Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Ilk bolalik davrida nutqning o‘sishi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

13.3. Ilk bolalik davrida nutqning o‘sishi
Go'daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davrida­
gi bolalar atrof-muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq 
qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan nar- 
sani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2—3 yoshdagi bola shu pred­
met qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy 
faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmet- 
larning qollanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga 
javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan sa­
vol bilan murojaat qiladi. 1—3 yoshdagi bola shakllanishda psixik 
rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim 
psixologlar (R.Zazzo) inson tugllganidan to yetuklik davrigacha 
bolgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga 
to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan bosh­
lab, bolalar predmetlarni olganish olamiga qadam qo‘yadilar. U 
endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda b o la ola­
di va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bi­
lan boladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq 
ma’lumot oladi. Nutq — bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bo­
la tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish ja- 
rayonlarini boshqarish vositasi bolib ham xizmat qiladi.
234


Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mum­
kin. Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va 
yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga yetganda sa­
vollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi 
to‘g‘risida bolsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qan­
day maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risi- 
da (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga 
ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umu- 
man vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvur- 
larga nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan 
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning 
xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ay- 
rim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi 
va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar 
hosil boladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2—3 yoshli 
bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni 
istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib 
chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ular­
ning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda ta- 
fakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunish­
ni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z 
savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni 
o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘1 bilan ularning xotirasida 
mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kat- 
talarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olam­
ni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtira- 
di, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning 
sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umum- 
lashgan tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustah­
kam boglangandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga 
yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan 
o‘zaro munosabatda boladi. 0 ‘z navbatida, tafakkurning rivoj-
235


lanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning 
o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini 
o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bolgan davr 
nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib 
topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim 
yoshgacha bolgan davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalar­
ning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib 
boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni 
yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan 
davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez 
bilib oladi.
Bola ikki yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini 
bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kat­
talar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib bor- 
gan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola 
so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.

yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to la o‘zlashtir- 
gan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foyda- 
lanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga kola ishlatadilar. Bola­
ning nutqi u 1,5 yoshga yetgungacha birmuncha sekinlik bilan 
rivojlanadi. Bu davr ichida u 30—40 ta so‘zdan, to 100 tagacha 
so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qollaydi. 
1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. 
Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini solabgina qol­
may, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. 
Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlari- 
ga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 
dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek
so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 
1,5—3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisobla­
nadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaf­
fuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari lozim.
236


Bir predmetni boshqasi o'rnida qollash mumkinligini 
anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, o‘rganishidagi ahami- 
yatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuza­
ga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan 
kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shu- 
ningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Er- 
taklarni eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimga- 
dir o‘xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak 
yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida 
xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u bilishning barcha 
ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning 
xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlash- 
tirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishti­
rok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik 
qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrda- 
gi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak, she’r 
va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bola­
ning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individu­
al xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davrida­
gi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv tizimining umumiy 
egiluvchanligi natijasidir. 
0
‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va 
hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to liq
ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi 
takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega 
bolganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. 
Ma’lumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgi- 
na qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past to‘siqlardan 
oshib olish imkoniyatiga ham ega boladilar. Bog‘chagacha tar­
biya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qi­
la olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini 
qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q 
bolgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik ti-
237


nimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ra­
vishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira 
boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola o‘zining kunda­
lik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi ham­
ma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni 
bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, ta­
fakkur va nutqini, hissiyot va xayolini — umuman hamma psixik 
jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning 
tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bola­
ning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat 
kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli nar- 
salarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilar­
ning normal rivojlanishi bola idroki o'sishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bolsa 
ham hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchi- 
dan, bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari 
ham anglashilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalar- 
ga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok 
qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot 
kuchiga ega boladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pin- 
cha ixtiyorsiz xarakterga ega boladi, ya’ni ularning idrokida 
muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun 
ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib 
keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bolgani 
uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy 
kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni 
shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmay­
dilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bolsa shundayligicha 
idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlari- 
da yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ikki yarim yashar bolaga otning 
kallasi solingan surat ko'rsatilsa, hayron bolib, otning o‘zi qani, 
deb so'raydi.
238


Bolalar id rokining takom illashuvida so‘z katta aham iyatga 
ega. So‘z m ohiyati jih atid an u m um lashgan xarakterga ega b o ‘lib, 
u n arsalarn i um u m lashtirish im k on in i beradi. Bola so'z y ordam i­
da o ‘xshash n arsalarni oddiygina gu ru hlarg a ajrata boshlaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin