Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


VIII. R O L L I O ‘Y IN L A R



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
VIII. R O L L I O ‘Y IN L A R 
8.1. Rolli o‘yinlar va ularning o‘ziga xosligi 
Biz o‘z hayotimizda o‘zimizga bog'liq bo'imagan holda turli ijtimoiy rollarga! duch kelamiz 
va o‘zimiz ham turli xil ijtimoiy rollami bajarishga majbur bo'lamiz, Masalan, er, xotin, ota, o ‘g ‘il, 
ona, qiz, y o ‘lovchi, xizmatchi, talaba, do‘st, boshliq v a ’ h.k. Bular bizning faqat inson 
ekanligimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki biz bajaradigan muayyan ijtimoiy rollar 
hamdir. Ulardan har biri о ziga xos ijtimoiy jihatlarga, xuquq va burchlarga, xulq-atvor qoidalariga 
va normalariga ega. 
Trening jarayonida qoTlaniladigan rolli o‘yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar 
modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o'yinlar lnsoblanadi. Ularning trening jarayonidagi 
maqsadi - shaxslararo munosabatlar harakterini anglatish va bu munosabatlami yaxshilash 
ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. 
Trening jarayonida rolli o‘yinlar ko‘pincha turli ijtimoiy rollami bajaruvchi kishilar orasidagi 
munosabatlami muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi. 
Rolli o'yinlarda eng asosiysi - muloqot yoki munosabatdir. Bu jarayonda biz o‘z 
pozitsiyamizni o'zgalamikiga moslashtirish jarayonida munosabatlaming yangi usullarini ishlab 


50
chiqishimiz mumkin: bunda odatlanilgan xulq-atvoming yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq 
anglanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq-atvor 
ko‘rinishlari shakllantiriladi. 
Rolli о yinlami o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar o'zlari yoki boshqalar ijro cigan rollar 
asosida xulosa chiqarish, tajriba to‘plash, uni anglash va kundalik hayotga ladbiq etishi juda muhim 
natijadir. Bundan tashqari rolli O‘yinlaming ishtirokchilar crishadigan natijalariga ko‘ra quyidagi 
o'ziga xosligi mavjud:
1. Ishtirokchilarga o'zining yashirin his va hissiyotlarini bildirish, namoyon qilishga yordam 
beradi. 
2. Ishtirokchilarga o'zining shaxsiy muammolarini muhokama qilish imkonini beradi. 
3. Ishtirokchilarga atrofdagilaming his-tuyg‘ularini chuqur his qilish va ularning 
motivasiyalarmi tushunish imkonini beradi.
4. Xulq-atvoming turli xil shakllarini mashq qilib ko‘rish imkonini beradi. 
5. Ishtirokchilaming ustanovkalarini o‘zgartirishga sabab boTishi mumkin.
6. O‘zining his-tuyg‘ularini nazorat qilishga o ‘rgatadi.
7. Rolli o‘yinlar: ishtirokchilaming ustanovkalari va his-tuyg‘ulari bilan ishlashning eng 
pozitiv va xavfsiz usuldir. 
Rolli о yinlar ishtirokchilaming ustanovka va his-tuyg‘iilarini namoyon qilisbida pozitiv va 
xavfsiz holat yaratadi. Pozitivligi - muhokama va tahlil qilishning qonuniy predmeti sifatida tan 
olinganligi bo‘lsa, xavfsizligi - ishtirokchining shaxsiy xulq-atvori emas, balki o‘yin jarayoni 
namoyon etgan xulq-atvori tahlil qilinadi. Trcner tomonidan o‘yin jarayonida ishtirokchilaming 
hech qachon salbiy jihatlariga urg'u berilmasligining ta’kidlanishi hambunga imkoni beradi. 
Rolli o'yinlarda an’anaviy metodlardan farqli ravishda tashqi muhit bilan bevosita bogTiq 
bo'lgan muammolar va vaziyatlar o'ynaladi. Rolli o‘yinlarda ishtirok etgan ishtirokchi trening 
tugaganidan so‘ng atrofdagilar bilan munosabatga kirishda imga kerak bo ladigan xulq-atvor 
usularini rolli o‘yin orqali ko‘nikma, malaka va tajribalarga ega bo'lish orqali o'zlashtiradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin