"psixologiya"


-guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
3-guruh uchun tarqatma material 
Xis-tuyg’ular va ularning turlari 
Xis-tuyg’lar - voqyelikni aks ettirishning o’ziga xos shakllaridan biridir.
Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqyelikdagi xodisalar aks etsa, xis-
tuyg’ularda esa subyektning o’ziga xos ehtiyojlari bilan qo’shilib, o’zi bilib 
olayotgan va o’zgartirayotgan narsalarga va voqyelik hodisalariga nisbatan
uning munosabati aks etadi.
Xis-tuyg’ular - kishi shaxsining ancha yorqin ko’rinishlaridan biri bo’lib, u 
bilish jarayonlari va xulq - atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan
birgalikda namoyon bo’ladi. Shaxs o’zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga 
uning barqaror munosabati xis-tuyg’ularning mazmunini tashkil etadi. Shaxsni 
ta’riflash degani ko’p jixatdan muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi,
nimani yomon ko’radi, nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan 
xursand bo’ladi, nimaga xavas qiladi va hokazolar degan mahnoni anglatadi.
Individning 
barqaror 
xis-tuyg’ulari 
predmeti, 
ularning 
jadalligi,
kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, effektlar (xissiy bo’ronlar), kuchli 
xayajonlanish xolatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo’lishi 
kuzatuvchi o’ngida kishining xissiy dunyosini, uning xis-tuyg’ularini va shu 
asnoda uning individualligini namoyon etadi. Ayni shuning uchun ham xissiy 
jarayonlarni taxlil qilish vaqtida o’tkinchi xolatlarni o’rganishdan kishi shaxsini 
belgilaydigan xis-tuyg’ular (tor mahnoda olganda) kishi shaxsining 
yo’naltirilganligida mujassamlashgan barqa-ror ehtiyojlari obhyektiga nisbatan
uning munosabatini aks ettiradi.


221 
Ehtiroslar kishidagi barqaror xis-tuyg’ularning alohida to’rini tashkil etadi.
Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan narsalarga 
nisbatan ichki munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy 
harakat qiluvchi kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan uni 
hayajonlantiradigan narsa qanday Idrok etilishi, tasavvur qilinishi va hayotga 
keltirilishi, uning bir-biri bilan almashib turadigan hissiyotlarni, effektlarni,
kayfiyatlarni qanday boshdan kechirishi xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch
muayyan harakatlarga dahvat etuvchi va qaror topgan xis-tuyg’ularga mos 
kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli to’siq sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, xis-tuyg’u kishining tafakkur va faol faoliyat ko’rsatishi
jarayoniga jalb etilgan bo’ladi. Kishining faktlari va xatti-harakatlari
yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli xis-tuyg’u ehtiros deb
ataladi.
Ehtiros kishini xis-tuyg’ular haqida astoydil fikrlashga, ularning negizini 
tashkil qiladigan ehtiyojlarni jonli va yorqin tasavvur etishga, bu ehtiyojlarni 
qondirish yo’lida uchraydigan haqiqiy yoki uchrashi mumkin bo’lgan tusiq va 
qiyinchiliklar to’g’risida uylashga va har tomonlama mulohaza yuritishga 
majbur qiladi.
Shaxsning butun o’y-fikrini va intilishlarini o’ziga tortib oladigan hamda 
uning xissiy jixatlarini aniq-ravshan belgilaydigan ko’plab barqaror xis-
tuyg’ular (ehtiros tusini oladigan yoki olmaydigan) mavjuddir. Ular orasida,
ayniqsa yoshlik chog’ida, sevgi-muhabbat tuyg’usi sezilarli o’rin egallaydi. U 
barqaror xis-tuyg’u namunasi sifatida baxolanishi mumkin. Muhabbat - insonga 
xos eng muhim barqaror xis-tuyg’ulardan biridir. «Muhabbat» tushunchasi 
psixologiyada ikki ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi muhabbat hissiy-ijobiy
munosabatning obyektini boshqalarga qaraganda ajratib ko’rsatadigan hamda 
uni subyektni barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo’yadigan 
yuksak darajasi demakdir. Vatanga muhabbat, onaga, bolalarga, musiqaga va
hokazolarga muhabbat ana shunday xis-tuyg’udir.
Tor ma’nodagi muhabbat subyektning shaxvoniy ehtiyojlari bilan 
fiziologik jixatdan bog’liq bo’lgan hamda boshqa birovning hayoti va 
faoliyatida ham o’zidagi singari jadallikka, keskinlikka va barqarorlikka da’vat 
etadigan javob xis-tuyg’usiga ehtiyoj o’yg’otuvchi shaxsiy-ahamiyatlilik
hususiyatlarini yanada to’laroq gavdalanishida ifodasini topadigan jadal,
jiddiy va nisbatan barqaror his-tuyg’udir. G’oyat darajada sirli tusga ega 
bo’lgan muhabbat tuyg’usi vaziyatga qarab paydo bo’ladigan o’zgaruvchan
muloyimlik (o’ta noziklik, ado), shodlanish, umidsizlanish va shu kabi boshqa 
hissiyotlar bilan, ko’tarinki yoki mahyusona kayfiyat bilan, bahzan xaddan 
ziyod quvonch yoki g’am-alam bilan birga sodir bo’ladi. Individning pirovard 
natijasida naslning davom etishini tahminlaydigan shahvoniy ehtiyoji va 
individning to’laqonli tarzda personajlashuvini tahminlaydigan, yahni shaxsga 
boshqa ahamiyatliroq birovda (sevgili erkak yoki ayol kishida) davom ettiri-
lish, ko’ngildagidek mujassamlashish uchun eng maqbo’l imkoniyat 
tug’diradigan oliy his-tuyg’u tarzidagi sevgi-muhabbatning birligi amalda
fikran birini ikkinchisidan ajratishga imkon bermaydi.


222 
Psixologiyada xis-tuyg’ular turlarining hamma uchun ma’kul bo’lgan
tasnifi yo’q. Quyidagi turlarni alohida ajratib ko’rsatish udum bo’lgan: 
mahnaviy, intellektual (aqliy) va estetik (nafosat) his-tuyg’ular.
Ma]naviy (ahlokiy) his-tuyg’ular o’z mazmuniga ko’ra, kishining kishiga 
va kengroq mahnoda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.
Intellektual 
his-tuyg’ular 
shaxsning bilan jarayoniga, uning 
muvaffaqiyatliligiga va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks 
ettiradi.
Estetik xis-tuyg’ular subyektning hayotida yuz beradigan turli xildagi 
narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki 
bemahni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk 
narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Kishining ma’naviy, intellektual va estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala 
jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sosial voqyelikka 
nisbatan butun xissiy munosabatlari boyligini mujassam-lashganligi uchun ular 
yuksak xis-tuyg’ular deb ham yuritiladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin