Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   240
Ривожланиш психологияси

Proyektiv metodlar. 
Proyektiv metodlar test usullarining bir 
ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega 
bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash top- 
shirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish 
mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq 
ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tek­
shiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqa- 
rashi nuqtayi nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning «Siyoh doglari» tes- 
tini kiritish mumkin (1921). Bu — 2 tomonlama simmetrik shakl- 
da berilgan 
10
xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har 
xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir «dog‘» 
nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog
4
qizil rang- 
li shtrixlar, 5 ta dog‘ kulrang — qora, 3 ta dog‘ — yorqin bo'lma- 
gan ranglarda beriladi.
Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar 
metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanov- 
kalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqIari, o‘qituvchi, 
ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kela- 
jakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tek-
35


shiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi
ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilina­
di. Masalan,
— mening har safar kayfiyatim buziladi, agar...
— men uchun eng muhim muammo, bu — ...
— do‘st — bu ...
— mening otam ba’zida ...
— men shunga in tilam an k i...
Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan 
farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv meto- 
dikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy 
tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga 
ega bo'lishni talab qiladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin