81
yo’riq o’rgatadi.
Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maqsad ularning
nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlarini to’la-
to’kis qamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qo’yadi, bu
tizimda universitet va institutlar alohida o’rin egallashi lozim, oliy va o’rta
maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi,
boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini
qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshqaruvni islohat qilish sharoitida o’quv jarayoni mazmuni va uni tashkil
etishga qonunda ta’kidlab o’tilganidek: korxona kadrlar kasbiy mahorati va
madaniy darajasi uzluksiz o’sib borishi haqida doimo g’amxo’rlik qiladi,
xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga olgan holda ular
lavozimini o’zgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni
amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda o’quv yurtlarida xodimlar
malakasini oshirishga imkon yaratadi, o’quv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes
maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona o’quv jarayonini ish bilan
qo’shib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda ko’zda tutilgan
imtiyozlar beradi. Ishchilar o’z xohishlariga ko’ra o’rta maxsus va oliy o’quv
yurtlariga, shuningdek stipendiya to’lash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari
mumkin. Korxona yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga qiziqishlarini
shakllantirishda o’quv yurtlariga yordam ko’rsatadi.
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo
takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa,
eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar ko’rishi
mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo
to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor
munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish
rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish masalalarini chuqur o’rganishlari kerak.
O’z dunyoqarashini kengaytirish bo’yicha mustaqil ishlash ham katta
ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: