Psixologiya yo’nalishi


II.Bob Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə7/9
tarix07.06.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#126219
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zarpillayeva Farangiz kurs ishi

II.Bob Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari
2.1. Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti, ham sub'ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta'rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo moshiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki hart-haroitlar majmuasidir. Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning moshiyatini aniqroq izoshlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tashlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dashldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va eshtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli shayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy moshiyati shaxsning asosiy tavsifi Hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - eshtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - shayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
I. Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (shajm) darajalarini farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Ta'lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual
xususiyatlari.
IV. Biologik hartlangan ost tuzilish.
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta'sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, eshtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oHishini ta'minlovchi tizim. o’zaro ta'sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy mushitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy shayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma'naviy sifatlar ajratiladi.
4. Mashqlar tizimi. Shayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta'minlaydi.
5. Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tashlili Psixologiya fanida sistemali yondashuvga oid tadqiqotlarning ko’rsatishiga qaraganda, har qaysi tizimning tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, ya'ni struktura - bu ob'ektning bir qator tarkiblari o’rtasidagi uning yaxlitligi, o’ziga o’zining ayniyatlashuvini ta'minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir.
Biz shaxs strukturasi, ya'ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabsha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tashlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur.
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy harti Hisoblanib, insonning ijtimoiy moshiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni mushokama qilish namoyon bo’layotganligi tufayli unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda.
Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o’rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabshasi orqali uzviy bog’likka ega. Bu kontekstda xulq motivasiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta'sir o’tkazishning samarali yo’l-yo’riqlarini qidirishni eslatib o’tishning o’zi kifoya.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondaHish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, xilma-xil shaxs strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), Hissiyot (emosiya) va irodaga ajratilish... inson psixologiyasida strukturaviy yondaHish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning shaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondaHishning boshqa variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e'tirof etilishi - psixik aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan uyg’unligini ta'kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar sistemasining o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Hozirgi davrda psixologiya fanida psixologik hodisalarni psixik jarayonlarga, holatlarga, shaxsning xususiyatlariga ajratish qabul qilinganligi muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvning mavjudligi B.G.Ananev tomonidan strukturaviy konsepsiyaning bir tajribasi sifatida qaraladi. Bu voqelik "hodisalarni bir qator jabshalari bilan to’ldirishga intilish psixofiziologik xususiyat kasb etib, psixik jarayonlar uchun dastlabki materiallarni to’plash imkoniyatini (idrok, tafakkur, emosiya, iroda) beradi". Uning fikricha, dastlabki materiallar, bir tomondan, psixik funksiyalar (sensor, mnemik), xulqning, ikkinchi tomondan, elementar, motivlari (eshtiyoj, ustanovka) Hisoblanadi. Olimning mulohazasicha, bu qo’shimchalar "genetik ma'no kasb etib, fiziologiyadan miya mexanizmlarini umumpsixologik va neyrogumoral regulyatorlarini qamrab olish psixologiyaga o’tishga imkon beradi". Lekin ushbu strukturaviy yondashuvning maxsus psixologik deb qarashdan qat'i nazar, Hozirgi zamon sintetik insonshunosligi uchun umumiy ahamiyatli jishatni yuksaklikka ko’tarishga qodir emas.
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan psixik hodisalarning turli ko’rinishlarini fenomenlarga ajratishning qonuniyligi bo’yicha bashs yuritmasdan turib, jumladan jarayonlarga, holatlarga, xususiyatlarga bo’linishdan ko’z yumib, ushbu kategoriyalar, ularning turlicha talqini shaxs strukturasining tarkibiy qismlariga tenglashtirish mumkin emasligini qayd etish zarur. Chunki ular sof psixologik asnoda vaqt va fazo o’lchami bo’yicha aniqlikka ega emasdirlar. Shuning uchun B.G.Ananev tomonidan kiritilgan ilmiy qo’shimchalar umumpsixologik vaziyatni keskin o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lmasa-da, uning ayrim tomonlarni to’ldirishga ega.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchiliklarning eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida yorqin namoyon bo’ladi, ular "shaxsning tuzilishiga ko’ra, substansional va ideal, irsiy va egallaganlik, ijtimoiy va psixologik, somatik va psixologik tomonlariga ega" (V.M.Banshikov). Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomoni" ni irsiy, turmushda egallaganlik, somatik jabshalar bilan taqqoslaganda mustaqil strukturaviy tarkib sifatida aloshida reallikka ega emas. Bunday talqin biron bir psixologik hodisani turlicha nuqtai nazardan izoshlash bilan bog’liq bo’lib, yakkashol, ya'ni individual voqelik (reallik) ustida gap borayotganligini bildiradi.
Psixologiya fanida qo’llanilib kelinayotgan va nisbatan barqarorlashgan shaxsni yo’nalganlikka, temperamentga, xarakter va qobiliyatlarga bo’lish etarli darajada keskin e'tirozlarga sabab bo’layotgani yo’q. Shuning uchun ko’pgina psixologlar umumiy tizimning majmuasini tashkil qiluvchi murakkab xususiyatlarning tuzilishi sifatida qaraydilar va shaxsning yaxlit tavsifini ifodalaydi, deb tushunadilar. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy (irsiy) xususiyatlarning tizimini bildirib keladi, yo’nalganlik - eshtiyoj, qiziqish, ideallar tizimi, qobiliyatlar - intellektual, irodaviy va emosional xislatlar ansambli, xarakter - xulq-atvor usullarining va munosabatlarining sintezidir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shaxsning murakkab tuzilishga ega bo’lgan ko’p qirrali xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari o’zaro bir-birlarining ichiga singib ketganligi natijasida tabiiy, emosional, eshtiyojlar, munosabatlar, xulq-atvor usullari to’g’risidagi mulohazalar umumlashmalar umumlashmasidir. Chunki qiziqishlar va ideallarni intellektual, emosional, irodaviy xususiyatlarisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganiday, munosabatlar va xulq-atvor usullari ham aloshida shukm surishi g’ayritabiiy holatdir.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi:
1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar;
2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos xususiyatlar;
3) shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan ta'kidlab o’tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bo’lib, ular aloshida xislatlar guruhi ko’rinishiga ega emasdirlar.
Yuqorida tashlil qilingan modellarning shech qaysisi sistemali yondashuv doirasidagi Hozirgi zamon shaxs strukturasi to’g’risidagi modelga mos kelmas edi. Ushbu modellarning tarkib (jabsha) larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular o’zaro tobe elementlarga, ikkinchi hodisalarda esa takroriy xislatlar ko’rinishiga o’xshab ketadi. Shuningdek, shaxs tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga tomon (jabsha) lari bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun ta'kidlangan shech bir model psixologik moshiyatini o’zida aks ettiruvchi, jamiyat a'zosi sifatidagi insonning tipiklik va individuallik qiyofalarini tashlil qilishni ta'minlay olmaydi.
Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining moshiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritilmadi. G.Ollport, G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol shaxsning psixologik moshiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmuhimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi tashkiliy tomonini basholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish holati to’sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini "individuumga aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati" deb talqin qilishni taklif qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig’indisi yuzaga keladi, xolos.
Taniqli AqSh psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs "ichki tizim", "dinamik qurilma", "Men", "qandaydir metapsixologik Men" o’zida oldindan maqsad va dispozisiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jishatdan yaqqol basholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tashlil o’rnini psixologik talqin egallaydi chamamda.
Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi" nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini, uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Shunga qaramasdan, sobiq sovet faylasuflari va psixologlari shaxsning strukturasiga biryoqlama yondaHishga barham berishga intildilar, uning jamiyatda bajaradigan rolini adolatli bashslab, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik, psixologik tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq bajarilishini ko’rsatib o’tdilar. Bu kontekstdagi asosiy yoki bosh muammo rollarni internalizasiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog’liq bo’lgan normalari, rollar o’rtasidagi psixologik farqlar, shaxs tuzilishida mustashkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo’zg’atuvchilar tarzida saqlanuvchilar Hisoblanadi.
Chet el psixologiyasida olimlar diqqatini keyingi yillarda shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda, ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi "omillar" (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikning yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi, psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga suyanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham individuallik qiyofalarini shaqiqiy ijtimoiy-psixologik moshiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsif qilinmay qolingan.
Ta'kidlangan paradoks sistemasi yondashuv pozisiyasi orqali izoshlanishi mumkin, lekin yaxlit tizimning tavsifisiz ayrim komponentlarning mazmundor tasnifini amalga oshirish imkoniyati yo’q. Darshaqiqat shuning uchun "insonning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoki aloshida psixologik tizimdan kelib chiqqan holda majmua" deb atashga suyanib ish yuritish orqali shech qanday "shaxs tuzilishi" ni yaratib bo’lmaydi.
Shaxsning dinamik tuzilishidagi modellari sobiq sovet psixologlari taxmin qilgan qiyinchiliklarning oldini olish mazmunida ifodalangan.
B.D.Pariginning qat'iy asoslanib aytishiga ko’ra, shaxsning dinamik strukturasining yetakchi (farqlanuvchi) alomati yaqqol vaqt oralig’iga bog’liqligi, shaxs faoliyati yoki psixikaning muayyan holatiga aloqadorligidir. Shaxsning dinamik strukturasining ikki asosiy jabshaga taalluqligiga, ya'ni psixik holatlarga va xulqqa ishora qilgan B.D.Pariginning mulohazasicha, shaxsning kayfiyati yoki psixologik jishatdan o’zining tayyorgarlik xislati yuksak ahamiyatli yangilanishdir.
Olimning talqiniga ko’ra, psixologik tayyorgarlik - bu integral strukturaviy tuzilmadan iborat bo’lib, muayyan vaqt oralig’ida inson psixikasining jismli yo’nalganlik darajasi va tonalligini tavsiflaydi. Psixologik tayyorgarlik o’zining tuzilishi bo’yicha uch xil jabshani qamrab oladi (konstantli, dolzarbli, vaziyatli) va faoliyatda muhim funksiyalarni bajaradi. a) muayyan vaqt birligida individ tomonidan qayta ishlanuvchi va idrok qilinuvchi barcha joriy axborotlarning akkumlyatori; b) inson faolligining tonizatori va regulyatori; v) faoliyat va axborotni qabul qilish ustanovkasi; g) shaxsning qadriyatga yo’nalganlik omili Hisoblanadi. Inson shayoti va faoliyatining u yoki bu lashzalarida psixikasining (komponentlari) tarkibiy qismlari bilan sodir bo’lishlikning psixik tayyorgarligi sintetik ravishda birlashgandir. Bu muammo pariginchasicha, psixik tayyorgarlik psixik holatlarning dominantligi degan tushunchaga yaqinlashib qoladi. Vasholanki, shaxsning dinamik va statik tuzilishi munosabatini Hisobga olmaydi, psixologik tayyorgarlikning miqdoriy tavsifi yo’llarini ko’rsatib o’tmaydi, natijada uning ko’lami cheksizga aylanib qoladi.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi (strukturasi) katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyligini qamrab oluvchi, ko’p bosqichli modelini yaratishga intiladi. Shaxs tuzilishining elementlari bo’lib, uning shossalari, xususiyatlari, qiyofasi Hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishining turli tomonlari bilan o’zaro aloqador to’rt tuzilishga ajratadi:
1) shaxsning axloqiy qiyofasi munosabati va yo’nalganlik birlashtiruvchi ijtimoiy hartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liqligi yo’q va tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2) tajribaning osttuzilishi; unga ta'limiy yo’l bilan egallangan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi, ammo bu narsa shaxsni qiyofasining biologik hartlangan ta'siri ostida kechadi (K.K.Platonov). Ushbu osttuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi,
3) shaxsning individual xususiyatlari bilan hartlangan ba'zi psixik jarayonlar (xotira tipi, emosional harakat barqarorligi ko’rsatkichi, mashqlanish yo’li) bilan shakllantiriladi. Biologik hartlangan xususiyatlarning ta'siri yanada aniqroq ko’zga tashlanadi.
4) biologik hartlangan osttuzilish biopsixik xususiyatlarni, fazilatlar, temperament...(shaxsning topologik xususiyatlarini), jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarishini birlashtiradi. Bu osttuzilish mashqlantirish orqali shakllantiriladi, miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga bog’liq. K.K.Platonovning fikricha, bu osttuzilishga shaxs qiyofasi (xususiyatlari) ning asosiy jabshalarini kiritish mumkin.
Qisqacha tashlil qilingan K.K.Platonovning shaxs tuzilishiga oid konsepsiyasi (nazariyasi) keng ko’lamdagi ta'lim va tarbiya amaliyoti bilan jips aloqasi tufayli o’ziga tortadi. Ammo muallif bu borada shaxs va inson to’g’risidagi mulohaza yuritganda uning real xususiyatlari va holatlarini yaqqol ochib bermaydi. Ma'lumki, Hozirgi zamonda bir-biridan sezilarli, deyarli farqlanuvchi talqinlar shukm surmoqda, kezi kelganda bashs predmetini sun'iy ravishda o’zgarish shollari uchrab turadi. Uning asarlarini o’rganish jarayonida, shaxs tuzilishi to’g’risidagi mulohazalarda, shaxsning bu muammo funksional psixologik - pedagogik jabsha ekanligi oydinlashib boradi, trenirovka, mashqlanish, ta'lim olish yo’li bilan unda u yoki bu Hislatlar shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning osttuzilishi" tushunchalarini sinonim sifatida qo’llanilganligini ta'kidlab, uni quyidagicha izoshlab beradi: "shaxsning moddiy jabshalari to’g’risida emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta'siri to’g’risida gap boradi". Bundan ko’rinib turibdiki, shaxsning komponentlari, uning xususiyatlari, tuzilishi nimani bildiradi, degan muammoga javob topib bo’lmaydi.
Yuqorida ta'kidlab o’tilgan hodisalarni (vaqtni fazoviy) basholash ontologik asnoda o’z yechimini topa olmaydi. Chunki struktura yaxlit tuzilma bo’lganligi tufayli u shech qachon jabsha, tomon va jishatlarning shunchaki majmuasidan iborat bo’lmasligi ravshan. Binobarin, osttuzilish tushunchasini talqin qilishda umumiy qabul qilingan qoidaga ko’ra nisbiy jishatdan mustaqil tarkiblardan tuzilganidan qat'i nazar u bundan kengroq yaxlitlikning qismi bo’lib Hisoblanadi. Ana shu fikrdan kelib chiqqan holda quyidagilarni ko’z o’ngiga keltirish muvofiq: birinchidan, shaxsning ijtimoiy sifatlari o’z xolicha shukm surmaydi, balki yaqqol nerv sistemasida qayd qilinadi, ya'ni tabiiy biologik mexanizmlar yordami bilan amalga oshadi. Ikkinchidan, biologik hartlangan shaxs sifatlarining aksariyati filo va ontogenezda bevosita ijtimoiy hart-haroitlarning ta'siri ostida shakllanadi. Shuning uchun biologik hartlanganlikning ijtimoiylikdan ajratishni o’zi o’ta murakkab bo’lib, amaliy jishatdan genotip bilan fenotip o’rtasida demarkasion (fransuzcha demarcation, qat'iy chegara) chiziq o’tkazish mumkin emas. Uchinchidan, na biologik, na ijtimoiy hartlangan sifatlar, fazilatlar, xislatlar inson tomonidan egallanayotgan tajribadan tashqarida namoyon bo’lishi kuzatilmaydi. Shuningdek, insonning o’zlashtiradigan bilimlari, malakalari, ko’nikmalari, odatlarining o’ziga xosligi uning shaxsidagi nuqsonlar kompensasiyasi ko’pincha axloqiy yo’nalganlik va mayllarga bog’liq. To’rtinchidan, aloshida olingan bilim jarayonlarining tipologik xususiyatlari bilan hartlangan shaxs fazilatlarini o’zaro bir-biridan ajratib tashlil qilish ham g’ayritabiiy holatdir. Yuqoridagi mulohazalarning barchasi shaxsda namoyon bo’ladigan xislatlarida o’z ta'sirini, izini qoldiradi.
Xuddi shu boisdan K.K.Platonov tomonidan tavsiya qilingan osttuzilishning tabiiy yaqqol shaxs tuzilmasi majmuasi sifatida qabul qilish o’ta bashslidir. K.K.Platonov bo’yicha shaxsning to’rt "osttuzilish" jabshalari Hisoblanadi, chunki turli kontekstdagi ularning har qaysisi shaxs fazilati tariqasida qarash va shunda uning integral tizimini basholash mumkin.
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga aloshida ahamiyat bergan olimlardan biri sanaladi. Uningcha, shaxsning qismlariga ajratib talqin qilinmaydigan jabsha (komponent) - bu uning xislatlaridir. Ularning har biri muayyan yo’nalganlik moshiyatini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shunga binoan shaxs ning tuzilishi deganda V.S.Merlin insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatini o’zida birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy va o’zaro aloqadorligini anglatuvchi o’ziga xos "simptomokompleks" ni tushunadi.
Olimning muammoga bunday yondashuvi go’yoki juda o’rinli, to’la ashyoviy daliliy tasavvurni vujudga keltiradi. Shaxs tuzilishi muammosini uzil-kesil shal qilinishi, yechimini topish uchun ayrim hartlarga rioya etilishi lozim. Birinchidan, "shaxsning munosabati" tushunchasi moshiyatini yaqqol ochish, ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari to’g’risidagi tasavvurlarni detallashtirgan holda ishlab chiqish darkor. V.S.Merlinning faktlar konstatasiyasiga binoan "simptomokompleks" shaxs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, xolos", sholbuki shunday ekan "mazkur ijtimoiy haroitlarda shaxs tuzilishining rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari" o’rnatilishi joiz.
Ko’pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o’ynashi va qayd etishi ta'kidlanadi. Shu jumladan, tadqiqotchi N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida tashlil qilinishi joiz:
1) orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga;
2) u yoki bu eshtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;
3) paydo bo’lishning jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishga, ya'ni insonning emosional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar.
N.I.Reynvaldning izoshlashicha, faoliyatning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o’lchovli (mezonli) tasnifining aql (intellekt), Hissiyot (emosiya) va iroda moshiyati zimmasiga tuHishi shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, aql (intellekt) ko’p shollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish bloki bilan, xilma-xil emosional holatlar (Hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik" blok yotadi. Aql, Hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-mushitga nisbatan munosabatining uch lashzasini anglatadi.
Xullas, qarashlarning rang-barangligi muammo yechimining har xil variantlari, invariantlari, modifikasiyalari, modullari va modellari bir davrning o’zida shukm surishini ta'minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba shozirlaydi.


Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin