Psixologiyaning predmeti


Tayanch tushunchalar: diqqat, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, ixtiyordan so‘nggi diqqat, diqqat ko‘lami, diqqat kuchi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə21/28
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#37897
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Diqqat
Tayanch tushunchalar: diqqat, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, ixtiyordan so‘nggi diqqat, diqqat ko‘lami, diqqat kuchi.

Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.

Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.

Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘ igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.

Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.

Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ ish bilan bog‘ liq. Aks holda, yot narsalardan chalg‘ iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.

Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.

Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.

1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin