Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

rivojlanishi
Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xu- 
susiyatlar aniqlandi:
422


— Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga 
ega. Birinchi bosqich - funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojla­
nish bolib — tugllgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. 
Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashu- 
vi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bola boshlaydi. 30 yosh- 
da ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat 
evaziga ustunlik qiladi.
— Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi 
qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qo­
biliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, 
barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (bir- 
galikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat ney- 
rodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal in­
tellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir.
— Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi) — in­
sonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va 
rivojlanish darajasi mos kelmaydi.
Bilish funksiyalarining dinamikasi.
17 yoshdan 50 yoshgacha 
bolgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda 
kechmaydi.
Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning 
kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy 
siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda 
kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksion­
al asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, 
xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha 
susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham 
birmuncha susayadi.
Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik 
uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtala- 
digan bolsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy 
cho£qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh, 
psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55 
yoshlarda kuzatiladi.
423


Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar 
yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi1. Hayotning turli sohalarida 
yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bi­
lan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus 
adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va 
obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi.
51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat 
va xotiraning rivojlanishiga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol in­
tilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy 
ta’sir qiladi.
Kattalarning intellektual potensialini optimallashtirishning 
muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik, 
gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim — individual va tashkiliy 
bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xa- 
rakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b.
Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning 
strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir boladi. So‘zli 
matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida 
yangi bolishi mumkin bolgan bosqich — muammoni o‘zi qo‘ya 
olishidadir.
Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davri- 
gacha o'zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta 
esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xoti­
raning takomillashishi mnemik funksiyalarning umumiy susayi- 
shi bilan mos kelmasligi mumkin.
So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, 
yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallan- 
maydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib 
o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olim- 
lar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’u-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin