ngilxushlik emas, balki 
guruh yoki biror bir ishtirokchining xulq-atvorini boshqarish, o'zgartirish, shuningdek trener uchun 
zarur yo'nalishda harakatlanish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. 
O'yinning belgilari
O'yinning quyidagi belgilari mavjud: 
-Chegaralanganlik - har qanday o'yin ma’lum bir davrda va vaqtda o'ynaladi. 88 
Demak, trening jarayonida qo'llaniladigan o'yinlarda ham chegaralganlik holati mavjud bo'lib, 
har qanday o'yining boshlanish va tugash vaqti bo'ladi. 
-Estetiklik - o'yinga xos belgilardan yana biri shuki, u go'zallik uchun xizmat qiladi, demakki, 
madaniyat uchun xizmat qiladi. Buni shunday tushunish mumkinki, o'yin o'ynash jarayonida 
ishtirokchilarda ham jismoniy, ham aqliy, ham ma’naviy qadriyatlar rivojlantiriladi. 
-Ixtiyoriylik - o'y inni o'ynash qonun ham, burch ham emas. Unda majburiylik elementlari 
yo'q, demak o'yinda ixtiyoriylik mavjud. Hech kimni majburlab o'ynatib bo'lmaydi. O'yinda erkinlik 
mavjud bo'lib, mana shu narsa ishtirokchilami o'zigajalb etadi. 
- G'ayritabiiylik - trening jarayonidagi har bir o'yin o'zicha g'ayritabiiydir. Ya’ni o'yin orqali 
ishtirokchilar ma’lum bir muddat qandaydir hayvon, o'simlik yoki kundalik hayotda o'zlari 
ishlatadigan narsalarga aylanib qolishlari va ular nomidan gapirib, ulaming holatini his qilishlari 
mumkin bo'ladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin