Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyadan texnologik xarita



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə10/48
tarix07.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#78695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu

Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.

Maqsad va vazifa

Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.



7 mavzu
Psixologiyadan seminar mashg’ulotlari tashkil etish metodikasi
Reja:
1. Psixologiyadan seminar mashg’ulotlarini tashkil etishning ahamiyati.
2. O’quv maqsadlarining o’quvchi faoliyatiga muvofiqligi.
3. Seminar mashg’ulotlari o’tkazishga qo’yiladigan talablar.
Tayanch tushunchalar: Seminar mashg’ulotlari,mashg’ulotning tuzilishi, talablar, mashg’ulot turlari,tuzilishi.

Seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi talabalarning mantiqiy fikrlash, psixologik faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish, mazkur soha bo’yicha olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida rivojlantiruvchi vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun seminar mashg’ulotlari o’tkazishning ilg’or metodikalarini ishlab chiqish, mashg’ulotlarga alohida tayyorgarlik ko’rish, va har bir talabaning ruhiyatiga kirib borish muhimdir, chunki har bir talabaning aqliy taraqqiyoti, individual xususiyati, qobiliyat va imkoniyatlari, qiziqish va ehtiyojlari turlicha bo’ladi, ayni bir natijaga ular turli yo’llar (usullar) bilan va turli vaqt ichida erishadilar. Seminar mashg’ulotlari jarayonida barcha talabalar faolligini oshirish uchun mashg’ulotlarni bir necha usulda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu xolatda talaba ma’lumotlarni tinglovchisi rolidan asta – sekin, bosqichma – bosqich uni xamkorlikda egallash funktsiyasini bajaruvchi teng xuquqli sherik darajasiga o’tadi, avval taqlid, keyin identifikatsiya va oxirida reflektsion yo’llar, o’z – o’zini boshqparish bilan yangi bilimlarni o’zlashtirish faoliyati doirasi kengayadi.


Bu mashg’ulotlar jarayonida talabalar turli mavzularda o’qilgan ma’ruzalarni tinglab, avval o’zlashtirib olgan nazariy bilim va tushunchalarini chuqurlashtirib, o’rganilayotgan fanning ilmiy – nazariy asoslariga iegishli bilim doiralari6ni kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, o’zlarining g’oyaviy nazariy tayyorgarliklari ustida ishlab, psixologiyadar olgan bilimlarini chuqurlashtirib boradilar hamda adabiyot manbalaridagi materiallarini mustaqil tahlil qilishni o’rganadilar, fikr – mulohazalari erkin va ilmiy asosda bayon qilish mahoratiga ega bo’ladilar.
Seminar mashg’ulotlari talabalarda dastlabki ko’nikma va ilmiy izlanish malakalarining o’sib borishiga ham yordam beradi.
Seminar mashg’ulotlari odatda to’la o’quv guruhi bilan o’tkaziladi.
Seminar mashg’ulotlarining rejasini tuzishda talabalarga ma’ruza kursining qismlariga oid metodologik va nazariy tomonlarni mumkin qadar to’laroq ochish, ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olishga o’rgatishni asosiy maqsad qilib qo’yish lozim.
Har bir seminar mashg’ulotining mazmuniga bevosita taalluqli bo’lgan adabiyotlar ko’rsatiladi. Seminar mashg’ulotlarining rejasi va foydalaniladigan adabiyotlar kamida bir xafta, o’n kun oldindan tavsiya qilinishi kerak. CHunki talabalarning adabiyotlarni anchagina to’laroq o’rganib, seminarlarda so’zga chiqishlari uchun tayyorgarlik ko’rishlariga imkon yaratilishi zarur.
Seminar mashg’ulotlarga tayyorlanishda talaba uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni sifatli konspektlashtira olish, undagi zarur va muhim, asosiy materiallarni tanlay bilish, tanlangan materiallarni mantiqan bir – biriga bog’lay olish, seminar rejasining har bir savoliga o’zi tayyorlagan javobni ma’noli va izchil bayon qilish malakalarini namoyon qilishi zarur. Bu hil malakalar talaba faoliyatining asosiy me’zonlari bo’lib xizmat qiladi.
Seminar mashg’ulotining tuzilishi.

              1. Mashg’ulot mavzusi.

              2. Mavzu asosnomasi.

              3. Mavzuning kurs dasturidagi o’rnini belgilash.

              4. Mashg’ulot maqsadi, vazifalari: talimiy, tarbiyaviy, uslubiy.

              5. Adabiyotlar. Matinlar murakkabligi va hajmi hisobga olinib tuzilgan adabiyotlar ro’yxati.

              6. Seminarning tashkil etilish shakli. Auditoriyaning tayyorgarlik darajasi hisobga olinib tanlangan adabiyotlar seminar shakli:

a. Savol javob shaklidagi seminar.
b. Reja bo’yicha suhbat o’tgazish shaklidagi seminar.
v. O’zaro taqrizlangagn ma’ruzalarni o’qish shaklidagi seminar.
g. YOzma referatlarni baxs – munozara elementlaridan foydalanib muhokama qilish shaklidagi seminar.
d. Guruhning barcha a’zolari ishtirokidagi baxs-munozara shaklidagi seminar.
7. Mavzu bo’yicha talabalarga yo’nalish beruvchi, mashg’ulot vazifalari, obektlari, tavsiya etiluvchi adabiyotlar, muhokama qatnashchilari o’rtasidagi rollar taqsimoti, ma’ruzalarga, referatlarga mavzuni muhokama qilinish shakliga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olgan dastur.
8. Mashg’ulot rejasi va tartibi.
9. Mashg’ulot mazmunining dasturi: mavzuning asosiy bo’limlari, har bir bo’limning asosiy vazifalari, ko’rib chiqilayotgan muammoning hal etishdagi asosiy qiyinchiliklar.
10. Dastur bo’limlarining qisqacha mazmuni. Ko’rib chiqilayotgan nuqtai nazarlarning asosliligini, ular o’rtasidagi qarama-qarshiligni aniqlashga hizmat qiluvchi didaktik usullarini belgilash. Gurux bo’lib muhokoma etishni talab qiluvchi masalalar vasavollarni belgilash. Mashg’ulotning turli bosqichlarida qo’llanadigan gurux a’zolari orasidagi kommunikatsiya usullarini qayd etish.
11. Seminarda muhokama qilingan mavzu bo’yicha xulosa.
12. Seminar o’tkazilgandan so’ng mashg’ulotning borish tartibini tahlil qilish.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin