Psixologiya va uning tarmoqlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#162040
1   2   3   4   5   6   7   8
209-216 (1)

www.pedagoglar.uz
 
44-son 2–to’plam may 2023
Sahifa: 211 
chiqarishning har bir jabhasi bzo’yicha o’zining maxsus psixologiyasini ajratish 
mumkin (quruvchilik psixologiyasi, metallurgiya psixologiyasi va boshqalar). Lekin 
har doim ham bunday tartibda bo’linish samarali bo’lmaydi. Ba`zida alohida jabha 
sifatida menejment psixologiyasi, tadbirkorlik faoliyati psixologiyasi va boshqalarga 
ajratiladi.Tibbiy psixologiya va patopsixologiya undagi muhim aspektlardan biri 
psixologlaning tibbiyot xodimlari bilan o’zaro munosabatidir. Bunday yo’nalishda 
faoliyat olib borayotgan psixologlar asosiy diqqat-e`tiborini bemorlarni o’rganishga 
qaratadilar.Pedagogik psixologiya bolalar va kattalar ta`limining psixologik 
xususiyatlarini shuningdek uzluksiz va kasbiy ta`limning muammolarini qamrab oladi. 
Pedagogik psixologiyaning muhim variantlaridan biri maktab psixologiyasiga 
ajratiladi.Huquq va yuridik psixologiya uning oldida jiddiy muammolardan 
korruptsiya va o’zboshimchalik g`oyalari singib ketgan noqonuniy davlat sharoitidagi 
muammolarni hal qilishga e`tiborini qaratadilar. Yuridik psixologiya-xuquq tizimi 
bilan bog`liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi. Uning quyidagi tarmoqlari 
mavjud. 
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy 
xususiyatlarini tahlil qiladi;[2] 
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga 
doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug`ullanadi. 
Turizm va bo’sh vaqtni tashkillashtirish.Sport psixologiyasi- sportchilar shaxsi va 
faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, 
musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o’rganadi. 
Ommaviy kommunikatsiya va reklama psixologiyasi.Siyosiy psixologiya-so’nggi 
yillarda psixolog turli munosabatlarda xususan, saylov kompaniyalari va partiyalararo 
kerak bo’ladi. Shuningdek, siyosiy jarayonlar bilan munosabatlarini o’rganadi. Siyosiy 
psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, 
qonuniyatlar, ta`sirchanlik va ta`sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi 
psixologiya sohasi. 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin