Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari.
Keksalarda in­
tellektual funksiyalarning pasayishiga turli sabablar: bevosita va 
bavosita sabablar bolishi mumkin. Intellektual funksiyalar pasayi­
shining bevosita sabablariga miya kasalligi, masalan, Alsgeymer 
kasalligi va miya qon-tomirlarining kasallanishini keltirish mum­
kin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan bogliq 
emas, lekin intellektual funksiyalarni amalga oshirish uchun ta’sir 
ko‘rsatadigan sabablar kiradi. Ularga: inson sog‘lig‘ining umumiy 
yomonlashuvi, ma’lumot darajasining quyinligi, bilish faoliyati 
motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
444


Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zga- 
rishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilish- 
larning bir butun kompleksidir. Senil demensiya — inson tafak- 
kurining adekvatligida namoyon boladigan miyaning organik 
kasalligidir. Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha
qariyalar uyida yashovchi 75—84 yoshli keksalarning 20% demen­
siya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga cha- 
linishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalar­
ning 47% ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). 0 ‘z 
oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demen­
siya kamroq kuzatilgan.
Alsgeymer kasalligi.
Ushbu kasallikda keksalarda bosh mi­
ya po‘stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi. Kasallikning 
dastlabki belgilari mayda-chuydalarni esdan chiqarib qo‘yishda 
namoyon boladi. Keyinchalik qayerda bolganligini, kundalik 
ishlarni ham esdan chiqarib qo‘yadi, o‘ziga ovqat ham tayyorlay 
olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning bosh­
qa bevosita sababi mikroinsultdir. Mikroinsult — miya qon bilan 
ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir.
Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir 
xil emas. Ayrim olimlar 70 yoshdan keyin ham ishchanlik qobili- 
yatlarini saqlab qolgan: P.La-mark, M.Eyler, K.Laplas, Im.Kant,
I.P.Pavlov «Yigirma yillik tajriba» asarini 73 yoshda yaratgan.
E.G‘oziyevning shogirdi A.B.Sabirova ontogenezning kech- 
ki bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning 
o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan bolib, bu davrda o‘z-o‘zi- 
ning emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning 
oshishiga sabab bolishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari 
quyi baholanganda esa vaziyat bilan bogliq xavotirlanish dara- 
jasi ortishini ta’kidlab 
0
‘tadi1. Bu qonuniyat emotsional nazorat

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin