Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Keksalik biologik muammo sifatida



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Keksalik biologik muammo sifatida.
Har bir nazariya orga- 
nizmning qarish mexanizmi bo‘yicha o‘z modeliga tayanadi. Bi­
ologik nazariyalarga rus gerontologiyasining asoschisi A.A.Bo- 
gomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining 
buzilishini keksayishda asosiy omil deb hisoblagan nazariyasi-
430


ni hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan I.I.Mech- 
nikov nazariyasini kiritish mumkin.
Gerontolog W.Frolkis keksalikni 
organizm
moslashuv imkoni- 
yatlarining qisqarishi sifatida qaraydi. Antiqarish yoki vitaukta to- 
shunchasi (lot. Vita — hayot, auktum — cho'zmoq) olim tomonidan 
taklif etilgan moslashuv-boshqaruv nazariyasining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Keksayish evolutsion jihatdan dasturlashtirilib 
genetik kodga kiritilishi haqidagi tasawur, hujayralarning buzilishi 
bilan bogliq g‘oyalar biologik nazariyalarga misol bola oladi.
Keksalik ijtimoiy muammo sifatida.
Ijtimoiy nazariyalarga 
«erkinlik» hamda «o‘yindan chiqish» nazariyalari misol bola 
oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o‘zgarishi, kom- 
munikativlikning pasayishi, o‘z ichki dunyosiga o‘ralashib qo­
lish kabilarda kuzatiladi. Jamiyatdan uzoqlashish ilgarigi ijtimoiy 
rollarning yo‘qotilishi, sogliqning yomonlashuvi, topish-tu- 
tishning kamayishi, yaqin kishilarning yo‘qotilishi yoki uzoqla- 
shishida namoyon boladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik 
tuyg‘usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o‘ziga qarati- 
lishida namoyon boladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqi- 
shi bilan boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bola- 
yotgani bilan qiziqib turadi, lekin bu sekin-asta sun’iy xarakterga 
ega bola boradi, sekinlik bilan bu ham to‘xtaydi. Insonga kela- 
digan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi torayadi, 
faolligi pasayadi, qarish jarayoni tezlashadi1.
Faollik nazariyasi («Yangi bandlik») jamiyatdan uzoqlashish 
nazariyasiga qarama-qarshidir. Faollik nazariyasi keksalarni ja­
miyat hayotiga tortish, ular qanchalik faol bolsa, ularning ha- 
yotdan qoniqqanlik darajasi yuqori boladi, degan g'oyaga asos- 
lanadi. Uzluksiz hayot yoli konsepsiyasi qarilikni ilgarigi hayot 
uslubini saqlab qolish uchun kurash maydoni sifatida talqin etadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin