Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
gerontologiya, oliy psixik jarayonlar, 
skleroz, demensiya, altsgeymer.
19.1. Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida
Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri 
deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 dan 
keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yosh- 
dan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan.
426


Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo'lish mumkin: qariyalar, 
keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar.
Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60—69 
yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70—79 yoshgacha qarilik, 80— 
89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik.
Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bi­
lan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini 
bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik 
jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining 
ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chi- 
qish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollaming yo‘qoli- 
shi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni 
anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat.
Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli sa- 
vol tug‘iladi?
Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatila­
di. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umu­
miy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini ku­
zatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham 
susayadi.
Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. 
Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning 
sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayi- 
shi kuzatiladi. Qarilik davrida ko'pchilik insonlar u yoki bu ma’lu- 
motni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi.
Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining 
susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum 
bolishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qari- 
yalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi.
Bu yoshdagi insonlarning ko‘pchiligida ko'rishning turli­
cha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘z gavhari elastikligi- 
ning yo‘qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyati- 
ning susayishini payqash mumkin. Ko‘z gavhari strukturasining 
o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib keli-
427


shi mumkin. Qariyalardagi o‘zgarishlardan biri sifatida ko‘rish 
o'tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyin- 
chiligida namoyon boladi. Bunday o'zgarishlar bifokal va trifokal 
ko‘zoynaklar bilan toldirilishi mumkin. Qariyalarda ko‘rish sez- 
girligining o‘zgarishi ko‘p jihatdan psixofizik funksiyalar dina- 
mikasi bilan ko‘p jihatdan bogliq. Qariyalarda ranglarni ajratish 
ham birmuncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan 
keyin ham o‘zgarmaydi.
Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o‘zgarmaydi. Bar- 
toshukning (1990) tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, shirinni 
sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. M. Spitzer (1988)ning tadqiqotlari­
dan ma’lum bolishicha, achchiqni sezish biroz kamayadi. Ta’m 
bilish sezgilaridagi qator o'zgarishlar ba’zan insonning individu­
al xususiyatlariga ham bogliq boladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi 
komponentlarning ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechi- 
radi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, balki hid bilish sez- 
girligining susayishi evaziga sodir boladi.
Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va 
tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bi­
lish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, 
zaharli va qolansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, 
oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir.
Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor funksiyalar 
susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan 
sensor sezgirlik tiplarining ko‘pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu 
hammada bir xil emas. Sensor funksiyalarning susayishi, shaxs 
shug‘ullangan faoliyat turiga bogliq ravishda o‘zgarish kuzatila- 
di. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan 
insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini ku- 
zatish mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin