PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI ,SOHALARI VA TADQIQOT METODLARI MUALLIF : TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MUALLIF : TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI TA’LIM YO’NALISHI 1-KURS 101-GURUH TALABASI BOYSUNOVA GULSANAM
KALIT SO’ZLAR : Umumiy psixologiya, Psixologiya, , «psyche», ANNOTATSIYA Psixologiyaning ob’ekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi . Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo‘lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir.Psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanadi. Uning paydo bo‘lishi kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy hayot ehti-yojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak-atrofdagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z hatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan.
Har qanday odam o‘z tajribalariga asoslanib, o‘ziga atrof voqelikni u yoki bu tarzda idrok qilishiga qarab, atrof olamni idrok qilishiga, narsa va hodisalarni farqlashiga karab, anglab yetishiga qarab farqlanadi, o‘ziga hisob beradi. Biz qushlar ovozini va muzika kuylarini eshitamiz va farqlaymiz, turli narsalarni ko‘ramiz, turli hidlarni, turli taomlar mazasini sezamiz va bu haqda tasavvurga ega bo‘lamiz. Odam o‘zini o‘rab turgan olamni bilibgina qolmay, shu olamdagi narsa va hodisalarga o‘z munosabatini ham bildiradi. Odam o‘z atrofidagi olamni idrok qilibgina qolmay unga o‘ziga xos munosabatda ham bo‘ladi, ya’ni o‘zining faolligini namoyon qiladi, tegishli xulosa chiqaradi, maqsadga intiladi, tashabbus va shijoat ko‘rsatadi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda o‘z iroda kuchini namoyish etadi.
Va nihoyat, har bir odam bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi, masalan bir odam musiqa bilan qizikadi, boshqa birov sport bilan qiziqadi, bir odam matematikaga qobiliyatli bo‘lsa, boshqa birov badiiy ijod bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘radi, birov qiziqqon, serjaxl, o‘zini tutolmaydigan bo‘lsa, boshqa birovi bosiq, andishali, birov mehnatkash va kamtarin bo‘lsa boshqa birovi yalqov, dimog‘dor bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi inson psixikasidagi tafovutlardir.
Psixologiyaning fan sifatida shaqllanishi qadimgi olim-mutafakkirlar-Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Geraqlit, Demokrit, Gippokrat, Galen va vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy nomlari bilan, va nihoyat rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liqdir.
Hayot psixologiya zimmasiga murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yuklaydi. Psixologiyaning asosiy nazariy vazifasi psixik faoliyatning mohiyatini, uning sodir bo‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iboratdir. Insonning barcha hayoti va faoliyati jarayonida uning psixikasini o‘rganish va boshqarish psixologiyaning amaliy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni hal qilish, asosiy ma’lumotlarni to‘plash va umumiy nazariyani boyitish davrida psixologiyada birqancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtlardan boshlab, hatto hozir ham ayrim mamlakatlarda psixologiya falsafaning tarkibida deb hisoblab kelingan.
Psixologiya inson va uning kamoloti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bir necha fanlar bilan - fiziologiya, pedagogika, etnografiya singari fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z hatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Ibtidoiy odamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo‘ladi. Bunday tasavvurlar hayot hodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o‘lim, hushidan ketish va shu kabilarni noilmiy, primitiv tarzda talqin qilish oqibatida tarkib topgandir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari, rejalashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati haqidagi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi hulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning ob’ekti bo‘lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o‘rganadi. Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda,
Kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shaqllarini o‘rganadilar.
O‘tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rgangan bo‘lsalar ham, albatta, o‘z asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar o‘git-nasihat va hikoyatlarida; 3) qomusiy, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullarida, ya’ni ilmiy-badiiy asarlarda.