Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


0 ‘quv faoliyati



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240
Ривожланиш психологияси

471


0 ‘quv faoliyati 
inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egal- 
laydigan, yoki mavjudlarini o'zgartiradigan, o‘z qobiliyatlarini rivoj- 
lantiradigan, takomillashtiradigan jarayondir.
0
‘quv faoliyati shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik ja­
rayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyat- 
lar yuzaga keladi. 0 ‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomi­
da namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim 
o'qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan 
iborat bolib, bilim, ko'nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, ha­
yotiy tajribani o‘qituvchidan o'quvchiga uzatishdir.
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi 
maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi. 0 ‘qish ham o‘quv faoli­
yatiga taalluqli bolib, lekin ko‘proq bu tushuncha ishlatilganda 
o‘quv faoliyatida o'quvchiga tegishli faoliyat nazarda tutiladi
0 ‘qish 
— bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun 
qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o'quvchi tomonidan amalga 
oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati 
mazmuniga taalluqlidir. 0 ‘qishning natijasi haqida gapirilganda 
o'rganish tushunchasidan foydalaniladi.
0 ‘rganish 
insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat 
va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi. Etimiologik jihatdan bu 
tushuncha «o‘rganmoq» 
tushunchasidan
kelib chiqqan bolib, indi- 
vidning ta’lim va o‘qish natijasida o‘rganishi mumkin bolgan barcha 
narsalarni o‘z ichiga oladi.
0
‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga 
asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tav- 
siflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, 
0
‘qituv- 
chi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga 
bogliq ravishda biriga urg‘u beramiz. Dastlab o‘rganish haqidagi 
masalasiga to‘xtalamiz.
472


Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb ay- 
tish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga orga­
nizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mum­
kin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim 
va o‘rganishga bogliq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan bar­
cha jarayonlar yetilishga umuman bogliq emas deb bolmaydi. 
Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay 
darajada yetilish bilan bogliqligini aniqlash muhim. 0 ‘rganish 
doimo ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga taya- 
nadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradi- 
gan bolim lar yetilmaguncha gapirishni o'rgatib bolmaydi. Bu 
ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish 
organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.
Ulardan birinchisi — imprinting mexanizmi bo‘yicha 
0
‘rga­
nish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. 0 ‘rganishning bu 
turi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mav­
jud. Masalan, o‘rdakchalar tugllishi bilan ona o‘rdakning yu- 
rishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydilar. Chaqaloq- 
larda so‘rish reflekslari mavjud boladi. I.P.Pavlov davridan beri 
xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, 
ularni ko‘proq «instinkt» deb atash to‘g‘riroq bolur edi.
0
‘rganishning ikkinchi turi — shartli reflektor o‘rganish. 
Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. 
0
‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli 
reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishi- 
ni nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini 
tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, «limon» 
so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli 
meva keladi.
0 ‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday 
o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar «Sinab ko‘rish 
va xato qilish» metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladi- 
gan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni
473


vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish 
uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda eri- 
shilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reak- 
siya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini 
ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustah- 
kamlanadi. Mana shu «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqa­
li o‘rganishdir.
Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, in- 
sonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, 
oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan 
to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayot- 
gan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi. Bu vikar o‘rganish deb 
ataladi.
Ikkinchi — verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajriba­
ni til orqali o‘zlashtirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson 
nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakal­
arni uzatishi mumkin.
0
‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni 
ta’kidlab o‘tamiz. Ta’lim o'rganishdan farqli ravishda rejali va 
ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. 0 ‘rganish esa stixi- 
yali ravishda ro‘y beradi. 0 ‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin