Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Seminar mashg’ulotining uslubiy ishlanmasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə11/48
tarix07.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#78695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Seminar mashg’ulotining uslubiy ishlanmasi.
I. Mashg’ulot mavzusi:
mavzu tanlashni asoslash,
• fan dasturida mavzuning o’rnini asoslash,
• mashg’ulotning maqsadi, vazifasi,
bilishga oid (kognitiv), tarbiyaviy uslubiy xususiyatlari,
psixologik adabiyot, matn murakkabligi, hajmini hisobga olish va ana shu negizga suyangan tarzda birlamchi (goho ikkilamchi) manbalarni saralash.
II. Seminar mashg’ulotlarini o’tkazish shakli:
• auditoriyaning tayyorgarligi darajasi va xususiyatiga bog’liq ravishda seminar mashg’ulotini o’tkazish shakllarini tanlash
a) savol-javob, b) reja asosida keng ko’lamda suhbat o’tkazish, v) o’zaro taqriz qilingan ma’ruza sifatida fikr almashish, g) bahs unsuri, tarkibi mavjud yozma referatlar muhokamasi, d) guruhiy bahs (diskussiya, munozara): erkin tarzda yoki maqsadga yo’naltirilgan shaklda, 2) o’quv rolli o’yin, ishbilarmonlik o’yinlari, qiyinlashtirilgan pedagogik vaziyatlar, sotsiotrening tarzda,
• psixologik manbalarga, mashg’ulot xususiyatiga, aqliy yoki amaliy operatsiyaga, ob’ektga, sub’ektga, muammolarga, masalalarga (topshiriqlarga), mavzuga oldindan (ilgarilab ketuvchi in’ikos) talablarni yo’naltirish dasturi,
• muhokama qatnashchisi talabalarga rollarni taqsimlash, ma’ruzaga, referatga, mavzu tahlili va talqiniga, xususiyatiga, shakliga, qo’yiladigan talablar.
III. Seminar mashg’ulotini o’tkazish rejasi va konspekti (stsenariysi).
• mashg’ulot mazmunining dasturi, mavzuning asosiy tarkibiy qismlari, har bir qismining asosiy vazifasi, tahlil (talqin) qilinayotgan muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladigan asosiy ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, nizolar, munozaralarni qayd qilish (fiksatsiyalash),
• dasturning asosiy qismlari mazmunining konspekti; qarama-qarshiliklarni ochishni ta’minlovchi ta’limiy usularni ajratish, munozara davomida nuqtai nazarlarning isbotlanganligi va asoslanganligi, muhokamaning guruhiy shakllarini ta’minlovchi vazifa va nazariyalarni (kontseptsiyalarni) ajratish; mashg’ulotning har bir bosqichlarida guruhiy axborot uzatish (kommunikatsiya) vositalari va usullarini saralash;
• psixologiyaning seminar mashg’ulotlarida mavzuni turlicha shaklda muhokama qilish yo’llari,
• seminar mashg’uloti o’tkazilgandandan keyin uni tahlil qilish, yakunlash, va baholash (ekspert bahosi, ball, ochko, reyting tizimi bo’yicha) va rag’batlantirish (ma’naviy mukofot, maqtash, va’da berish va hokazo).
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar;
1.Seminar mashg’ulotlarining ahamiyatini ko’rsating.
2.Seminar mashg’ulotlari tuzilishini bayon etib bering.
3.Psixologiyadan seminarlar qanday shakllarda tashkil etiladi?
4.Seminar mashg’ulotlari shaklini tanlashda nimalar hisobga olinishi zarur?
5.”sezgilar”mavzusi bo’yicha seminar mashg’ulotining uslubiy ishlanmasini tayyorlang.
Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin