В)
boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik (hamdardlik, hurmat,
chidamlilik);
D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o‘zini na
zorat qilish, o‘zini qabul qilish);
E) borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik;
F) o‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish;
G) «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va
individual xatti-harakatlarga ma’no beradi.
18.2. Yetuklikni davrlashtirish muammosi
Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha tal-
qin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bolib davrlashtir-
gan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning besh-
ta bosqichini ajratgan:
Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan
oldin keladi.
Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib
ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.).
Bu davr-
da hayotiy maqsadlar noreal bolib, o‘zgarib turadi.
Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45—50 yoshgacha) - yetuk
lik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yosh-
larda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini ba-
holay boshlaydi.
To'rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qar-
tayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish
va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi.
Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni
eslash va tinchlikni xohlash.
Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud
kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni
ajratgan Uotering davr-
lashtirishini misol sifatida keltiradi1.
1 Дивухуд Б. Кризисы жизни — шансы жизни. Развитие человека между
детством и старсотью. Калуга 1994.
414
21—28 yosh — hayotiy bazisni egallash;
28—35 yosh — topilgan hayot asoslarini tasdiqlash;
35-42 yosh
- ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga
yo‘nalganlik;
42—49 yosh — maniakal-depressiv davr;
49-56 yosh - shaxsiy qartayish bilan kurash;
56—63 yosh — donolik;
63-70 yosh - o‘z hayotida yana
muvaffaqqiyatga erishish
mumkinligini anglash, «ikkinchi yoshlik» imkoniyati.
Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi
xarakterga ega bo'lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas.
Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi
chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21 yoshdan (D.B.Bromley),
20
yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro
klassifikatsiya
bo‘yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblashgan.
0
‘rta yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha
ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D.Veksler), 25
yoshdan
40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren),
36-60 yoshgacha (yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha).
Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi
haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55 yoshdan (W.Bunak,
W .Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va
ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D.Birren).
Ilk yetuklik (yoshlik) bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish,
to'liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha
turlari bilan shug'ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bos
qichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’lim olish
tugallanadi,
kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi
shakllanadi. Ko‘pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo‘li-
shadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi va amalga oshiriladi.
0
‘rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o‘tayot-
gan ota-onalari va ota-ona uyidan alohida chiqib mustaqil hayot
boshlayotganlar orasidagi holatni egallaydi. Odatda,
ular ijtimoiy
tomondan moddiy mustaqil emaslik, kasbiy faoliyatda yuqori da-
415
rajaga erishganligi tufayli oila boshlig'i, boquvchisi,
jamiyatni
boshqaruvchi bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: