2.Kasblarni egallashda tafakkurning roli. Jaxon psixologlarining ko`rsatiuiga qaralganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Tafakkur sifatlari erkaklar va ayollarda kichik tafavutlar bilan bir biridan farq qiladi. Kizlar odatda savodxonlikda, nutqiy ravonlikda, narsalarni did bilan joylashtirishda, his-tuyg‘ularni oshkor etishda, ta’m va ranglarni ajratishda uta sezuvchanligi bilan fikrlash jarayonida ajralib turadilar. Yigitlar fazoviy tafakkurlari jixatdan, intellektual bilimlilar soni jixatdan qizlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu masala psixologiyada xozir ham munozarali masalalardan biri hisoblanadi.Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jixatlarni ajratib mustakil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib xolmaydi, balki xodisa moxiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy konuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubxasiz, inson tafakkuri xali izlanmagan, tula foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zaxirani tula ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jixatdan bog‘liqdir.Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar talqini Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zaxirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Mavzu: Intilekt va kreativlik nazariyalari. Reja
1. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. Ya’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani yechishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani yechishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. Shaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi.Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik.Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi. 1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi.Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.