FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd bo‘lib, bu yo‘nalish ko‘pchilik pisxologik oqimlar orasida eng ta’sirga ega bo‘lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning hulq-atvori, hatti-harakatlari ikkita printsipga «rohatlanish prinsipi» (hayvonlar instinktiga o‘xshash jinsiy moyillik ko‘zda tutilgan) va «reallik prinsipi» (jamiyat talabiga mos kelmaydigan, uyat va man qilingan o‘zining jinsiy hirslariga erk bermasligi) ga bo‘ysunadi. Rohatlanish va reallik prinsiplarining to‘qnashishi natijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik (ong osti) sohasiga siqib chiqariladi. Ammo ular butunlay yo‘qotilmaydi, balki ongsizlik sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta’sir qilib ba’zan boshqarib turadilar.
. Hozirgi zamon psixologiya fani va uning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zining predmetiga, maxsus vazifalariga va maxsus tekshirish metodlariga ega. Bugungi kunda psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari va nashriyotlar mavjud. Shuningdek, psixologlarning ilmiy assotsiatsiyalari va psixologlar jamiyati ish ko‘rmoqda. Psixologiya muammolari bo‘yicha Respublikamizda xalqaro konferensiyalar, kongresslar o‘tkazmoqda. Psixologiya fanini, uning ilmiy va amaliy ahamiyatini hozirgi kunda hamma tan olmoqda. Ma’lumki psixologiya fani XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yo‘q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o‘z navbatida falsafa fanini, falsafiy amliyot va nazariyani boyitadi.