Xorij psixologi G.Craig bu yoshdagi bolalar tafakkur jarayon-
larining 5 ta xususiyatini ta’kidlab ko‘rsatgan'.
Birinchidan, bu yoshdagi bolalarning tafakkuri konkret. Ope-
ratsiyalargacha intellektda bolalar mavhum fikrlay olmaydilar.
Ularning aqli «shu yerda va hozir» ro£y berayotgan jismoniy
obyektlar bilan band bolib, ularni oson tasavvur qilishi mumkin.
Ikkinchidan, kichkina bolalarning tafakkuri bir yoqlama,
ya’ni hodisalarning rivojlanishi va boglanishlarning hosil bo‘lishi
bir yoqlama ro‘y beradi. Bolalar qandaydir obyektning dastlabki
holiga qaytishi mumkinligi yoki obyektlar orasidagi boglanishlar
ikki tomonlama bolishi mumkinligini tasavvur qila olmaydilar.
Uchinchidan, bolalarning operatsiyalargacha bolgan tafak
kuri egotsentrik, bolaning istiqbol ramkalari bilan chegaralan-
gan, shuning uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila
olmaydi. Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qa-
ratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb
o‘ylaydilar.
To‘rtinchidan, bu davrda bola tafakkuri obyekt yoki vaziyatni
olchash yoki qandaydir jismoniy xususiyatida markazlashish ten-
densiyasiga ega. Markazlashish bu obyekt yoki vaziyatning qan
daydir xarakteristikasida diqqatning to‘planishi bolib, operatsi
yalargacha bolgan tafakkurning asosiy belgisidir.
Beshinchidan, operatsiyalargacha bolgan davrda bolalar
o‘zgarish jarayonlariga emas, balki obyektlarning hozirgi holati-
ga diqqatlarini qaratadi.
Tafakkurning o‘sishda yana bir muhim bosqich shundan ibo
ratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushuncha
larni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilari-
ni o‘zlashtirishga muvaffaq boladi. Uch yoshga tolay deb qolgan
bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketish-
larini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi
barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bolib qoladi. Chun-
1
Dostları ilə paylaş: