Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi reja


Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/7
tarix30.11.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#71384
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu.PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI

Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko‘plab tushunarsiz voqealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog‘lab tushuntirishga o‘ringanlar.
Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo‘ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo‘lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi - bu o‘z-o‘zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.
Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida. XX asrda shakllangan bo‘lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lgan psixik hodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaktsiyasi kabilarni o‘rganish hisoblangan. Kishining hattii-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan.
Psixologiya psixik faktlarni, psixik hodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko‘plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan
4

Psixik hodisalar va ularning shakllari


Psixologiya fanining taraqqiyoti jarayonida uning o‘rganish ob’ekti ham aniqlashib bordi. Hozirgi zamon psixologiya fani «jon», «ruh»ni emas, balki insoning ichki dunyosini, ya’ni uning psixik xususiyatlarining yuzaga chiqishini o‘rganadi. Inson psixikasining barcha shakllari umumiy qilib psixik hodisalar deb ataladi. Odatda psixik hodisalarning uchta katta guruhi farqlanadi: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar (sifatlar) va psixik holatlar.
Psixik jarayonlar-ob’ektiv voqelikning sub‘ektiv aks ettirilishi shakllaridir. Psixik jarayonlar yordamida tashqi olam o‘rganiladi, turli bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantiriladi. Psixik jarayonlarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, tasavvur, emotsiyalar, iroda. Ular quyidagi uch guruhga birlashtiriladi: bilish jarayonlari, emotsional (hissiy) va irodaviy

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin