Psixologiya” fakulteti Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi



Yüklə 163,39 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü163,39 Kb.
#168041
  1   2   3   4
manaviyatshunoslik mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Psixologiya” fakulteti
Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
Ma’naviyatshunoslik fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Oila ma’naviyati.

Bajardi: 558-22-guruh talabasi: Fayziraxmonov Oybek




Reja:

  1. Oilada ma’naviy tarbiya asoslari.

  2. Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni.

  3. Oilada ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari

O’zbekiston o’ziga xos turli milliy urf – odatlar, an’analarga boy ulkan mamlakat. Qadriyatlar qadri – mustaqillik sharofati va istiqlol shukuhi ila ko’p orzu – niyatlarimiz ro’yobga chiqmoqda. Yetmish yil ichida yo’l qo’ygan xato – kamchiliklar tuzatilib, hamma sohalarda haqiqat tiklanmoqda. Jumladan qadimiy boy va betakror xalq an’analari, urf – odatlari, rasm – rusumlari, marosimlar, udumlar, ya’ni milliy qadriyatlarimizga jon ato etildi, turmushga keng joriy etila boshlandi.Qadriyatlarimizning oliysi payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhu vassalomning so’zlari, qilgan ishlari va ul ulug’ zot tomonidan ma’qullangan boshqa ishlar islomda keng targ’ib qilinmoqda. Islom olamining nuroniy siymolari: Axmad Yassaviy, Imom Al – Buxoriy, Xakim, At Termiziy jaxon ilm fani va milliy o’zbek davlatchiliginiing buyuk darg’alari: Imom Al – Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalar milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan xissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar.


Ma’naviy qadriyatlarining yana bir qudratli manbai an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir.
Kattalarni hurmat qilish o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning qoidalari bo’lib kelgan.
Oila qadriyatlari va qon – qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi o’z umrini yashab kelayotgan urug’ munosabatlarini abadiylashtirishni emas, balki har bir oilaning iqtisodiy – ma’naviy va kasb jixatidan erkin bo’lish imkoniyatini aniqlatishi lozim.
Shunday ekan bugungi kunga kelib tanish – bilishchilik juda avjiga olib ketdi. Biz yosh bilimli, saviyali mutaxassislarimizning o’z o’rniga qo’ya bilishimiz lozim.
Milliy an’analarimizga tiklanishi ularni hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlarga moslashishni ham anglatadi. Biz xozirgi sivilizatsiyasi o’ziga ifoda etadigan ijobiy qadriyatlar jumlasiga huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarni kiritamiz. Bu inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi va xokazolardir.
Shunday ekan bizning bugungi kunda oldimizga qo’ygan eng oliy maqsad ham xuquqiy demokratik jamiyat qurishdir. Shunga ko’ra biz o’zimizning milliy qadriyat va urf – odatlari, an’analarimizning tiklashimiz va uni asrab avaylash kelajak avlodga yetkazishimiz lozimdir. Shu bilan birga hammamiz yana bir haqiqatni anglab olmoqdamiz.
Inson moddiy jixatdan qanchalik boy bo’lmasin ammo ma’naviy jixatdan qashshoq bo’lsa u ilm ma’rifatga erisha olmaydi va shu bilan birga komil shaxs bo’la olmaydi. Milliy qadriyatlarimiz urf – odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkaziladigan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharof bilan o’ta oladi. Shunday ekan xalqimizning madaniy merosi, yuksak mahnaviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish ayniqsa yosh avlodni ma’naviy yetuk fidoiy kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u bilan qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mexnat qilish kerak. Oila bolaning ma’naviy – axloqiy fazilatlarigagina emas, balki uning o’z – o’zini anglashiga, milliy ongiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Shu jumladan oilaning bolaga tarbiyaviy ta’siri doirasini ham kengaytirishga olib yetadi. Bunda oiladagi turmush sharoiti, undagi tartib – intizom, urf – odat va an’analar bolaga yo ijobiy yoki salbi ta’sir etish mumkin.
Ayrim onalar uchun ko’tarinki rux doimiy barqaror bo’ladi. Bunday oilalarda kelishmovchilikka, nifoqqa o’rin qoldirmaydi. Oilaning har bir a’zosi o’zaro mehribon, g’axo’r ittifoqli bo’ladi. Mehnat har birining ijtimoiy majburiyati, oila a’zolari hayotida ro’y berayotgan har qanday voqyea hamma tomondan shodiyona va tantanali hisoblanadi.

Yüklə 163,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin