Jdpi “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish meto’dikasi (Ma’naviyat asoslari) yo’nalishi I bosqich magistranti Normatov Sanjar



Yüklə 108,5 Kb.
tarix06.06.2020
ölçüsü108,5 Kb.
#31644
1-mavzu


JDPI “Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish meto’dikasi (Ma’naviyat asoslari) yo’nalishi I bosqich magistranti Normatov Sanjar

1.SAVOL : USHBU KURSNING MAQSAD VA VAZIFALARI NIMADAN IBORAT

JAVOB

Hozirgi zamonda inson fan olamida yashab, uni bilimning moddiylashgan kuchini o’zida namoyon etuvchi ilmiy-texnikaviy yutuqlar natijalari qamrab olgan. Agar zamonamiz kishisi shunchaki passiv holda hayot kechirmay, balki ongli va faol tarzda harakat qilsa, u ilm-fan hamda uning amalga oshishi to’g’risida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishi lozim. Bu nafaqat olim yoki olimlikka da’vogar uchun, ilm sohasi mutaxassisi uchun, o’zining turli narsalarga qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxs uchun, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz o’z faoliyatimizni u yoki bu holda ilm-fan olamiga yo’naltirilishimiz hamda bu olam ichida amal qilishimizga to’g’ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bo’lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi.

Biroq, biz fan olamiga butkul tayanishimizga qaramay, ijtimoiy ongda unga nisbatan insonning aql-idrokidan yuqori turuvchi qandaydir kuch sifatida qarash mavjud. Olimlarni esa favqulodda sifat egalari, qandaydir odamlardan ajrab qolgan, o’z bilim muhitida bizning tushunchamizdan yiroq bo’lgan moddiyat to’g’risida fikr yurituvchi kishilar deb hisoblanadi. Fanni bunday g’ayri-tabiiy narsaga ayniylashtirish badiiy adabiyotlarda ham, ilmiy-ommabop nashrlarda ham uchraydi. Shunga qaramay, ilmiy ijodiyotda g’ayri tabiiy, mutlaq narsaning o’zi mavjud emas. Olimlar foydalanuvchi metodologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, kundalik hayotda qo’llaniluvchi taomillardan iborat bo’lib, ular fanda nisbatan tashkillashgan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni o’rganishning o’ziga xos sohasi sifatidagi metodologiya aynan shu bilan shug’ullanadi. Chunki, hayotiy muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda ilmiy yondashuv qo’llaniladi. Ilmiy yondashuv – bu qat’iy, izchil va nazorat qilinuvchi taomillarning aniq majmui bo’lib, ular pirovardida ilmiy mummoga aylanadi, bu jarayonda olingan bilimlar esa puxta konstepstiya, nazariya, qonun shaklini oladi. Biroq ularga ega bo’lish uchun yaxshini yomondan ajratish chog’ida talab etiluvchi katta mehnat talab etiladi. Shu nuqtai nazardan ilmiy ijod shoirona ijodga o’xshab ketadi. Chunki eng mukammal she’riy asarlar ham aksariyat xolda dastlab ancha bo’sh satrlardan iborat bo’ladi.

Faoliyat sifatidagi fan eng keng holatda uchta xossa bilan tavsiflanadi:



  1. U anglashga intilish, ya’ni voqelikning qandaydir jihatini qoniqarli darajada izohlash hissiga erishishni namoyon etadi.

  2. Tushunish imkon qadar ko’proq hodisa va jarayonlarning mohiyatiga muvofiq tushuvchi umumiy qonunlar yoki tamoyillarni maxsus shaklga solish orqali amalga oshiriladi.

  3. Qonunlar yoki tamoyillar tajriba orqali sinalgan bo’ladi.

Mazkur «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» magistrlik kursining o’ziga xos xususiyati bo’lib unda iqtisodiy fanlarning metodologik muammolariga tayanilishi hisoblanadi. Shunga ko’ra, unda ilmiy ijodning umummetodologik masalalari bilan bir qatorda iqtisodiy tadqiqotlarning maxsus va xususiy usullariga asosiy e’tibor qaratiladi. Mazkur kursning maqsadi bo’lib tinglovchilarni bilishning ilmiy usullari tizimi bilan qurollantirish, ilmiy ijodga qiziqtirish hamda iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini hosil qilish hisoblanadi. Bundan kursning quyidagi asosiy vazifalari kelib chiqadi:

  1. Tinglovchilarni bilish nazariyasi bilan tanishtirish.

  2. Ularni bilishning dialektik usullari bilan qurollantirish.

  3. Ularning iqtisodiyot sohasidagi Ilmiy tadqiqot metodologiyasini bilishlarida ko’maklashish.

  4. Tinglovchilarning bozor iqtisodiyoti jarayonlarini tadqiq etishning xususiy usullariga ega bo’lishlarini ta’minlash.

  5. Ilmiy ijod texnologiyalarini o’zlashtirish.

Kursning umumiy vazifasi – bozor iqtisodiyoti xususiyatlarini puxta biluvchi, ilmiy tadqiqot ko’nikmalariga ega bo’lgan hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O’zbekiston Davlat ta’lim standarti talablariga javob beruvchi iqtisodchilarni tayyorlash hisoblanadi.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti — bu tadqiqotchining siush va ijodiy faoliyati bilan muttasnl nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy ea maxsus ishlab chistilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilshshing tuzshshshi prtstiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amalietga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi.


2.SAVOL : METOD, METODIKA VA METODOLOGIYA TUSHUNCHALARINI IZOHLANG.

JAVOB

Metod (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish Metodni egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metod oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, Metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy Metodlari vujudga keldi.

Fan Metodlarining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan M. funksiyasiga egadir. Metod, oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi. Shu nuqtai nazardan Metod bilan ilmiy nazariya funk-siyasiga koʻra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi.



"Metod" va "metodologiya" tushunchalariMetod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak.

Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir. Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:

-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm");

-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya'ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.

Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya'ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasa-da, ma'lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Metod bilish predmeti va harakatni sun'iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma'lum materialning harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob'ekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq.Metod sub'ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.

Metod sub'ekt va ob'ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma'noda, har qanday metod, eng avvalo, ob'ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub'ektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob'ektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, ma'naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim.

Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik yaratish san'ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga oid qonun insonni voqyeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hyech kim hyech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba'zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta'minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu ob'ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.

Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot metodlari Fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz.

Fan metodlari – ma'lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e'tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a'zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.

Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir



3.SAVOL : ILMIY TADQIQOT BO'SAG'ASI NIMADAN IBORAT.

JAVOB

Tadqiqot umumiy ilmiy metodologiyasining prosessual tuzilmasi

Bundan oldingi tadqiqotchilar tajribasini o’rganish



  1. Muammoli nuqtalarni aniqlash

  2. Mushohada yuritish

  3. Yechimni izlashning yetakchi tamoyillarini asosli tanlash

  4. Uslublarning qo’llanilishi

  5. Hodisa mohiyatiga kirib borish

Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o’zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi obyektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.
Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozisiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko’rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo’lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko’ra bilish talab etiladi. Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy
vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko’zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo’ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o’zgartirish, unga qo’shimchalar qilish jarayoni kechadi.
Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob:
1)faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish);
2)real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish
3) yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish.

4.SAVOL : ILMIY TADQIQ NIMA

JAVOB
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi

5.SAVOL : TADQIQOTCHI METODOLOGIYASI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ

JAVOB
Tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlami o‘tka- zishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi,ammo individual subyektlami, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlami o'rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretse-dentning, y a ’ni kuzatish ostida b o ‘Igan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig ‘maydigan individuallashtirilgan obyektning mavjudligini aks ettiradi.Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokan tiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq. Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: matnli va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi.Ularning ikkalasida ham Mahalliy deter­ minatsiya (sababiy aloqadorlik) birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinatsiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo‘lgan faoliyat, muloqot shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so‘zlar va harakatlaming ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlaming pirovard to‘plami, hayotiy vaziyatlaming muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. Hozirgi zamon metodologiyasi o‘z an’anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillami eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o‘tganligi uchun tanqid qilinadi. Abduksiya fikr yuritish orqali empirik dalillardan Nazariya va amaliyot. Nazariya bilan amaliyot o’rtasida metodologiya va uslubiyot orqali amal qiladigan murakkab munosabatlar qaror topgan bo’lib, ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:

Amaliyot o’z faoliyatining
istiqbollarini to’g’ri belgilash uchun nazariyaga muhtojdir
 

Nazariya

Nazariya o’z bashoratlarini real qurish uchun amaliyotga muhtojdir
 

Metodologiya

Uslubiyot

Amaliyot

Metodologiya – bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va usullari tizimi haqidagi ta’limot. Bilish jarayonida metodologiya tadqiqot obyektiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va bilish natijalarini oldindan belgilab beradi. Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo’llanish va ular yordamida olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o’rganiladigan obyekt xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi. Ilmiy tadqiqot uslubi bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir.

Nafaqat xulosa, shu bilan birga unga olib boradigan yo’l – bilish usuli, xulosaga olib keladigan mulohazalar tizimi

Xulosaning asoslanganligini tekshirish

O’rganilgan hodisalar,
jarayonlar, qonuniyatlar boshqa hodisalar va jarayonlarni keyinchalik o’rganish uchun namunalar,
modellar bo’lib xizmat qiladi
 




Xatoni ko’rish mumkin




Metodologik yoki texnologik bilim qayd qilinadi




6.SAVOL : ILMIY TADQIQ OLIMDAN QANDAY BILIM, MALAKA VA KO'NIKMALARNI TALAB ETADI.

JAVOB

Ilmiy tadqiqodni amalga oshirayodgan shaxs uchun juda katta ilmiy salohiyat talab etiladi sababi bugungi va kelajkni oldindan ko’ra bila oladigan taffakuri yuksak bo’lgan tadqiqodchininggina ilmiy ishi samarali tashkil qilinadi sababi bugungi kunda nimalar dolzarb va yechimimni topishi kerak va ularning yechimini topilishi uchun qanday say harakatlar amalga oshirilishi lozim ekanligi haqida fikr yuritilishi lozim. Masalan ilmiy tadqiqodni amalga oshirayodgan izlanuvchi qo’yilgan barcha talablarga javob bersayu uning amalga oshirgan ilmiy izlanishi bugungi kun uchun ham kelajak uchun ham hizmat qilmasa bunday ishdan naf yo’q. Ilmiy tadqiqchi o’zida shaxsiy intilish bugunning dolzarb muammolarini ko’ra olishi va ularga ilmiy munosabat bildira olashi zarur bundan tashqari malaka darajasi ayni bir sohada faoliyat yuritgan bo’lishi( o’qituvchi, shifokor, quruvchi va boshqa) lozim sababi u o’z sohasidagi mavjud muammo va kmchiliklarni yengillashtirish uchun ilmiy izlanish olib bora oladi, bundan tashqari juda ko’p talablar qo’yish mumkin chet tili savodxonligi Akt savodxonligi, taffakur bilish darajasiga qarab turli malaka va ko’nikmalar qo’yilishi mumkin. Hozirgi zamonda inson fan olamida yashab, uni bilimning moddiylashgan kuchini o’zida namoyon etuvchi ilmiy-texnikaviy yutuqlar natijalari qamrab olgan. Agar zamonamiz kishisi shunchaki passiv holda hayot kechirmay, balki ongli va faol tarzda harakat qilsa, u ilm-fan hamda uning amalga oshishi to’ g’risida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishi lozim. Bu nafaqat olim yoki olimlikka da’vogar uchun, ilm sohasi mutaxassisi uchun, o’zining turli narsalarga qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxs uchun, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz o’z faoliyatimizni u yoki bu holda ilm-fan olamiga yo’naltirilishimiz hamda bu olam ichida amal qilishimizga to’g’ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bo’lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi. Biroq, biz fan olamiga butkul tayanishimizga qaramay, ijtimoiy ongda unga nisbatan insonning aql-idrokidan yuqori turuvchi qandaydir kuch sifatida qarash mavjud. Olimlarni esa favqulodda sifat egalari, qandaydir odamlardan ajrab qolgan, o’z bilim muhitida bizning tushunchamizdan yiroq bo’lgan moddiyat to’g’risida fikr yurituvchi kishilar deb hisoblanadi. Fanni bunday g’ayri-tabiiy narsaga ayniylashtirish badiiy adabiyotlarda ham, ilmiy-ommabop nashrlarda ham uchraydi. Shunga qaramay, ilmiy ijodiyotda g’ayri tabiiy, mutlaq narsaning o’zi mavjud emas. Olimlar foydalanuvchi metodologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, kundalik hayotda qo’llaniluvchi taomillardan iborat bo’lib, ular fanda nisbatan tashkillashgan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni o’rganishning o’ziga xos sohasi sifatidagi metodologiya aynan shu bilan shug’ullanadi. Chunki, hayotiy muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda ilmiy yondashuv qo’llaniladi. Ilmiy yondashuv – bu qat’iy, izchil va nazorat qilinuvchi taomillarning aniq majmui bo’lib, ular pirovardida ilmiy mummoga aylanadi, bu jarayonda olingan bilimlar esa puxta konstepstiya, nazariya, qonun shaklini oladi. Biroq ularga ega bo’lish uchun yaxshini yomondan ajratish chog’ida talab etiluvchi katta mehnat talab etiladi. Shu nuqtai nazardan ilmiy ijod shoirona ijodga o’xshab ketadi. Chunki eng mukammal she’riy asarlar ham aksariyat xolda dastlab ancha bo’sh satrlardan iborat bo’ladi.
7.SAVOL : USHBU KURSNI O'ZLASHTIRISHDA QAYSI ADABIYOTLAR KERAK BO'LADI.

JAVOB

Xususan, ilmiy tadqiq metodologiyasiga bag'ishlab juda katta va



ko'p tarmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan bular; XVIII-XX asr Yevropa falsafiy adabiyoti (F.Bekon, l.Kant, F.Hegel v.b. faylasuflar) asarlari Milliy istiqlol g'oyasi", "Falsafa" o'quv fanlari, Internet nashrlar, Ilmiy tadqiq jarayoni bo'yicha adabiyotlardan eng sarasi buyuk allomalar Ibin Sino, Forobiy, Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek Tarag'ay, Imom Ismoil Buxoriy, Mirzo Bobur, Jaloliddin Rumiy, Mir Alisher Navoiy, Mahmud Koshg'ariv. Isaak Nyuton, Galileo Galiley, Nikolay Kopernik, Albert Eynshteyn, Dmitriy Mendeleyev, Immanuil Kant, Fridrix Gegel kabi yuzlab olim va fozillar haqidagi ilmiy-badiiy asarlardir. Bundan boshqa Azizqulov A.A. Ilmiy ijodiyotida ratsionallik va noratsionallik: konseptual tahliliy yondashuvlar: Dis. ... Fal. fan. nom.; O'zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat un-ti. - Samarqand, 2007 asar qo’lyozmalar ham ushbu fanni o’zlashtirish uchunn yordam bera oladi. Saifnazarov I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi. o‘quv qo’lanma. Shermuhamedova N.A. Falsafa va fan metodologiyasi. Shermuhamedova N.A. Gnoseologiya - bilish nazariyasi . Ivanov S.N. Grammatik tadqiqotlarning metodologik muammolari. Obshee yazikoznanie. Metodi lingvisticheskix issledovaniy. Saifnazarov I.S. i dr. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shunga o’xshash ko’plab ma’nablardan www.gosities.com

www.casemethod

Ruzaniya@rambler.ru

www.Ziyo.net.uz shu kabi boshqa saytlardan foydalanib o’rganishimiz mumkin.
Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin