Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

10.5. L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni
madaniy-tarixiy nazariyasi
L.S.Vigotskiy tomonidan e’tirof etilgan ong rivojlanishi ha­
qidagi farazga qaytib, ta’kidlab o'tamizki, ko'pgina tadqiqotchi- 
lar, uning katta ijodiy (imkoniyatlarini) potensiyalarini tan olib 
bu ta’limotning ma’lum bir kamchiliklarini ko'rsatib o'tganlar.
Bolaning tafakkuri rivojlanishi uchun kattalar va bolalarning 
aynan nutq muloqoti rolini alohida bir tik xarakter (bilish jarayon­
lari ko'rib chiqiladi) daliliy ma’lumotlarga kam asos. Bu farazlar- 
dagi kamchiliklar va tarixiy asoslangan cheklovlarni bartaraf eti- 
lishi kelgusida madaniy-tarixiy paradigmalar doirasida rus bolalar 
psixologiyasi rivojlanishida sodir bo'lgan. 1930-yillar oxirida Xarkov 
maktabi psixologlari A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, Rl.Zinchenko, 
RYA.Galperin, L.I.Bojovichlar umumlashtirishni rivojlanishi aso-
183


sida nutq, muloqoti emas, balki subyektning bevosita amaliy faoli­
yati yetishini ko‘rsatganlar. Insonning psixik rivojlanishida faoli- 
yatning ahamiyati haqidagi tezis psixik taraqqiyot determinatsiya 
muammosini yangicha tahlil qilishga hamda rivojlanishning ikki 
omili talqin izoh chegarasini irsiy va muhit bartaraf etish imkonini 
berdi. Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtiri- 
shi bolaning faqat faol faoliyatidagina sodir bolishi ko'rsatilgan. 
Faoliyat tushunchasining kiritilishi rivojlanish subyekti faolligiga 
urg‘u beradi, rivojlanish muammosini subyektning o‘ziga qaratadi. 
L.F.Obuxova xulosasiga ko‘ra rivojlanish jarayoni bu subyektning 
harakati bolib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga osha- 
di, irsiylik va muloqot omillari esa shaxsning individual betakror- 
ligiga bogliq bolgan, zarur shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu yerdan 
rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar kategoriyasi tushunchasi 
yangicha izoh talqin oldi, uning asosida bolaning faoliyati, faoli- 
yatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o‘zaro aloqa, faoli­
yat ichidagi qarama-qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin 
rivojlanishning asosiy prinsipial yolini ushbu yosh davriga muvofiq 
tarzda bolalar faoliyatini tashkillashtirishni e’tirof etib, o‘rgatish- 
ning, o‘qitishning yetakchi roli haqidagi g‘oyani chuqurlashtirdi. 
Psixik rivojlanishning muhim sharti bolaning kattalar bilan mu­
loqoti hisoblanadi. Kattalar va bolalar muloqotini rivojlantirish 
muammosi M.I.Lisina va uning hamkasblari diqqat markazida 
bolgan. Bola hayotining birinchi yetti yilligi davomida bu jara- 
yonlardagi bir qancha bosqichlar, shuningdek, ularning shakllan- 
ganlik mezonlari hamda u yoki bu muloqot bosqichi bilan bevosi­
ta bogliq bolgan intellekt va shaxs tuzilishidagi yangi tuzilmalar 
ajratilgan edi. Tadqiqot natijalari har bir yosh bosqichida kattalar 
bilan muloqot o‘zining maxsus funksiyasini bajarishi haqida dalo- 
lat bermoqda. Kattalar bilan bolgan muloqotda boshqa odamlar 
bilan va ularga nisbatan emotsional munosabatga ehtiyoj shaklla­
nadi, psixik jarayonlar rivojlanadi, vositali xarakterdagi predmet- 
li harakatlarni egallash sodir boladi. Kattalar va bolalarning o‘za- 
ro aloqa shakllari shakllanish yolini bosib oladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin