150
Tavsiya etilgan geometrik figuralardan qaysi biri Sizga yaqinligini belgilang
va unga «1» raqami qo’ying. Qolganlarni ham yoqishiga qarab, 5 gacha
baholab chiqing.
Endi sizga xos bo’lgan psixologik xususiyatlar va fazilatlarni bilib oling.
Kvadrat. H
ayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an’analar, reputasiya.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari-tartiblilik, intizom, o’z vaqtida
ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga bo’ysunuvchi, mehnatsevar,
chidamli, tirishqoq, qat’iyatli, qarorlari qat’iy, so’zining ustida turadigan,
halol, oqil, aql bilan ish ko’radigan, bosiq, tejamkor, pishiq.
Salbiylari-ko’ngliga har xil fikrlar keladigan, biryoqlama, pedant, o’ta
talabchan, mayda-chuydaga ham e’tibor beradigan, jiddiy, chidamli, qaysar,
konservativ, yangilikdan cho’chiydigan, fantaziyasi kambag’al, pismiqroq,
pishiq.
Uchburchak.
Asosiy qadriyatlari: xokimiyat, liderlik, amal, mavqye,
g’alaba, manfaat.
Asosiy psixologik sifatlari: Ijobiylari — yaxshi lider, o’ziga mas’uliyatlarni
oladigan, har narsada asosiy, mohiyatni ko’ruvchi, kuchini safarbar qila
oladigan, g’alabaga erisha oladigan, o’ziga ishonchli, qat’iyatli, tavakkalchi,
g’ayratli, to’g’riso’z, hissiyotlari boy, aqlli.
Salbiylari-egosentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi ko’radigan, o’zgacha
fikrlarga toqatsiz, ishga o’ta beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan,
qaysar, impulsiv, beshavqat, toqatsiz, qo’pol, rahmsiz, achchig’i tez,
zaharxanda.
Dostları ilə paylaş: