Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   240
Ривожланиш психологияси

23.6. Pedagog bilan psixolog faoliyatining modeli
Bo'lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik 
bilimlari unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular, birinchi- 
dan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z 
ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurt- 
larida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars soatlari 
hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilim­
lar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir mar- 
ta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki 
malaka oshirishda amalga oshirsa bo'ladi.
Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi deyilgan- 
da, uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalish- 
laridagi 
eng
yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tuta-
560


di, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Bu 
ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologi- 
yasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologi­
yasi, shuningdek, boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsi- 
xologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya.
Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi 
mumkin bo'lgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. 
Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jur- 
nallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlan- 
gan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali bo'lgan 
bo‘limlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.
Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat
— bu o‘z-o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-at- 
vorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlar- 
da muqobil harakatlana olishidir. 
0
‘z-o‘zini boshqarishning psi­
xologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: sezgi, idrok, 
diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq, shuningdek, shaxs xislatlari
— xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida 
qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam 
xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan 
bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni bosh- 
qarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti-ha- 
rakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.
Qabul qilish o‘z-o‘zidan boshqaruvni aniq qabul qilish vazi- 
falarini qo'yadi — obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga — Nima- 
ni kuzatish kerak? Nima uchun kuzatish? Qanday qilib kuzatish?
— kabi aniq javob topish kerak. Kuzatuvni boshlashdan avval biz 
o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim bo‘ladi.
Murakkab pedagogik sharoitlarda (vaziyatda) bunday savollar­
ga aniq javob topishni iloji bo‘lmaydi, bu vaziyatda aniq javob to­
pish uchun birmuncha aqliy va jismoniy kuch sarf qilishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday savollarni avvaldan o‘ylab ko‘rish va ularga amal 
qilishni talab qiladi, natijada o‘z-o‘zini boshqarishni nazarda tu- 
tadi.
561


Diqqat-e’tiborni boshqarish birmuncha boshqa narsalarga 
asoslanadi. Ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat-e’tiborni boshqarish ular 
bilan bogliq bolgan holatlar, ya’ni organizmning psixoflziologik 
holatlarini boshqarish orqali bevosita amalga oshirish mum­
kin. Charchoq oqibatida ixtiyoriy bolmagan diqqat-e’tibor yo- 
mon boshqariladigan bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holat kasallik 
davrida, haddan tashqari emotsional junbushga kelgan holatda, 
affekt yoki stress holatlarida ro‘y beradi. Birmuncha ta’sir qila- 
digan vositalar - dam olish, davolash, psixofizik autotrening bu 
tarzdagi diqqatni boshqarishda yaxshi samara beradi.
Ixtiyoriy diqqatni qiziqish uyg‘otadigan so‘z yordamida yoki 
qo‘llab-quvvatlash orqali boshqarish mumkin. Odamning diqqa- 
tini biror narsaga qaratish uchun uning qiziqishini qollab-quv- 
vatlash kifoya qiladi. So‘z orqali o‘z-o‘zini yo‘naltirish yoki ver­
bal o‘zi-o‘zim boshqarish har doim to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita 
qiziqishga asoslanadi. Ayrim hollarda o‘zini majbur qilib qanday- 
dir obyekt, holat yoki voqelikning qiziqarli tomonlariga e’tiborni 
qaratish, diqqatni uzoq bolmagan vaqt oraliglda jalb qilish uchun 
yetarli boladi. Qabul qilish orqali ham ularni ma’lum darajada 
boshqarish mumkin. Pedagog uchun eslash qobiliyatini boshqa­
rish birmuncha qiyinroq va zarurroqdir. Uchtadan ikkita bizga 
m alum eslash jarayoni — eslab qolish va olingan axborotni qay- 
ta tiklashni — o‘z-o‘zini boshqarish bilan rivojlantirish mumkin. 
Eslab qolish jarayonining uchinchisi — axborotni saqlab qolish- 
ni boshqarish mushkulroqdir, chunki u ong osti holati (shaxs to- 
monidan anglab olinmaydigan psixik holatlar yiglndisi) darajasi- 
da ishlaydi, holbuki yodlashni anglab tashkil etib, bevosita ularni 
ham boshqarish mumkin. Mnemik jarayonlarda o‘z-o‘zini bosh­
qarish har xil usullarga asoslanadi, tasawur assotsiatsiyalanib, bir 
butunga boglab, ongli ravishda ko‘rib chiqiladi. Eslab qolish zarur 
bolgan narsalar ko‘z orqali ko'rilsa, yoki biror narsa boglab tasav- 
vur qilinsa yodda qolishi kuchayadi. Eslab qolishni tezlatish uchun 
sun’iy ravishda yodda bolgan perseptiv obrazlarni va tashqi nar- 
salarni tafakkurda uyg‘otib, ong orqali ularni yangi eslab qolishi
562


kerak bolgan narsalar bilan boglash lozim. Ongli ravishda fikr- 
lashni ham boshqarish, uni yanada samaraliroq qilish mumkin.
Tafakkurni o‘z-o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyi- 
dagilardir:
— hal qilinishi kerak bolgan vazifa shartlarni diqqat bilan 
tahlil qilish;
— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, 
bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani 
aniqlash;
— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, 
ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning al­
ternate yollarini ko'rib chiqish (bu — vosita anglash jarayoni 
«sikllanish» deb nomlanadi) vazifani hal qilishning yollari bi­
lan bogliq bolgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib 
so‘zlash (gapirish).
— bajarib bolingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) 
larni doimiy ravishda yozib borish;
— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul 
to‘qimalari tizimini boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan emotsi- 
ogen holatlarni tahlil qilib, tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati 
uchun zarur bolgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikr- 
laydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.
Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng 
muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ja- 
rayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mam- 
lakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
ustuvor yo'nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon 
talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasa- 
lari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni 
oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga 
ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil 
va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.
563


0
‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha- 
lik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy muno- 
sabatlarni yaxshi yolga qo‘ya oladi. 
0
‘qituvchining shaxsiy na- 
munasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy 
nuqtayi nazar shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin