O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.
2 – Mashg’ulot. Mavzu: O’qituvchi va talaba xamkorligi ta’lim samaradorligining muhim omili. Reja.
Ta’lim jaryonining xamkolik faoliyatiga aylantirish samaradorlikning muxim omili.
Talimdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish.
Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari.
Mashg’ulot savollariga javob berish dasturi 1 – savolda ta’lim jarayonining hamkorlikdagi faoliyatga aylantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini, hamkorlikdagi faoliyat o’quvchi bilan talabaning birgalikdagi katta xarakatlari sistemasidan iboratligi,A.V.Petrovskiy, A.A.Bodalev,V.YA.Lyaudis tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar,hamkorlikning 7 ta shakli ochib beriladi.
2- savolda. Ta’limdagi qiyinchiliklarning sababi, aqliy zo’riqish, o’quv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi talabaning o’quv materiallarining asosiy manbalar bilan ishlashga o’rgatish mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilish, ta’limning barcha bosqichlarida uni maqsadga muvofiq muntazam, rejali, izchil, tashkil etish zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
3- savolda. Pedagogik muloqot jarayonining 3- shakli – monolog, dialog, polilogning moxiyati, ularning axamiyati, shartlari ko’rsatib beriladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. O’zbekiston respublikasi Qonuni “Ta’lim to’g’risida” Toshkent 1997 yil
2. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi 1997 yil
3. E. G’oziev O’quvchilar faoliyatini boshqarish. 70- 84 –betlar.
4. F.I. Haydarov. N.I. Xalilova Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi. Toshkent 2006 yil 33- 70 betlar.
5. V. Karimova. F. Akramova “Psixologiya” Toshkent 2000 yil.