Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Iskenderov J.S. Pedagogika kolleji o ’quvchilarida xarakterning intellektual



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Iskenderov J.S. Pedagogika kolleji o ’quvchilarida xarakterning intellektual
va irodaviy xususiyatlarini shakllantirish. Ps.f.n. ...avtoref. - T . 2009.-26 b.
2 Камалетдинова З.Ф. Психологические особенности мотивационно­
смысловой 
сферы старшеклассников с отклоняющимся поведением.
Автореф.....к. пс. н. - Т. 1993.-19 с.
396


ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb 
hisoblash mumkin. 0 ‘zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki no- 
to‘g‘ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlar- 
ga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti 
uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tan­
lash vaqtida ilk o‘spirinlar o‘z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy 
sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati 
emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.
17.4. Shaxs rivojlanishi
Kelajakka intilish ilk 
0
‘spirinlarning psixologik xususiyati hi­
soblanadi. Ilk o‘spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim 
omili hayotiy rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisobla­
nadi. Hayotiy reja keng tushuncha bo‘lib, shaxsiy o‘z-o‘zini belgi- 
lashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar 
qurish, kasbiy o‘z-o‘zini belgilash — o‘spirinlik davridagi marka­
ziy psixologik yangilikdir.
G ‘arb psixologiyasida o‘z-o‘zini belgilash jarayoni identiklik- 
ning shakllanish jarayoni ham deb ataladi. Erikson shaxsiy iden- 
tiklikni izlashni kattalik davrida markaziy vazifa sifatida qaragan.
Eriksonning ta’kidlashicha, identiklik inqirozi bir necha qa- 
rama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi:
— vaqtinchalik istiqbol;
— o'ziga ishonish yoki tortinchoqlik;
— turli rollarni sinab ko'rish yoki bir rolda qotib qolish;
— shogird tushish;
— lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davom- 
chisi);
— g‘oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ke- 
tishi.
Bu murakkab yo‘lda muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘lishi mum­
kin. Identiklik diffuziyasi (yoki rollarning aralashib ketishi) 
o‘spirin ancha uzoq vaqtgacha psixoijtimoiy o‘z-o‘zini belgilash- 
ni amalga oshira olmay qiynaladi.
397


Shunday qilib, hayotiy rejalarni tuzish o‘tmish, kelajak va 
hozirgi «Men»ning qulay birikuvi asosida quriladi. 0 ‘spirinlik 
davrida shakllangan ijobiy «Men» konsepsiyasi, o‘z-o‘zini hurmat 
qilish, o‘z-o‘zini qadrlash hissi istiqbol maqsadlarni qurishga va 
ularga erishish uchun faol intilishga undaydi.
O'spirinlarda qadriyatlar shakllanadi, dunyoga umumlashtiril- 
gan qarashlar tizimi sifatida dunyoqarash shakllanadi, hayotga 
anglangan umumlashgan munosabat inson hayotining mazmu- 
ni shakllanadi.
0
‘spirinlarni hali to la katta deb hisoblab bolmaydi, chunki 
ularning shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. 
Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o‘z ke- 
lajaklariga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pchilik 
0
‘spi- 
rinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nis­
batan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr o‘spirinning axloqan 
o‘z-o‘zini anglashi va barqaror «Men» obrazining shakllanishi, 
shuningdek, axloqning yangi bosqichiga olishi bilan xarakterla- 
nadi. Bu anglash oddiygina o‘sishdan iborat bolib qolmasdan, u 
sifat jihatdan o‘ziga xos xarakterga ega boladi, bu hoi o‘z shaxsi­
ning ma’naviy-psixologik xususiyatlarini konkret hayotiy maqsad- 
lar va intilishlar nuqtayi nazaridan anglash va ularga baho berish 
ehtiyoji bilan boglangandir.
Ilk o‘spirinning o‘zini o‘zi anglashi o‘smirning o‘zini o‘zi 
anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. Xuddi ana 
shu narsa ilk o'spirinlarda o‘zining psixik hayotiga, o'z shax­
sining sifatlariga, o‘z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg‘otadi, 
xuddi shuning uchun ham o‘z xatti-harakatlariga nazar tashlash, 
o‘z his-tuyg‘ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo 
boladi.
0
‘z-o‘zini anglash o‘quvchining ichki kechinmalar dunyosiga 
kirishi bilan bogliq emas va foydasiz, maqsadsiz o‘z-o‘zini tahlil 
qilishdan ham iborat emas. 0 ‘z-o‘zini anglash hayot va faoliyat 
talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat, tevarak-at- 
rofdagilar bilan boladigan yangicha munosabatlar 
0
‘quvchini o‘z
398


imkoniyatlarini baholashga, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini, o‘zi- 
ga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob 
bera olmasligi nuqtayi nazaridan anglashga majbur qiladi.
Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashiga oid bu qiziqarli xususiyat 
quyidagilardan iborat. Ilk o‘spirin o‘zining kuchli va ojiz tomon- 
larini, o‘zining ustunligi va kamchiliklarini o‘smirga qaragan- 
da yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o‘smir ko‘pincha 
ilk o‘spiringa qaraganda o‘ziga to‘g‘riroq baho beradi. 0 ‘smirda 
o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishiga boshqa kishilarning fikrlari 
ta’sir qiladi. 0 ‘smir go‘yo o'ziga tevarak-atrofdagilar ko‘zi bilan 
qaraydi, uning aynan o‘zi haqidagi fikrlari ko‘pincha ota-ona- 
lari, o‘qituvchilari va o‘rtoqlarining fikrlarini takrorlaydi. Tabiiy- 
ki, uning o‘z-o‘ziga baho berishi ham ancha obyektiv bo‘ladi, 
chunki u tevarak-atrofdagilarning obyektiv bahosini takrorlaydi. 
Bu hoi akademik litsey va kollej o‘quvchilarida boshqacha boladi.
Yoshining ortishi bilan unda o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakat­
lari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish tendensi- 
yasi kuchayadi. 0 ‘z-o‘ziga baho berish esa hamisha tashqaridan 
berilgan bahoga qaraganda qiyinroqdir. Shuning uchun ilk o‘spi- 
rin o'zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-harakatlarini o‘smir- 
ga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olmasa ham, o‘ziga ayrim hol- 
larda obyektiv baho bera olmaydi. Shuning uchun ular ko‘pincha 
o‘z shaxslariga ortiqcha baho beradilar, g‘ayritabiiy manmanlik, 
kekkayish, takabburlik, kibrlanish hollariga yol qo‘yadilar, te- 
varak-atrofdagi kishilarga mensimasdan munosabatda boladilar; 
boshqalar esa o‘zlariga g'ayritabiiy ravishda yetarli baho bermay- 
dilar, o‘zlarini «oltamiyona», «arzimas», «oddiy va ko‘zga tash- 
lanmaydigan odam» deb hisoblaydilar.
Intellekti yaxshi rivojlangan o‘spirinlar kattalarni tashvish- 
ga solayotgan muammolarni tushuna oladilar va ularni muhoka- 
ma eta oladilar. 0 ‘spirinlar juda ko‘p muammoli savollarga javob 
o‘ylaydilar. Ularning diqqatini ko'proq axloqiy masalalar tor- 
tadi. Ilk o‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘smirning o‘z-o‘zini 
anglashidan shu jihatlari bilan farqlanadi. Xuddi ana shu narsa
399


ilk o‘spirinni o‘zining psixik hayotiga, o‘z shaxsining sifatlari- 
ga, o'z qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg'otadi, xuddi shuning 
uchun ham o'z xatti-harakatlariga nazar tashlash, o'z his-tuyg'u- 
larini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo'ladi. Agar 
o'smirning tushunchasida sezgir kishi hamisha boshqalarga yor­
dam ko'rsatsa, ilk o'spirin yoshidagi o'quvchilar esa bunda an­
cha nozik tafsilotlarning ham farqiga boradilar, ular sezgirlik — 
ayniqsa qanday yordam zarurligini his qila bilish va u ana shu 
yordamni ustalik bilan kishini xafa qilmasdan, ko'rsata olishdan 
iborat deb hisoblaydilar.
O'smir o'zining hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o'ziga ba­
ho beradi, katta maktab yoshidagi o'quvchi o'zining kelajagiga 
muvofiq ravishda o'ziga baho beradi. O'smir o'zicha: «Men mak­
tab jamoasining a’zosi sifatida qandayman?» deb savol beradi. Ilk 
o'spirin esa o'ziga: «Men kelgusi mustaqil hayot uchun qanday­
man? Men unga yaroqlimanmi?» — deb savol beradi.
Ilk o'spirin shaxsga, umuman uning barcha xususiyatlarini 
hisobga olgan holda baho bera bilsa, o'smir o'zining shaxsiga 
ayrim ishlar, xatti-harakatlarga qarab baho beradi va bu bahoni 
umuman shaxsga tatbiq etadi.
Ilk o'spirinda o'zi, o'z shaxsi to'g'risida to'g'ri, obyektiv tasav­
vur hosil bo'lishi uchun unga ko'p o'ylab, ustalik bilan yordam 
ko'rsatish kerak. Agar o'qituvchining bergan bahosi do'stona 
va to'g'ri bo'lsa, uning fikrlari ilk o'spirinning imkoniyatlariga 
chuqur ishonch bilan, uning shaxsini chuqur hurmat qilish bi­
lan aytilgan bo'lsa, hatto o'qituvchining bildirgan keskin tanqidiy 
mulohazalari ham odatda yetarli darajada diqqat-e’tibor va min- 
natdorchilik bilan qabul qilinadi.
Agar kichik maktab yoshidagi o'quvchilar uchun axloqiy 
masalalarni yechish manbayi o'qituvchilar bo'lsa, o'smirlar bu 
savollarga javobni ko'proq tengdoshlari davrasidan qidiradilar. 
O'spirin yoshdagilar esa savollarga to'g'ri javobni topishda ko'proq 
katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bun­
day manbalar asosan real, ko'pqirrali, murakkab insoniy munosa-
400


batlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publitsistik adabiyotlar, san’at 
asarlari, matbuot, radio, televideniye bo‘lib hisoblanadi. Bugun- 
gi o'spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, 
erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo'lish tushunchasiga 
ham real tarzda yondashadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga 
kelib, juda ko‘p 
0
‘spirinlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum 
axloq normalari qat’iylashgan xususiyatlarga ega bo'ladilar.
0
‘spirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, 
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo‘yi- 
cha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi. Juda ko‘p yillardan 
beri o‘spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniy- 
lik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. 
Hozirgi davr o‘spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy 
munosabatlar bo‘lmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaray- 
digan, ko'proq erkin va mustaqil bo'lishga intiluvchi yoshlardir.
0
‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosi­
da o'z xatti-harakatlarini yo'lga solishga intiladilar. Bu esa, awa-
lo o'spirin o‘zini anglashining o'sishida namoyon bo'ladi. Bu narsa 
ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o'z ifo- 
dasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl 
qo'yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maf- 
tunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. 0 ‘quv va 
mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, 
intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xud- 
binlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo'rqoq- 
lik, g'ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O'spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tash- 
kilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, ta- 
shabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o'z hara­
katlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat 
kasb etib boradi. O'spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol 
ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon 
bo'ladi. O'zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o'zini nima- 
ga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar. Do‘st va dushmanlari-
401


ning kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yax­
shi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. 
Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bolmaydi. 
Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldi- 
lariga haddan tashqari ko‘p vazifalar qo'yadigan, lekin uning ud- 
dasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib tu- 
ribdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak 
talablarni bajarish kerakligini o'zida aks ettira boradilar. Bu esa 
o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxsning ilk o‘spirinlikda- 
gi eng muhim xislatlaridan biri o‘z-o‘zini hurmatlash, o‘z-o‘ziga 
baho berish hamda o‘zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik dara- 
jasidir. 0 ‘spirinlar o‘zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatla- 
rini hosil qilishga intiladilar. Ularni o‘z-o‘zini tarbiyalash borasi- 
da bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi 
qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta 
ahamiyatga ega. Masalan: o‘g‘il bolalar — qahramonlik, yaxshi 
ota, tadbirkor, o‘qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilm- 
dagi obrazlarni o‘zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnat- 
kash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy 
xodim va boshqalarni ideal deb biladilar. 0 ‘zaro munosabat va 
emotsional hayot o‘z mavqeini belgilashning murakkab muam- 
molarini o‘spirinning o‘zi hal qila olmaydi. Bu masalani 
0
‘spi- 
rinning ota-onasi, o‘z tengqurlari, o‘qituvchilar ishtirokida ular­
ning qollab-quvvatlashida hal qilishi mumkin.
0
‘spirinlarni ming yillab tashvishlantirayotgan axloqiy muam- 
molar bu — yaxshilik va yomonlik, adolat va qonunga xiloflik, 
tartiblilik va mas’uliyatsizlik va hokazo. Hozirgi ilk 
0
‘spirin­
lar ko‘p asrlar oldin yashagan yigit va qizlardan farq qilmasalar- 
da, ularga hayotga amaliy nuqtayi nazardan qarash xos bolib, 
ko‘proq mustaqillik va erkinlik xos.
Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan jo‘shqin ijtimoiy 
hodisalar, o‘zgarishlar yosh avlodga mustaqil tanlash, barcha nar- 
sada shaxsiy yo‘nalganlik, mustaqil qaror qabul qilish imkonini
402


bermoqda. Zamonaviy yigit va qizlarning psixologiyasini hayot­
ning o‘zi bir necha o‘n yillar ilgari yashagan tengdoshlaridan farq 
qiladigan qilib shakllantirmoqda. Bu xislatlar quyidagilar: axlo­
qiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p muammolarni qo‘yish va hal qi­
lish, mustaqillik, fikrlarning har doim to‘g‘ri emasligi, ijtimoiy, 
siyosiy, iqtisodiy va diniy muammolarni hal qilish.
Respublikamiz psixologlari tomonidan ilk 
0
‘spirinlar shax­
sining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan qator 
tadqiqotlar o‘tkazilgan. Jumladan, M.G.Davletshin rahbarligi- 
da M.T.Isakova tomonidan o‘tkazilgan «Yuqori sinf o'quvchilari 
xarakter xislatlarining shakllanishida milliy an’analarning ta’siri» 
mavzusida ilmiy izlanish olib borilgan1. Tadqiqotda o‘zbek etnik 
guruhiga xos bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari xarakter xislatlari­
ning etnopsixologik xususiyatlari, ya’ni Vatanga muhabbat, kat­
talarga hurmat, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, uyatchanlik, kamtar- 
lik kabi xislatlarning shakllanishiga milliy an’analarning ta’siri 
o‘rganilgan.
Shunday tadqiqotlar sirasiga A.Jabborov rahbarligida o‘tka- 
zilgan O.U.Avlayevning tayanch-harakat a’zolari buzilgan ilk 
o‘spirinlaming shaxs xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 
tadqiqotini keltirish mumkin2. Tadqiqot natijasida muallif qu- 
yidagilarni aniqlagan: tayanch-harakat a’zolari buzilgan kon- 
tingentlar shaxsining motivatsiyalari mazkur yoshdagi sog‘lom 
tengdoshlari singari bir xildagi munosabatni namoyon qilganiga 
qaramay ularning imkoniyatlari shaxslilik pozitsiyasidan chek- 
lanib qoladi. Ichki motiv, bilish motivi, musobaqalashuv motiv- 
laridagi natijalar nisbiy ma’noda tenglikni ifodalasa-da, ammo 
ularninng o‘zini o‘zi hurmatlashi sog‘lom tengdoshlariga qara- 
ganda ancha past ko‘rsatkichli motiv darajasini namoyon etadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin