Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trenerning o‘zini tutishi (xulq-atvori)



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

Trenerning o‘zini tutishi (xulq-atvori) 
Наг qanday trening mashg'ulotida trener ishtirokchilar uchun ta sir ko'rsatuvchi shaxs 
hisoblanadi, garchi u ular bilan o‘zini teng tutsa ham. Chunki odatda trenerlar psixologik bilimlarga 
ega bo‘lgan kishilar bo'lganligi bois, bu taxlit kishilarga nisbatan ishtirokchilaming hurmati baland 
bo‘ladi. Shuning uchun ko'pgina treninglarda treneming hatti-xarakatlari va qiliqlarini takrorlash, 
aynan о zlashtirib olish kuzatiladi. Demak, treneming nafaqat so'zlari, maslahatlari, balki uning 
butun harakatlari guruh ishtirokchilariga ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun trener о z hatti- 
xarakatlariga ham e’htiyotkor boTishi kerakki, uning hatto o'ziga yoqmagan va jamiyat uchun 
noxolis bo'lgan xatti-harakatlari ham ishtirokchilar tomonidan o'zlashtirilmasligi yoki aksincha 
ulaming g'ashiga tegmasligi uchun.
9.6.Trenerning kompitentligi 
Trener ish jarayonida qanchalik kompitent (etarli ma’lumotga ega bo lgan, puxta bilimli) 
boisa, uning ishi shunchalik samarali bo‘ladi. 
Adabiyotlarda treneming kompetentligi haqida turli xil fikrlar bildirilgan boiib, ulami 
umumlashtirgan holda trener kompetentligining 3 ta darajasini ko'rsatib o'tamiz:
1. Trenerning kasbiy kompetentligi — mashg'ulot mavzusi yuzasidan yetarlicha chuqur bilim, 
ko'nikma va malakalarga ega boTishi;
2. Treneming metodik (uslubiy) kompetentligi - mashg'ulot jarayonida qoMlanadigan usul va 
vositalami tanlay bilishi; tanlangan mashq va o‘yinlaming mashg'ulot mavzusiga mosligi; trening 
ishtirokchilarini jipslashtira olishi; ishtirokchilaming kutuvlarini aniqlab, ulardan foydalana olishi;
3. Treneming ijtimoiy kompetentligi - treneming etik va estetik jihatdan o'mak bo1 la olishi va 


59
turli vaziyatlarda ham etiketga rioya qila bilishi; shaxsiy tajribaga ega boTishi; shaxslararo 
munosabatlarga kirisha olishi kabilar. 
L.Krol va Ye.Mixaylovalar esa treneming kasbiy kompetentligini quyidagilarga ajratib 
ko'rsatishadi:
Shaxslararo kommunikativ kompetentlik: verbal va noverbal korrmmnikativ malakalarining 
rivojlangan boTishi, ishtirokchilaming faoliyat motivlarini tushuna olishi, ulaming shaxsiy 
ustanovkalarini yuqori darajada anglay olishi kabilar;
Texnik kompetentlik: ishtirokchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan maqsadni transformasiya 
qila olish;
Moslashuvchanlik kompetentligi: o'zgarishlami oldindan ko'ra bilish hamda o'zgaruvchan 
sharoitlarga moslasha olish; 
Konseptual kompetentlik: amaliyotga asos boTuvchi bilimlami egallagan boTishi; 
Integrativ kompetentlik: ma’lum bir asosga ega boTgan qarorlar qabul qilish, yuzaga kelgan 
muammolami yechish hamda ularga mutaxassis sifatida baho bera olish. 
Trening jarayonida trener bir qancha rollami bajarishiga to'g'ri keladi, bular quyidagilardir:
Metodistlik - lug'aviy ma’nosi o‘qitish bo'yicha mutaxassis boTib, mashg'ulot materiallarini 
ishlab chiqish va ulami ishtirokchilarga yetkazib berish;
Instruktorlik - lug'aviy ma’nosi biriktiruvchi shaxs bo'lib, trening davomida yo'riqnomani 
tushuntirish, guruhchalar tashkil qilish, ularga ko'rsatma berish, to'g'ri yo'l ko'rsatish, sharhlash, 
ulami boshqarish; 
Demonstratotorlik - lug'aviy ma’nosi namoyish etuvchi bo'lib, trening davomida mashqlami 
ko'rsatib, namoyish etib berish;
Falisitatorlik - lug'aviy ma’nosi yordam beruvchi bo'lib, treningda ishtirok etuvchilami 
faollashtirish, guruhda iliq atmosferani yaratish, ishtirokchilarga qo'yilgan maqsadga erishishlariga 
yordam berish;
Konsultantlik - lug'aviy ma’nosi maslahat beruvchi bo'lib, guruhda muammo va vaziyatlami 
muhokama qilishni taminlab berish;
Liderlik - lug'aviy ma’nosi yetakchi, raxbar bo'lib, o'quv natijalariga ko'ra trening dasturini 
belgilash va olib borish;
Inspektorlik - lug'aviy ma’nosi kuzatuvchi bo'lib, trening ishtirokchilarini kuzatish, natijalarini 
qayd etib borish, trening natijalarini baholash; Marketologlik - lug‘aviy ma’nosi bozomi o'rganish 
bo‘yicha mutaxassis bo lib, trening xizmatlarini rivojlantirish; Analitik lug'aviy ma’nosi 
tadqiqotlarida tahlil qlishi usulidan foydalanuvchi mutaxassis bo‘Hb, trening jarayonini tahlil qilish. 
Ekspertlik - malumotlar berish, faktlami tasdiqlash, qarorlami yo'naltirish, qat’iy va aniq fikr 
bildirish. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin