Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) -



Yüklə 181,47 Kb.
səhifə31/37
tarix24.12.2023
ölçüsü181,47 Kb.
#190811
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) - hissiyotning tez va kuchli qo'zg`aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan ajralib turadi. Xolerik temperamentli insonlarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, (mimikalarida), harakat va so'zlashuvlarida yaqqol ko'rinib turadi.

Mavzu: Shaxsni o’rganish metodlari.
Reja
1. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish.
2. Shaxs tuzilishi.
1.SHaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi. Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi.SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
2.Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G. Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‘nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko‘rsatadi.
SHunday bo‘lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi tafovutlarga qaramay, mualliflar o‘z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism sifatida yo‘nalganlikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Bu tushuncha turlicha, masalan, «o‘sish sur’ati tendensiyasi (S.L. Rubinshteyn), «ma’no kasb etuvchi motiv» (A.N. Leontev), «dominantlik munosabati» (V.N. Myasiщev), «asosiy hayotiy yo‘nalganlik» (B.G. Ananev), «inson mohiyatli kuchlarini dinamik tarzda tashkil etish» (A.S. Prangishvili) sifatida talqin etiladi.
Bizlar nima uchun odam harakatlari faollashganining sababini aniqlashda ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o‘tkazamiz, lekin bu faollikning oqibatlarini bilish uchun uning yo‘nalganligi nima bilan belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. Yo‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, o‘quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‘rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina o‘smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olish, shaxs sifatlarining ba’zilarini bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag‘batlantirish mumkin. Motivlar u yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
SHaxs yo‘nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‘ladi va tarbiya jarayonida shakllanadi. Yo‘nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan va havas, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e’tiqod kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida faoliyat motivlari yotadi.

Yüklə 181,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin