Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə18/28
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#37897
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Ongning ikkinchi ta’rifi-unda sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasida fanni farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrof-muhitga qarama-qarshi qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama-qarshilik va tofovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o‘zigina bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq etishga yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti-xarakatlarini va umuman o‘zini o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning emas «men emas» dan ajratilishi-har bir kishi bolalaigida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasi kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, xarakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va x.z. «Kishi tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o‘zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o‘z irodasini ana shu maqsadga bo‘ysundirishi lozim»;-deb ta’kidlagan edi. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzulganligi deb qaramoq kerak.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin